Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 31.01.1997 yildagi PF-1702-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KIChIK VA OʻRTA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, uni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkonini beradigan zamonaviy xorijiy uskunalar va texnologiyalar bilan taʼminlash maqsadida, shuningdek jalb etilayotgan xorijiy kredit mablagʻlardan samarali foydalanish manfaatlarini koʻzlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalash uchun xalqaro moliya tashkilotlarining kredit majburiyatlarini, shuningdek xorijiy sarmoyadorlarning mablagʻlarini respublikaning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda boshqa tijorat banklari orqali jalb etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, asosan xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladigan, qishloq xoʻjalik mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik va oʻrta qoʻshma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infrastrukturani rivojlantirish yoʻli bilan raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatishni koʻzda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablagʻlari hisobiga birinchi navbatda pul bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik, “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Biznes-fond, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlap Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy kreditlarni jalb etish hisobiga kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishning 1997-yilga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlarini ilovaga* muvofiq ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi xorijiy valyutada olinadigan kreditlarni taʼminlash uchun berilgan garovlarni belgilangan tartibda sugʻurta qilishni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi bilan birga kichik va oʻrta tadbirkorlik uchun xorijda ishlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnologiyalar zamonaviy turlarining koʻrik-savdolarini muntazam suratda oʻtkazib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilib, bunda loyihalarni tanlab olish tizimini hamda xorijiy kredit majburiyatlarining mablagʻlari hisobidan olingan hamda kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun qarz oluvchilarning huquqiy javobgarligi belgilanishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1702-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 72-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 282-modda )