Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.03.2001 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAShQADARYo VILOYATIDA YuZ BERGAN ZILZILA OQIBATLARINI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 18-yanvarda Qashqadaryo viloyati hududida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, zilziladan zarar ko‘rgan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumat komissiyasi (R. Azimov)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining zilziladan zarar ko‘rgan tumanlarida tiklash ishlarini olib borish va yangi qurilishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobiga 2-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklash ishlari va yangi qurilishlar Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda olib borilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi jadallashtiriladigan va yangidan quriladigan obyektlarning aniq ro‘yxatini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi loyihalash institutlari bilan birgalikda 2001-yilda ishga tushiriladigan obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ikki oy muddatda ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, quyidagilar 2001-yilda qurilishi jadallashtiriladigan obyektlarni va yangi qurilish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Kafolat jamg‘armasining 2,0 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining daromad qismi xarajat qismidan ortiq bo‘lishi hisobiga teng ulushlarda 7,0 mlrd so‘m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, 2001-yilda va keyingi yillarda mablag‘ bilan ta’minlash hajmlarini aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2002 va 2003-yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda buzib tashlanayotgan obyektlar o‘rniga qurilayotgan obyektlar ishga tushirilishini ta’minlash uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning tegishli limitlari Qashqadaryo viloyati hokimligiga maqsadli ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, kommunal xo‘jaligi, ma’muriy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni tiklash chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq tegishli vazirliklar, idoralar hamda korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 4-ilovaga* muvofiq korporatsiyalar, kompaniyalar va tijorat banklarining zilziladan zarar ko‘rgan tumanlarda bittadan umumta’lim maktabini o‘z moliyaviy resurslari hisobiga qurish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkilotlar va korxonalarga 2001-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda Qashqadaryo viloyatining zilziladan zarar ko‘rgan obyektlarida qurilish va tiklash ishlarini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda bajarishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining o‘z vaqtida ajratilishini hamda buzib tashlanadigan obyektlar o‘rniga yangidan quriladigan va qayta tiklanadigan obyektlarni loyihalash uchun loyihalash tashkilotlariga loyihalashdan oldingi zarur hujjatlar berilishini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda yakka tartibdagi uy-joylarga yetkazilgan zararni, ularni qayta tiklash va ta’mirlash uchun zarur qurilish materiallari hajmini aniqlash ishlarini tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, vazirliklar va idoralar Qashqadaryo viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan, zilziladan zarar ko‘rgan obyektlarni qayta tiklash uchun qurilish materiallarining birinchi navbatda yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, uy-joylarni qayta tiklash va qurish uchun Hukumat komissiyasi belgilagan hajmdagi qurilish materiallari korxonalar tomonidan aholiga qo‘shilgan qiymat solig‘isiz sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklarining zilziladan zarar ko‘rgan yakka tartibdagi uy-joylar egalariga kredit berish uchun: “Paxta-bank” tomonidan — 40 mln so‘m, “O‘ztadbirkorbank” tomonidan — 40 mln so‘m va Xalq banki tomonidan — 20 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zilziladan zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetiga respublika budjetidan 150 mln so‘m ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, oilalarga moddiy yordam to‘lovi yetkazilgan zararga ko‘ra tabaqalashtirilgan miqdorlarda, zilziladan zarar ko‘rgan tumanlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar qarorlariga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali, yashash joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasi hisobidan 15,2 mln so‘m mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalarining fuqarolarning arizalariga muvofiq, jami 26,5 mln so‘m, shu jumladan “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bo‘yicha — 4,0 mln so‘m, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bo‘yicha — 1,5 mln so‘m, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi bo‘yicha — 20,0 mln so‘m, “Madad” sug‘urta agentligi bo‘yicha — 1,0 mln so‘m sug‘urta to‘lovi to‘lash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qashqadaryo viloyati hokimligi, vazirliklar va idoralar Hukumat komissiyasiga ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida yilning har choragida axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-son