Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.05.2003 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003 YILDA ShOLI YETIShTIRISh PROGNOZ HAJMLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish asosida barqaror sholi yetishtirishni ta’minlash, shuningdek respublika iste’molchilari va aholisining guruchga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida tayyorlangan 2003-yil hosili uchun sholi ekiladigan maydonlar, tovar va urug‘lik sholi yetishtirish hamda ularni davlat resurslariga sotish prognoz hajmlari to‘g‘risidagi takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarga sholining serhosil, tezpishar navlarini ekishni maqbul agrotexnika muddatlarida o‘z vaqtida o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jaliklarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarining sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklaridagi mavjud zaxiralar hisobiga 2,8 ming tonna hajmida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ishlov berilgandan keyin urug‘lik maqsadida foydalanish uchun davlat resurslaridan 6,6 ming tonna tovar sholi berish hisobiga urug‘lik sholi bilan ta’minlasinlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi joriy yil hosilidan sholi xarid qilish hajmlarini hisobga olgan holda 2003-yilda davlat resurslari hisobiga sholi va guruch yetishtirish hamda ularni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish, urug‘chilikni rivojlantirish va serhosil navlar yaratish maqsadida navlar mualliflari va originatorlarini rag‘batlantirish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-avgustgacha tovar va urug‘lik maqsadlari uchun sotib olinadigan sholining xarid (shartnomaviy) narxlari bo‘yicha taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi 2003-yil 1-avgustgacha sholichilik xo‘jaliklariga respublika don qabul qilish korxonalari tomonidan xarid qilinadigan tovar sholi qiymati umumiy summasining 50 foizgachasi miqdorida bosqichma-bosqich avans berib borishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-maydagi 206-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil hosili uchun sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va xarid qilish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ekin maydoni, ming ga

Yalpi hosil, ming t

davlat resurslariga xarid qilish (ming t)

hammasi‎‏

shu jumladan:

tovar sholi‎

urug‘lik sholi‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 55,0‎ 181,5‎ 69,0‎ 55,2‎ 13,75‎
Viloyatlar:
Surxondaryo‎ 4,0‎ 13,2‎ —‎ —‎‎ —‎‎
Sirdaryo‎ 3,0‎ 9,6‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Toshkent‎ 4,0‎ 15,1‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Xorazm‎ 15,0‎ 60,0‎ 24,0‎ 20,3‎ 3,75‎
Jami:‎ 81,0‎ 279,4‎ 93,0‎ 75,5‎ 17,5‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-maydagi 206-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yilda urug‘lik sholi yetishtirish va uni “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(tonna)‎

Urug‘lik tayyorlash hajmi, hammasi

shu jumladan:

yuqori reproduksiyali (R-I)‎

navli‎
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi 13750‎ 950‎ 12800‎
Xorazm viloyati‎ 3750‎ 750‎ 3000‎
Jami:‎ 17500‎ 1700‎ 15800‎