Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.07.2001 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ISLOM DUNYOSINING O‘ZBEKISTONDAGI O‘LMAS TARIXIY OBIDALARI” FOTOALBOMINI NAShR ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diyorimiz islom dunyosining falsafiy ta’limoti va merosi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar va aziz-avliyolar vatani ekanini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish, xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini tiklash borasida istiqlol yillarida amalga oshirilgan katta ishlarni tasviriy yo‘sinda aks ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Islom dunyosining O‘zbekistondagi o‘lmas tarixiy obidalari” nomli fotoalbom o‘zbek, ingliz va arab tilida nashr qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Albomni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh 10 kun muddatda albomning ma’no-mazmuni va badiiy jihatlarini ifoda etadigan ish rejasini ishlab chiqsin. Albom uchun arxiv hujjatlari, tarixiy fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyaviy-ma’naviy nuqtai nazardan biz kimlarning avlodlari bo‘lganimizni, o‘z muqaddas dinimizga hamisha sodiq qolib, uni iymon-e’tiqodimizning asosiy mezoni sifatida qalbimizda, onggu shuurimizda saqlab kelganimizni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘hna o‘zbek zaminining yuksak islomiy madaniyat beshigi ekani, yurtimizning musulmon dunyosida g‘oyat noyob bo‘lgan osori atiqalarga boyligi, ular sobiq mustabid tuzum davrida ayovsiz toptalgani, mustaqillik yillarida qaytadan tiklanib, yangicha qadr-qimmat kasb etayotganini tarixiy hujjatlar, turli fotolavhalar va tasviriy sharhlar orqali ko‘rsatib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom madaniyatining noyob durdonalari sifatida jahonda tan olingan, Vatanimizda asrab-avaylab kelinayotgan nodir qo‘lyozma asarlar haqida atroflicha ma’lumot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-madaniy obidalarimizning o‘ziga xos tarixiy-me’moriy jihatlari, ularni qayta tiklash va ta’mirlash, ko‘hna qadamjolar, muborak ziyoratgohlarni obod qilish, yangi xotira majmualarini barpo etish bo‘yicha yuksaltirish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kamol toptirishdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar islom dinining asl mohiyati ezgulik, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, farovon hayot g‘oyalariga xizmat qilishini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruhi, shuningdek, O‘zteleradiokompaniya, “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda yashab o‘tgan, islom dini taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar haqida filmlar asosida yaratilishiga har tomonlama ko‘maklashishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Islom dunyosining O‘zbekistondagi o‘lmas tarixiy obidalari” albomini nashr etish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat matbuot qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan sarf-xarajatlar smetasi asosida albomni nashr etish uchun zarur mablag‘ni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda albomni tarqatish va keng miqyosda targ‘ib etish chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-iyuldagi 300-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Islom dunyosining O‘zbekistondagi o‘lmas tarixiy obidalari” albomini tayyorlash bo‘yicha ishchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GURUHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Karomatov H.‎ —‎ Bosh vazir o‘rinbosari, (ishchi guruh rahbari)‎
2.‎ Davron X.‎ —‎‎ Yoshlar telekanali bosh direktori (ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari)‎
3.‎ Yunusov O.‎ —‎‎ Prezident devoni yetakchi konsultanti (ishchi guruhi mas’ul kotibi)‎
4.‎ Alimov B.‎ —‎‎ “Sharq” kompaniyasi raisi‎
5.‎ Jo‘rayev X.‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vazirligi‎
6.‎ Ibrohimov N.‎ —‎‎ Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
7.‎ Islomov Z.‎ —‎‎ Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi mudiri‎
8.‎ Latipov I.‎ —‎‎ “Tasviriy oyina” uyushmasi raisi‎
9.‎ Minovarov Z.‎ —‎‎ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari‎
10.‎ Murod Muhammad Do‘st‎ —‎‎ “O‘zbekkino” kompaniyasi raisi‎
11.‎ Mahmud Hasaniy‎ —‎‎ O‘zFA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi‎
12.‎ Otaxonov N.‎ —‎‎ “Movarounnahr” nashriyoti mudiri‎
13.‎ Rizayev Sh.‎ —‎‎ Filologiya fanlari nomzodi‎
14.‎ Safoyev S.‎ —‎‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari‎
15.‎ Shog‘ulomov R.‎ —‎‎ Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
16.‎ G‘ulomov A.‎ —‎‎ “Jahon” axborot agentligi bosh direktori‎
17.‎ Yunusov R.‎ —‎‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari‎
18.‎ Qo‘ziyev T.‎ —‎‎ Badiiy akademiya raisi‎
19.‎ Hakimov S.‎ —‎‎ O‘zA Bosh direktori o‘rinbosari‎
20.‎ Hasanov A.‎ —‎‎ Prezident devoni bosh konsultanti‎
21.‎ Husanboyev B.‎ —‎‎ “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisi‎