O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MITSUI VA KO., LTD” FIRMASI BILAN BIRGALIKDA “TOShKENT-BUXORO RADIORELE LINIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISh (TRANS-OSIYO-YEVROPA TOLA-OPTIKA ALOQA LINIYASINI ZAXIRALASh)” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2010-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligining “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan “Toshkent-Buxoro radiorele liniyasini rekonstruksiya qilish (Trans-Osiyo-Yevropa tola-optika aloqa liniyasini zaxiralash)” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasi loyiha bo‘yicha buyurtmachi, “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati esa — ijro etuvchi agent etib belgilanganligi;
loyihani amalga oshirish maqsadida, buyurtmachi manfaatlaridan kelib chiqib, “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi bilan 1 546 681,0 ming Yaponiya iyenasi miqdorida kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, loyihani mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi tartibda:
kontrakt qiymatining 1 314 678,9 ming Yaponiya iyenasi miqdoridagi 85 foizi mahsulot yetkazib beruvchi — “Mitsui va Ko., Ltd” firmasining Yaponiya Tashqi savdo va sanoat vazirligining sug‘urta qoplamasi ostida Yaponiyaning eksport-import bankidan beriladigan 8 yil muddatda qaytariladigan krediti hisobiga;
kontrakt qiymatining 232 002,1 ming Yaponiya iyenasi miqdoridagi 15 foizi “Mitsui va Ko., Ltd” firmasining 3 yil muddatda qaytariladigan krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa moliyaviy chiqimlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga milliy valyutada qaytariladi.
4. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi kontrakt qiymatining 15 foizini kreditlash bo‘yicha “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi bilan belgilangan tartibda kredit bitimi tuzsin.
5. Moliya vaziri “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatining “Mitsui va Ko., Ltd” firmasiga to‘lov majburiyatlari bo‘yicha kafolatni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda imzolashga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari bo‘yicha “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi uchun maqbul shaklda yuridik xulosa bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
485-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 485-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“TOShKENT-BUXORO RADIORELE LINIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISh (TRANS-OSIYO-YEVROPA TOLA-OPTIKA ALOQA LINIYASINI ZAXIRALASh)” LOYIHASI UChUN “MITSUI VA KO., LTD” FIRMASI TOMONIDAN AJRATILGAN KREDITNI (KONTRAKT QIYMATINING 85 FOIZI) QAYTARIShNING PROGNOZ JADVALI
| Kredit summasi ( kontrakt qiymatining 85 foizi) | — | 1.314.648.9 ming Yaponiya iyenasi |
| Kreditning foiz stavkasi | — | YaUBS* — 0,2 foiz |
| Kreditni qaytarish muddati | — | 8 yil |
| | | | | | | | |
ming Yaponi iyenasi | ||
|
To‘lovlar nomi |
Yillar |
Hammasi | ||||||||
| 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | ||
|
Asosiy qarz |
0 | 164335 | 164335 | 164335 | 164335 | 164335 | 164335 | 164335 | 164335 | 1314680 |
|
Foizlar |
0 | 40550 | 23294 | 19843 | 16392 | 12941 | 9490 | 6039 | 2588 | 131137 |
|
Jami |
0 | 204885 | 187629 | 184178 | 180727 | 177276 | 173825 | 170374 | 166923 | 1445817 |
Kredit uchun foiz summasi kreditni amalda o‘zlashtirish sanasi va summasiga bog‘liq bo‘ladi. | ||||||||||
* YaUB — Yaponining Uzoq muddatli Bazis Stavkasi.
YaUBS = 2,3 foiz (kontrakt bo‘yicha belgilangan stavka).
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 485-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“TOShKENT-BUXORO RADIORELE LINIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISh (TRANS-OSIYO-YEVROPA TOLA-OPTIKA ALOQA LINIYASINI ZAXIRALASh)” LOYIHASI UChUN “MITSUI VA KO., LTD” FIRMASI TOMONIDAN AJRATILGAN KREDITNI (KONTRAKT QIYMATINING 15 FOIZI) QAYTARIShNING PROGNOZ JADVALI
| Kredit summasi ( kontrakt qiymatining 15 foizi) | — | 232.002,1 ming Yaponiya iyenasi |
| Kreditning foiz stavkasi | — | LIBOR (iyenali, olti oylik) + 4,75 foiz |
| Kreditni qaytarish muddati | — | 3 yil |
| Kreditni tashkil etish uchun vositachilik haqida |
— |
1 foiz |
| | | | |
ming Yaponi iyenasi | |
| To‘lovlar nomi |
Yillar |
Hammasi | |||
| 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | ||
|
Asosiy qarz |
0 | 77334 | 77334 | 77334 | 232002 |
|
Foizlar |
0 | 10447 | 6648 | 2850 | 19945 |
|
Bir martalik vositachilik haqi |
2320 | 0 | 0 | 0 | 2320 |
|
Jami |
2320 | 87781 | 83982 | 80184 | 254267 |
LIBOR iyenali, olti oylik = 0,16250 (1999-yil 27-iyuldagi holatiga ko‘ra).