O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZMETKOMBINAT” AKSIONERLIK IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINI REKONSTRUKSIYA QILIShNI TUGALLASh VA UNING IShINI BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirish va uning ishini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi 1995 — 1997-yillarda rekonstruksiya qilishni, texnika bilan qayta jihozlashni hamda quvvatlarni ishga tushirishni ilovaga muvofiq tugallasin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi respublikaning 1995 — 1997-yillardagi investitsiya dasturlarida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar qurilishini nazarda tutsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga ilovada ko‘rsatilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlar uchun texnologik asbob-uskunalar sotib olishga 3,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratsin.
3. “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga:
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston va Belarus iste’molchilari bilan kontraktlar tuzishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq mahsulotning qiymatini erkin almashtiriladigan valyutada ko‘rsatgan holda barter asosida kontraktlar tuzishga;
hisob-kitoblarni yuklab jo‘natish paytida amalda bo‘lgan kurs bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlarning milliy valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
4. Metall prokati ishlab chiqarishni mahalliy moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun:
“O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi “Maxsusqotishma” respublika birlashmasi bilan birgalikda 1995-yilda Qo‘ytosh volfram koni negizida ohaktosh va kvarsit qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berishni tashkil etsin;
“Qizilqumnodirmetalloltin” Davlat konserni ferromarganets ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 1995-yilning IV choragida geologiya-razvedka ishlari tugallanishini, texnik-iqtisodiy asoslari tuzilishini ta’minlasin hamda uni ko‘rib chiqish uchun “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga kiritsin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1996-yilning birinchi choragida taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni ko‘rib chiqsin hamda ferromarganets ishlab chiqarishni tashkil etishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni, “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda 1995-yil 1-iyulgacha o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqsinlar hamda zaruriyat bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududida temir parchalari hosil bo‘lishi balansini va balansning xarajatlar moddalari pasayishi hamda kirim moddalari o‘sishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. Balansni ishlab chiqishda respublika tashqarisidan keltiriladigan yoki ana shu maqsadda MDH mamlakatlari korxonalari bilan birgalikda maxsus tashkil etilgan korxonalar ishlab chiqaradigan metallashgan xomashyoni kirim qismiga jalb etish imkoniyati ko‘rib chiqilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyundagi 326-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Y. F. Paygin zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
1995-yil 13-aprel.
130-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-apreldagi 130-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasining 1995 — 1997-yillarda quriladigan rekonstruksiya qilinadigan va ishga tushiriladigan obyektlari
RO‘YXATI
|
Obyektlarning nomi, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari |
O‘lchov birligi |
Quvvati |
Muddati |
1995-yil 1-yanvardagi narxlarda kapital qo‘yilmalar hajmi | |||
|
1995 — 1997-yillarda jami: |
shu jumladan, yillar bo‘yicha | ||||||
|
1995-y |
1996-y |
1997-y | |||||
|
1. Elektr po‘lat eritish markazini rekonstruksiya qilish po‘lat xarajatlar |
ming tonna ming so‘m |
550 |
1996 |
31000 |
31000 5744 3 |
550 - - |
- |
| 2. Ftor polimer qoplamalar sexi elektr payvandlangan quvurlar xarajatlar |
ming tonna ming so‘m |
3,0 | 1997 |
7090 |
500 | 6590 | 3.0 - |
| 3. Shisha idishlar ishlab chiqarish uchastkasi shisha bankalar xarajatlar |
mln dona |
15,5 | 1997 | - 6000 500 |
- 3000 300 |
- 1500 200 |
15,5 1500 - |
| Kapital qo‘yilmalarning jami hajmi: milliy valyutada Rossiya valyutasida erkin almashtiriladigan valyutada |
ming so‘m |
| |
44090 |
34500 6044 3 |
8090 200 - |
1500 - - |
| Mablag‘ bilan ta’minlash manbalari: a) korxonaning o‘z mablag‘lari milliy valyutada Rossiya valyutasida b) kredit resurslari |
ming so‘m |
| | 44090 6244 3 |
34500 6044 3 |
8090 200 - |
1500 - - |