Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.01.2001 yildagi 48-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NAVRO‘Z” UMUMXALQ BAYRAMI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI KUNINING 10 YILLIGIGAChA FOYDALANIShGA TOPShIRILADIGAN OBYEKTLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navro‘z” umumxalq bayramini va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining 10 yilligini bayram qilishga tayyorgarlik ko‘rish davomida muhim sanoat va ijtimoiy obyektlar qurilishini va ishga tushirilishini o‘z vaqtida tugallashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning 1-ilovaga* muvofiq muhim sanoat va ijtimoiy obyektlarni “Navro‘z” umumxalq bayramigacha va 2-ilovaga* muvofiq obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining 10 yilligigacha foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar qurilishi va ishga tushirilishini o‘z vaqtida tugallash va ta’minlash uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navro‘z” umumxalq bayramigacha va O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining 10 yilligigacha Toshkent shahrida, viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishga tushirish mo‘ljallangan obyektlar qurilishini o‘z vaqtida tugallash vazifalarini hal etishda sa’y-harakatlar muvofiqlashtirilishini ta’minlasin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga, hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlariga ko‘maklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi mustahkamlanishida, mamlakat iqtisodiyoti tadrijiy va barqaror rivojlanishida, aholi turmush sharoitlari yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar qurilishi va foydalanishga topshirilishining borishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar yuklangan hududiy komissiyalar tuzsinlar, ular faoliyatining Respublika komissiyasi bilan mustahkam muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navro‘z” va O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining 10 yilligi bayramigacha ishga tushiriladigan ijtimoiy va sanoat obyektlarining qo‘shimcha ro‘yxatini belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy komissiyalar rahbarlari va Respublika komissiyasi a’zolari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2001-yil 15-martgacha va 25-avgustgacha axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-son