Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 14.06.2002 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002 YILDA DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XARIDI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining tasdiqlangan balanslariga muvofiq va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida xarid qilish hamda 2002-yilda ularga davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2002-yilda ijtimoiy soha muassasalarini ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari resurslari hajmlari to‘g‘risidagi takliflariga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiluvchi vazirliklar, idoralar 1 va 2-ilovalarda* ko‘rsatilgan tovar ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar belgilangan tartibda tuzilishini hamda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat xaridi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va ijtimoiy soha muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘liq hajmda o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda 2002-yil uchun oziq-ovqat resurslarining hisoblab chiqilgan hajmlarini maxsus iste’molchilar va ularga tenglashtirilgan kontingent, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari uchun oziq-ovqatlar xarid qiluvchi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha muassasalari, maxsus iste’molchilar va ularga tenglashtirilgan kontingentlarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi ustidan har chorakda monitoring o‘tkazsin hamda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 Belgilansinki, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari tegishli kontingentning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi va ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy soha muassasalari, maxsus iste’molchilarni va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibining 1.2-bandi oltinchi xatboshidagi “quruq sut, bolalar ovqati” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son