O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1122-7]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi 1/4 – sonli Qarori (ro‘yxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-avgust,
27/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 14-avgustdagi 27/4-son qaroriga
ILOVA (№60-7)
ILOVA (№60-7)
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. 41-bandning “g” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 49-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda soliq organlari inkasso topshiriqnomalarini bevosita to‘lovchining bankiga elektron shaklda qo‘yish huquqiga ega.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 325-modda)