Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.06.2002 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2002/2003 YIL KUZ-QISh DAVRIDA IShLAShGA TAYYORLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar 2001/2002-yil kuz-qish davriga tayyorgarlik ko‘rish va ishlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy o‘rganib chiqsinlar va ularni hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda — iqtisodiyot tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davriga tayyorlash masalalarini hal etish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda — shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, ijtimoiy soha, savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarini, transport, qurilish tashkilotlarini, chorvachilik binolarini, parrandachilik fabrikalarini, qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlab qo‘yish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Maktabgacha bolalar muassasalariga, maktablarga, akademik litseylarga, kasb-hunar kollejlariga, kasalxonalarga, poliklinikalarga, uy-joylarga issiqlik uzluksiz berib turilishiga alohida e’tibor bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-sentabrgacha — “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda kuz-qish davrida energiya tizimi eng zo‘riqqan soatlarda elektr energiyasini iste’mol qilishni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yil 1-sentabrgacha — yong‘inga qarshi idoralar bilan birgalikda uy-joylar, binolar va inshootlar ahvolini ularning texnik normalarga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yil 15-sentabrgacha — qozonxonalarni mukammal tuzatishni tugallasinlar hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi to‘g‘risida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar va dalolatnomalar nusxalarini hududiy komissiyalarga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yil 1-oktabrgacha — gaz yoqilg‘isini aholi uchun bo‘shatish maqsadida barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilg‘ining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun suyuq va qattiq yoqilg‘ining zarur zaxiralarini yaratsinlar. Yoqilg‘i-energetika resurslari faqat ajratilgan limitlar doirasida sarflanishi ustidan qattiq nazorat qilinishini va 2003-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda yonilg‘i mazuti yetkazib berishni taqsimlashning tasdiqlangan jadvali bajarilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kuz-qish davriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ayrim tadbirlarni bajarishga mablag‘larni 2002-yil IV choragi o‘rniga III choragida oldindan ajratish maqsadga muvofiqligi masalasini va imkoniyatini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish mavsumi boshlangungacha respublika korxonalari va tashkilotlarining mavjud qozonxona asbob-uskunalarini, har bir qozonxonaning foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, ularning tabiiy gazni qabul qilish bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqsinlar. Texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalar gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002/2003-yil kuz-qish davrida respublika aholisini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun shu yilning 1-sentabrigacha kuz-qish davrida limit doirasida uzib qo‘yilmaydigan korxonalar ro‘yxatini, shuningdek 2002/2003-yil kuz-qish davrida elektr stansiyalarini va O‘zbekiston Respublikasining boshqa sanoat korxonalarini yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2002/2003-yil kuz-qish davrida iste’molchilarga gaz belgilangan limitlar doirasida va 2002/2003-yil kuz-qish davrida elektr stansiyalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa sanoat korxonalarini yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvaliga muvofiq yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taqsimlash stansiyalari tomonidan tabiiy gaz shartnomalarda belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida yetkazib berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil aprel oyi 2003-yil mart oyi davrida yonilg‘i mazuti yetkazib berilishini taqsimlashning tasdiqlangan jadvali qat’iy bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2002-yil 1-noyabrgacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr stansiyalarida tasdiqlangan jadvallarga muvofiq suyuq va qattiq yoqilg‘i jamg‘arilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr stansiyalari va elektrtarmoq obyektlarining zo‘riqish eng ko‘p davrda ishlaydigan asosiy texnologik asbob-uskunalari mukammal ta’mirlanishi tugallanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, ko‘mir, tuz hamda xo‘jaliklarni 2002/2003-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qo‘yish bilan bog‘liq boshqa xalq xo‘jaligi yuklari uzluksiz tashilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkilotlar, korxonalar bilan birgalikda vagonlar, ayniqsa sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ortish-tushirish, ayniqsa kechasi, dam olish va bayram kunlarida ortish-tushirish ishlarining bir maromda olib borilishini ta’minlash, kirish yo‘llarini ta’mirlash, yuklarning sovuq paytda yaxlab qolishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari hamda energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi boshqa korxonalar qish oylarida gaz, elektr va issiqlik energiyasi iste’mol qilishni kamaytirish maqsadida 2002-yil 1-sentabrgacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda o‘zlariga qarashli asbob-uskunalarning yuqori zo‘riqish davrida texnologiya jihatidan yo‘l qo‘yiladigan ish rejimlarini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy asbob-uskunalarni ta’mirlash jadvalini ishlab chiqsinlar va uni “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan kelishsinlar, bu ishlarni yilning qish oylarida amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Sanoatkontexnazorat” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi iqtisodiyot tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi ustidan belgilangan tartibda texnik va sanitariya nazoratini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Surxondaryo viloyati hokimligi Xo‘jaikon tuz konidan texnik tuz respublikaning issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalariga tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘z vaqtida yetkazib berilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi qattiq yoqilg‘i umumta’lim, davolash-profilaktika muassasalarining buyurtmanomalariga to‘liq muvofiq yuklab jo‘natilishini nazarda tutsin, bunda yetkazib berilayotgan ko‘mirning sifatiga alohida e’tiborni qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zdavneftgazinspeksiya” va “O‘zdavenergonazorat” agentligi 2002/2003-yil kuz-qish davrida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining o‘zlariga qarashli obyektlarni 2002/2003-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har oyda eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyalar iqtisodiyot tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini har oyning 15-kunigacha ko‘rib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-iyundagi 232-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘laganov K.N.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi‎
Atayev V.Y.‎ —‎ Bosh vazirning o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari‎
Axmedov O.Y.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi‎
Abdurahmonov M.S.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Akromov E.M.‎ —‎ “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi raisi‎
Amanboyev O.E.‎ —‎ “O‘zdavzaxira” bosh boshqarmasi boshlig‘i‎
Baratov F.P.‎ —‎ Makroiqt�sodiyot va statistika vazirining o‘rinbosari‎
G‘ulomov S.S.‎ —‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
Jalolov A.A.‎ —‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Zohidov R.Q.‎ —‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Jo‘rayev R.H.‎ —‎ Xalq ta’limi vaziri‎
Klimenko A.I.‎ —‎ “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori‎
Qo‘ldoshev A.X.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i‎
Nazirov F.G.‎ —‎ Sog‘liqni saqlash vaziri‎
Niyozmatov B.I.‎ —‎ Respublika bosh davlat sanitariya vrachi, Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari‎
Ramazanov N.S.‎ —‎ “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i‎
Saidov R.T.‎ —‎ Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi bosh direktori‎
Saydaxmedov E.M.‎ —‎ “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining raisi‎
Teshaboyev B.M.‎ —‎ “O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori‎
Xolmuhamedov O‘.O.‎ —‎ “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori‎
Shoismatov E.R.‎ —‎ “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Komissiya tarkibiga lavozimiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari kiradi.