20.08.2010 yildagi 184-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi-talabalarining sog‘lom ovqatlanishi tizimini tubdan yaxshilash, oshxona va bufetlarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
TadbirlarBajarish muddatlariMas’ul bajaruvchilar
I. Normativ-huquqiy bazani mustahkamlash
1.Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining gigiyenik talablar asosida xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash to‘g‘risida Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachining qarorini qabul qilish.bir oyO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
2.“Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-epidemiologiya talablari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.bir oyO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
3.Ta’lim muassasalarida sotilishi taqiqlanadigan, tarkibida yosh avlod sog‘lig‘i uchun zararli moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlash. bir oyO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
4.Ta’lim muassasalari oshxonalarida tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi (retsepturasi)ni belgilovchi namunaviy ro‘yxatni ishlab chiqish va ta’lim muassasalariga yetkazish.bir oyO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
5.Ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, o‘quvchilarning sifatli ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish, ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish. ishlab chiqish — 1 oy,
ijrosi — 2011 — 2015-yillar
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
II. Oshxona va bufetlar moddiy-texnika bazasini va jihozlanish holatini yaxshilash
6.Ta’lim muassasalari oshxonalaridagi mavjud texnologik jihozlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni yangilash bo‘yicha 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlarni ishlab chiqish, mazkur maqsad uchun talab etiladigan mablag‘ miqdorini aniqlab, bosqichma-bosqich moliyalashtirishni ta’minlash.2011 — 2015-yillarO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
7.Oshxona va bufetlari mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish choralarini ko‘rish.2011 — 2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
8.Ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasi saqlanadigan omborxonalar tashkil etish hamda ularni sovutgichlar va boshqa tegishli uskunalar bilan jihozlash.2011 — 2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etuvchi yuridik shaxslar (ijarachilar)
9.Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish choralarini ko‘rish.2010 — 2015-yillarO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
III. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish
10.Davlat ta’minotida bo‘lgan ta’lim muassasalari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari)ni o‘z vaqtida moliyalashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sanitariya me’yorlari (SanPiN)ning bajarilishi va shu maqsadga ajratilayotgan mablag‘larning hamda ota-onalar badallarining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.2010-yil 1-sentabrgachaO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
11.Ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etgan yuridik shaxslar bilan tabiiy, ekologik toza, sifatli va arzon qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning hamkorligini yo‘lga qo‘yish.2010-yil 1-sentabrdanQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi
12.Davlat ta’minotida bo‘lgan ta’lim muassasalari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari) uchun xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini mahalliy sharoitlardan kelib chiqib hududiy hokimliklar tomonidan maqbullashtirish.har chorakdaO‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, G‘aznachilik, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
13.Davlat ta’minotida bo‘lgan ta’lim muassasalari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari) uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid etish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni yengillashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.2010-yilO‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, G‘aznachilik, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
14.Ta’lim muassasalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining savdoga chiqarilmasligi ijrosini qat’iy nazoratga olish.DoimiyO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
15.Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, natijalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.jadval asosidaO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy ta’li? va sog‘liqni saqlash boshqarmalari
16.Ta’lim muassasalari oshxona, bufetlarida sotilayotgan tayyor ovqatlarning sifati bo‘yicha laboratoriya nazoratini ta’minlash, sanitariya qoidalari buzilishi natijasida turli kasalliklar, jumladan yuqumli o‘tkir me’da-ichak kasalliklari va ovqatdan zaharlanish xavfining oldini olish yuzasidan qat’iy choralar belgilash.2010-yil 15-avgustO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
17.Ommaviy axborot vositalari orqali ta’lim muassasalarida gigiyenik talablar asosida ratsional va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlari yuzasidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish.jadval asosidaO‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
18.Ta’lim muassasalarida inson organizmi uchun zararli moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini “Salomatlik saboqlari”, “Sog‘lom avlod asoslari”, “Sog‘lom oila asoslari” kabi darslar orqali o‘quvchilar ongiga yetkazish, mazkur yo‘nalishda ota-onalar yig‘ilishlarida tushuntirish ishlari olib borish.jadval asosidaO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
19.Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan respublika bo‘yicha va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda boshqa viloyatlarda hududiy seminarlar o‘tkazish.2010-yil sentyabr — noyabrO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari