29.04.2004 yildagi 615-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIZIL YaRIM OY VA QIZIL XOCh TIMSOLLARIDAN FOYDALANISh HAMDA ULARNI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan, farqlovchi signallardan, shuningdek “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-transport vositalari — yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni, shuningdek tibbiy xodimlarni va tibbiy mol-mulkni tashish uchun moʻljallangan tashish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy tuzilmalar — yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish, tashish, ularga tashxis qoʻyish yoki ularni davolash, shu jumladan ularga birinchi yordam koʻrsatish uchun, shuningdek kasalliklarning oldini olish uchun tashkil etilgan statsionar, koʻchma tibbiy muassasalar (boʻlinmalar) hamda boshqa fuqaro va harbiy tibbiy tuzilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xodimlar — yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish, tashish, ularga tashxis qoʻyish yoki ularni davolash, shu jumladan ularga birinchi yordam koʻrsatish, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek tibbiy tuzilmalarni xoʻjalik, moddiy-texnika va boshqa jihatdan taʼminlash uchun doimiy yoki vaqtinchalik asosda tayinlangan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farqlovchi signallar — tibbiy tuzilmalar va sanitariya-transport vositalarini tanib olish uchun foydalaniladigan radiosignal, yorugʻlik signali, elektron tanuv belgisi yoki boshqa signal.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oq fonda ifodalangan, birinchi yoki toʻrtinchi choragi holatidagi qizil rangli yarim oyning xalqaro normalarda eʼtirof etilgan tasviri qizil yarim oy timsoli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oq fonda ifodalangan, toʻrttala tomoni teng uzunlikka ega boʻlgan qizil rangli xochning xalqaro normalarda eʼtirof etilgan tasviri qizil xoch timsoli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan faqat insonparvarlik maqsadlarida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollari ulardan foydalanishda bir xil ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi foydalanadigan timsol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qizil yarim oy timsolidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi foydalanadigan qizil yarim oy timsoli oq fonda oyning birinchi choragidagi holatda, unga qarab turgan odamga nisbatan olganda har ikkala uchi chap tarafga qaratilgan tarzda ifodalangan qizil rangli yarim oy tasviridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Qizil yarim oy timsolidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy timsolidan farqlovchi yoki himoyalovchi timsol sifatida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy timsolidan binolar, inshootlar, transport vositalari, boshqa mol-mulk, shuningdek xodimlar Qizil Yarim oy va Qizil Xoch Xalqaro harakati tashkilotlariga mansubligini belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalaniladi. Umum eʼtirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq farqlovchi timsol oʻlchami kichikroq boʻlishi va undan qoʻlbogʻichlarda foydalanilmasligi hamda bu timsol binolarning tomiga oʻrnatilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli mojarolar davrida qizil yarim oy timsolidan yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarga yordam koʻrsatuvchi tibbiy tuzilmalarni, tibbiy xodimlarni, shuningdek sanitariya-transport vositalarini belgilash uchun himoyalovchi timsol sifatida foydalaniladi. Himoyalovchi timsol tekis sirtga yoki bayroqqa tushirilgan boʻladi va u hamma tarafdan hamda uzoq masofadan koʻrinib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Qizil yarim oy timsolidan harbiy tibbiy tuzilmalarning foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy tibbiy tuzilmalar qizil yarim oy timsolidan oʻz tibbiy xodimlarini va sanitariya-transport vositalarini belgilash uchun himoyalovchi timsol sifatida foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalanuvchi harbiy tibbiy xodimlar qizil yarim oy timsoli tushirilgan qoʻlbogʻich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma boʻlishi lozim.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qizil yarim oy timsolidan fuqaro tibbiy tuzilmalarining foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bepul tibbiy yordam koʻrsatuvchi fuqaro tibbiy tuzilmalari Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining roziligi bilan tinchlik davrida qizil yarim oy timsolidan sanitariya-transport vositalarini va birinchi tibbiy yordam punktlari joylashgan yerlarni belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli mojarolar davrida fuqaro tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlar, shuningdek sanitariya-transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatiga binoan himoyalovchi timsol sifatida qizil yarim oy timsoli bilan belgilanadi. Tibbiy xodimlar qizil yarim oy timsoli tushirilgan qoʻlbogʻich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma boʻlishi lozim.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Qizil yarim oy timsolidan Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati qizil yarim oy timsolidan oʻz binolari, inshootlari, transport vositalari, boshqa mol-mulki, shuningdek xodimlari mansubligini belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlari, shuningdek sanitariya-transport vositalari qurolli mojarolar davrida harbiy tibbiy tuzilmalarning ixtiyoriga berilgan taqdirda qizil yarim oy timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalaniladi. Tibbiy xodimlar bunday paytlarda urush davri qonunlariga boʻysunadilar hamda qizil yarim oy timsoli tushirilgan qoʻlbogʻich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma boʻlishi lozim.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlari foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlari, agar ularning vakillari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsa, qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining nazorati ostida farqlovchi timsollar sifatida foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli mojaro yuz bergan taqdirda betaraf davlatlarning hamda qurolli mojaroda ishtirok etmayotgan boshqa chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlarining tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlari, shuningdek sanitariya-transport vositalari insonparvarlik yordami koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsati bilan va Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining nazorati ostida harbiy tibbiy tuzilmalarning ixtiyoriga berilishi hamda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalanishi mumkin. Tibbiy xodimlar bunday paytlarda urush davri qonunlariga boʻysunadilar hamda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsoli tushirilgan qoʻlbogʻich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma boʻlishi lozim.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati tashkilotlarining foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi hamda Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlarining Xalqaro Federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollari davlat tomonidan himoya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladigan farqlovchi signallar hamda “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlari ham davlat himoyasi ostida boʻladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qizil yarim oy va Qizil xoch timsollaridan, farqlovchi signallardan, “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan, farqlovchi signallardan, “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlaridan yoki ularga oʻxshatib qilingan boshqa belgilar hamda nomlardan tijorat faoliyatida foydalanishga, shuningdek qurolli mojarolar davrida ulardan xiyonatkorlik bilan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
615-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 234-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)