Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.1995 yildagi 451-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING BESh YILLIGIGA BAG‘IShLANGAN “O‘ZBEKISTON — VATANIM MANIM” MAVZUIDA QO‘ShIQLAR KO‘RIK-TANLOVINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanga cheksiz mehr, Vatan himoyasini muqaddas burch deb anglamoq, taqdir hijronga duchor etganda Vatan sog‘inchida kuyish, Vatan uchun jon bag‘ishlash xalqimizning qonida, naslida bor. Yuz yillar, ming yillar mobaynida shakllangan, millatimiz ko‘rki bo‘lmish bu ezgu fazilatlar bugun — istiqlol davrida yangicha mazmun va ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi davlatchiligimizni barpo etish, ham siyosiy, ham ma’naviy, ham iqtisodiy mustaqillikni uzil-kesil ta’minlash, mamlakatimizning dunyoda o‘zining qadimiy va boy tarixi hamda zamonaviy salohiyatiga munosib o‘rinni egallashi, qullikdan, istibdod asoratidan butkul xalos bo‘lgan ozod va obod yurtning haqiqiy egalari bo‘lmish mag‘rur va sobit farzandlarni kamolga yetkazish — bugungi davrimizning eng dolzarb vazifasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu ulug‘ maqsadlar asosida ozod Vatanimizni va uning xalqini ulug‘laydigan, keksayu yosh, katta-kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir insonni muqaddas Vatanimiz himoyasi va buyuk kelajagi yo‘lida mard va fidoyi bo‘lishga chorlaydigan yangi, zamonaviy qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, Bastakorlar va Yozuvchilar uyushmalari hamda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining “O‘zbekiston — Vatanim manim” mavzuida qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekiston — Vatanim manim” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga, ko‘rik-tanlov hay’ati 2-ilovaga va ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi bir hafta muddatda tegishli tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eng yaxshi qo‘shiqlarni tanlash uchun qo‘shiqchilik kengashlari tuzsinlar va ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi arafasida — 1996-yilning iyul oyida yakunlansin. G‘oliblik va rag‘batlantirish mukofotlari joriy etilsin. Moliya vazirligiga respublika budjetidan 4-ilovaga muvofiq mablag‘ ajratish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasiga ko‘rik-tanlovga tushgan qo‘shiqlarning sifatli yozib olinishi va efirga uzatilishini ta’minlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi ko‘rik-tanlov hay’ati saralagan asarlar nota to‘plamini nashr etishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ko‘rik-tanlov muassislari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi qo‘shiqlar matni, musiqasi, ijrosi, efirga uzatilishi va tirajlari bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat haqi, gonorar miqdorlarini oshirish haqidagi yangi tartibni 1 oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ko‘rik-tanlov jarayoni va uning yakunlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-son

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston — Vatanim manim” mavzuidagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

I.H.Jo‘rabekov ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi ‎
X.R.Jo‘rayev ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha) ‎
S. S. Saidqosimov ‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari ‎
—‎‎ A’zolari: ‎
R.Abdullayev ‎ —‎‎ O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasining raisi ‎
N.Aminov ‎ —‎‎ Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining raisi ‎
J.Jabborov ‎ —‎‎ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi ‎
Sh.Yo‘ldoshev ‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri ‎
Jamol Kamol ‎ —‎‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi ‎
A. Ko‘chimov ‎ —‎‎ “O‘zdavteleradio” kompaniyasi raisining o‘rinbosari ‎
N.Muhammadiyev ‎ —‎‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, bastakor ‎
A.Nazarov ‎ —‎‎ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi ‎
A.Oripov ‎ —‎‎ O‘zbekiston xalq shoiri ‎
O. Salimov ‎ —‎‎ O‘zbek�ston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri ‎
R. Farhodiy ‎ —‎‎ Shoir ‎
R.Shog‘ulomov‎ —‎‎ O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
T.G‘ofurjonov ‎ —‎‎ San’atshunoslik instituti direktori‎
E.Hayitboyev ‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Z.Hakimov ‎ —‎‎ “O‘zdavteleradio” kompaniyasi raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston — Vatanim manim” mavzuidagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAY’ATI

T. G‘ofurjonov ‎ —‎ San’atshunoslik instituti direktori, rais ‎
D. Omonullayeva ‎ —‎ bastakor, rais o‘rinbosari‎
A. Jo‘rayev ‎ —‎‎ jurnalist, kotib ‎
a’zolari: ‎
M. Bafoyev ‎ —‎‎ bastakor ‎
K.Bahriyev ‎ —‎‎ Jurnalist ‎
X.Davron ‎ —‎‎ shoir ‎
J. Jabborov ‎ —‎‎ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi ‎
F. Zokirov ‎ —‎‎ bastakor, xonanda ‎
A. Ikromov ‎ —‎‎ bastakor ‎
A. Ismoilov ‎ —‎‎ bastakor ‎
A. Ko‘chimov ‎ —‎‎ “O‘zdavteleradio” kompaniyasi raisining o‘rinbosari ‎
F. Mamadaliyev ‎ —‎‎ xalq hofizi, professor ‎
A.Nazarov ‎ —‎‎ bastakor ‎
X. Sultonov ‎ —‎‎ yozuvchi ‎
M.Ulug‘ova ‎ —‎‎ shoira ‎
A.Faynberg ‎ —‎‎ shoir‎
R.Farhodiy ‎ —‎‎ shoir‎
O. Hotamov ‎ —‎‎ xalq hofizi ‎
R.Yunusov ‎ —‎ M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining direktori‎
M. Yusuf ‎ —‎ shoir‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston —‎‎ Vatanim manim” mavzusidagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lgandan buyon istiqlol, Vatan mavzuida yaratilgan, har tomonlama badiiy yetuk qo‘shiqlarni saralash, yangilarini yaratish, ijodkorlarni yangi-yangi asarlar yozishga ilhomlantirish va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov fuqarolarimiz qalbida Vatanga cheksiz mehr, Vatan himoyasini muqaddas burch deb bilish, taqdir hijronga duchor etganda Vatan sog‘inchida kuyish, Vatan uchun jon bag‘ishlash, o‘z yurtining haqiqiy egasi bo‘lish kabi tuyg‘ularni kamol toptirishni ko‘zlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu ulug‘ maqsadlar asosida ozod Vatanimizni va uning xalqini ulug‘laydigan, keksayu yosh, kattayu kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir inson muqaddas Vatanimiz himoyasi va buyuk kelajagi yo‘lida mard va fidoyi bo‘lishga chorlaydigan yangi, zamonaviy qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda malakali va havaskor xonandalar, ansambllar ishtirok etadilar. Ishtirokchilarning yoshi chegaralanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda barcha janrdagi qo‘shiqlar bilan qatnashish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda bolalar bog‘chalarida, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida, oliy o‘quv yurtlarida, harbiy qismlarda jo‘r bo‘lib kuylanadigan mustaqillik va Vatan tuyg‘usi yo‘g‘rilgan ommaviy qo‘shiqlarga alohida e’tibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 ta birinchi — 125 ming so‘m
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 ta ikkinchi — 70 ming so‘mdan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 ta uchinchi — 50 ming so‘mdan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 ta rag‘batlantiruvchi —‎‎ 30 ming so‘mdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovni o‘tkazish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov 1995-yilning dekabr oyidan boshlanib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi arafasida — 1995-yilning 15-iyulida yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazish joyi — “Bahor” konsert zali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov ikki bosqichda bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqich. 1996-yilning mart—‎‎iyul oylarida mustaqillikning 4 yilligi davomida va undan so‘ng yaratilgan yangi asarlarning saralash respublika yakuniy ko‘rigi o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shiq janrlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan ijrochilar Mustaqillikning 5 yilligi bayram tantanalarida va televideniye orqali namoyish etiladigan bayram konsertlari dasturidan imtiyozli o‘rin olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki saralash bosqichida ijrochilar fonogrammasiz — jonli hamda bir yoki bir nechta qo‘shiqlari bilan qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochilarning ko‘rik o‘tkaziladigan joyga kelishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar tegishli mahalliy hokimliklar hisobidan to‘lanadi. Shuningdek, ko‘rik-tanlovning yuksak saviyada tashkil etilishi bilan bog‘liq moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muassislar, hammuassislar va homiylar faol ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘oliblarni aniqlashda ko‘rik-tanlov hay’ati ko‘rikda ishtirok etgan asarlar haqida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga tayanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’atning ko‘rik-tanlov yakunlari haqidagi qarori Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston —‎‎ Vatanim manim” mavzuidagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari uchun beriladigan mukofotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofotlar‎‎ Soni‎ Miqdori‎
1.‎ birinchi o‘ringa‎ 1 ta‎ 125 ming so‘m‎
2.‎ ikkinchi o‘ringa‎ 3 ta‎ 70 ming so‘mdan‎
3.‎ uchinchi o‘ringa‎ 3 ta‎ 50 ming so‘mdan‎
4.‎ rag‘batlantiruvchi mukofot‎ 3 ta‎ 30 ming so‘mdan‎

Jami:‎

10 ta‎

575 ming so‘m‎