Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.05.2000 yildagi 194-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-YILGI BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLIShNI UYuShQOQLIK BILAN O‘TKAZISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni ta’minlash hamda davlat resurslariga don sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 20-mayigacha g‘alla o‘rish kombaynlarini tayyorlash va ularni tayyorgarlik chizig‘iga chiqarib qo‘yish, shuningdek don tozalash mashinalari va don tashish transport vositalarini tuzatish tugallanishini ta’minlasinlar, 25-maydan 1-iyungacha esa kombaynlar komissiyalar tomonidan dalolatnomalar bo‘yicha qabul qilinishini tugallasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rim-yig‘im ishlari davrida texnikaning uzluksiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxiralarini yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari ustaxonalari va texnika xizmati ko‘rsatish punktlarining, ko‘chma servis xizmati ko‘rsatish hamda yonilg‘i-moylash materiallari quyish vositalarining bir maromda ishlashini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosilni yig‘ishtirib olishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq kombaynlar, shu jumladan “Keys”, “Klaas” va “Nyu-Xolland” kombaynlari ishlashini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Don hosili o‘rim-yig‘imining tashkil etilishi hamda o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olinishi uchun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kombaynchilar, transport vositalari haydovchilari, o‘rim-yig‘imda va don tashishda, texnikaga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan boshqa xodimlar mehnatiga kombaynning ish unumiga, hosil o‘rim-yig‘imi sifatiga qarab haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishga oid tavsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va xo‘jaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga mahsulot bilan haq to‘lash hisobiga don berishni faqat don qabul qilish korxonalariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urug‘lik fondi g‘amlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma joyda kombaynlarning guruh bo‘lib ishlashini tashkil etsinlar, guruhlarning har biriga texnika xizmati ko‘rsatish va transport vositalarini, yonilg‘i quyish mashinalarini biriktirib qo‘ysinlar. G‘allaning pishishiga qarab guruhlarning harakatlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozuqa yetishtirishni ko‘paytirish va sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 2-ilovaga muvofiq maydonlarga takroriy ekinlar, sabzavot va kartoshka eksinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-apreldagi 201-F-son farmoyishiga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining sanoat korxonalari sanoat korxonalari bilan “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida tegishli shartnomalar tuzish asosida, don hosilini yig‘ishtirib olish davrida yirik g‘allachilik tumanlariga biriktirib qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi xo‘jaliklarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq donni tashishda foydalanish uchun yuk avtomobillarini 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda yuborsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat bo‘lganda don tashishga Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtomobil transporti tomonlarning kelishuviga asosan jalb qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi 2000-yil hosili doni uchun hisob-kitob qilish bo‘yicha transhlarni o‘tkazishda don tashish uchun avtotransport xizmatlariga va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi mashinasozlik korxonalariga haq to‘lashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donni don qabul qilish punktlariga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari “O‘zavtotrans” korporatsiyasi avtokorxonalari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan to‘lanishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zdavdoninspeksiya” “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “O‘zdavnazoraturug‘markaz” bilan birgalikda tayyorlanayotgan don va boshoqli don ekinlari urug‘ligining sifati ustidan qat’iy kundalik nazorat o‘rnatsin, belgilangan me’yorlar va qoidalarning buzilishi hollariga qat’iy barham bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarning 2000-yilda o‘zlari yetishtirgan hosildan Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-avgustdagi 391-son va 1999-yil 26-oktabrdagi 478-son qarorlarida belgilangan hajmlarda urug‘lik g‘amlashini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘lik donni “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha don sotishning umumiy hajmlari hisobiga topshirish, shuningdek tovarbop dondan urug‘lik sifatida foydalanish qat’iy taqiqlansin. Urug‘lik fondi yaratishning belgilangan tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar respublika qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va Jamg‘armaning moliya agentlari bilan birgalikda topshirilgan don uchun Topshirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitob qilishda to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va boshqa tijorat banklari orqali don o‘rim-yig‘imi mavsumi qatnashchilariga har 5 kunda haq to‘lash uchun xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq hajmda ta’minlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan urug‘chilik xo‘jaliklaridan navli urug‘larni sifatiga muvofiq — super elita uchun tovarbop donga belgilangan narxdan 300 foizga, elita urug‘ uchun 200 foizga, birinchi reproduksiyali urug‘ uchun 150 foizga, ikkinchi va uchinchi reproduksiyali urug‘ uchun 100 foizga oshirilgan narxlar bo‘yicha xarid qilish shartlari saqlab qolinsin va ular davlat resurslariga xarid qilinadigan donning umumiy hajmlariga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Don tashiyotgan temir yo‘l va avtomobil transporti xizmatlari uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlash maqsadida 2000-yil don hosilini tashish davrida, istisno tariqasida, shu yilning 1-noyabrigacha “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga (transport xarajatlarini hisobga olgan holda) tushumdan 15 foizgacha miqdorda mablag‘ ajratish stavkasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirishning butun davrida xo‘jaliklarga, mashina-traktor parklariga hamda hosilni o‘rish-yig‘ishda va tashishda band bo‘lgan boshqa tashkilotlarga yonilg‘i-moylash materiallarining belgilangan limitlar bo‘yicha uzluksiz berilishini ta’minlasin. “Keys”, “Klass”, “Nyu-Xolland” kombaynlari va traktorlari uchun moy yetkazib berilishiga alohida e’tibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zagrokimyota’minot” birlashmasi elevator va omborxonalarni, shuningdek don mahsulotlarini zararlantirish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi buyurtmanomalariga muvofiq rumigantlarning o‘z vaqtida (2000-yil iyun oyida) keltirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari donning nobud bo‘lishi va talon-toroj qilinishi hollarining oldini olish maqsadida donni o‘rib-yig‘ib olish joylarida, xirmonlarda va don qabul qilish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari tashkil etsinlar, yong‘indan saqlash bo‘yicha zarur tadbirlarning bajarilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi don qabul qilish korxonalari darajasida xo‘jaliklar tomonidan don yetishtirish va sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotining to‘g‘riligini muntazam tekshirib borsin va aniqlangan noto‘g‘ri ma’lumotlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilda boshoqli don ekinlari o‘rim-yig‘imida g‘alla kombaynlarining qatnashishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘alla kombaynlari,
‎jami‎
Shu jumladan,
‎“Keys”, “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari‎
Ulardan
‎mavsum boshlangungacha keladigani‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 150‎ 150‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 332‎ 104‎ 7‎
Buxoro‎ 224‎ 77‎ 19‎
Jizzax‎ 592‎ 156‎ 28‎
Qashqadaryo‎ 1263‎ 182‎ 29‎
Navoiy‎ 148‎ 40‎ 7‎
Namangan‎ 448‎ 73‎ 10‎
Samarqand‎ 809‎ 133‎ 22‎
Surxondaryo‎ 463‎ 119‎ 23‎
Sirdaryo‎ 359‎ 124‎ 10‎
Toshkent‎ 472‎ 135‎ 25‎
Farg‘ona‎ 471‎ 92‎ 20‎
Xorazm‎ 80‎ 80‎
Jami‎ 5811‎ 1465‎ 200‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilda boshoqli don ekinlari yig‘ishtirib olingandan keyin sug‘oriladigan yerlarda takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(ming ga)‎‎

Hammasi

Ulardan:‎‎

makkajo‘xori‎‎ sabzavot soya kartoshka
don uchun‎ silos uchun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎

0,5 0,5‎‎
viloyatlar:‎

Andijon‎

21,7 2 15,1‎ 3 1,5‎ 0,1‎
Buxoro‎ 13 2 8‎ 3 —‎
Jizzax‎ 7,5 1 3‎ 3 0,5‎
Qashqadaryo‎ 9,1 2 4‎ 3 0,1‎
Navoiy‎ 5,1 1 2‎ 2 0,1‎
Namangan‎ 22,4 2 15,1‎ 4 1‎ 0,3‎
Samarqand‎ 15,3 2 10‎ 3 0,3‎
Surxondaryo‎ 16,1 2 10,1‎ 4
Sirdaryo‎ 9,1 1 5,1‎ 3
Toshkent‎ 26,6 2 15,2‎ 8 1‎ 0,4‎
Farg‘ona‎ 24,2 2 15,1‎ 6 1‎ 0,1‎
Xorazm‎ 7 5,5‎ 1,5‎ —‎
Jami‎ 177,6 19 108,2‎ 44 4,5‎ 1,9‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun jalb qilinadigan yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami Shu jumladan Ulardan
avtomobillar tirkamali traktorlar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xo‘jaliklari va korxonalari “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi‎ “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi‎ boshqa tashki lotlar‎
avtomobillar‎ tirkamali traktorlar‎ avtomobillar‎ Avtomobillar‎ avtomobillar‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 799 245 554 245 554‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 2234 1056 1178‎ 606 ‎1178 220‎ ‎190 ‎40
Buxoro‎ 1414 1052 ‎362 659 362‎ 230‎ 98 ‎65
Jizzax‎ 1820 984 ‎836 468 836‎ 425‎ 29‎ 62‎
Qashqadaryo‎ 3340 1390 ‎1950 950 1950‎ ‎320 ‎90 ‎30
Navoiy‎ 523 450 ‎73 159 73‎ 154‎ ‎75 ‎62
Namangan‎ 2100 1180 ‎920 680 920‎ 100‎ 200‎ 200‎
Samarqand‎ 3924 1548 2376‎ 990 ‎2376 280‎ 109‎ 169‎
Surxondaryo‎ 4237 2300 ‎1937 1974 ‎1937 ‎150 125‎ 51‎
Sirdaryo‎ 2037 1037 1000‎ 450 1000‎ ‎300 ‎57 230‎
Toshkent‎ 1844 821 1023‎ 566 1023‎ ‎150 90‎ 15‎
Farg‘ona‎ 3736 1736 2000‎ 1251 2000‎ 250‎ ‎135 100‎
Xorazm‎ 2074 525 1549‎ ‎525 ‎1549
Jami‎ 30082 14324 15758‎ 9523 15758‎ 2579‎ 1198‎ 1024‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: avtomobil transportiga bo‘lgan ehtiyoj viloyatlarning buyurtmanomalaridan kelib chiqqan holda belgilangan.