Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOʻL-PATRUL XIZMATI ALOHIDA BATALYONINI TASHKIL QILISH VA TOSHKENT SHAHRINING MAGISTRAL KOʻCHALARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toshkent shahrining transport qatnovi zich boʻlgan magistral koʻchalarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahrining Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining mavjud yoʻl-patrul rotasi negizida xodimlar soni va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq boʻlgan yoʻl-patrul xizmati alohida maxsus batalyoni tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ana shu maqsadlar uchun qoʻshimcha ravishda 144 nafar xodim ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati yoʻl-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining qoʻshimcha ravishda ajratilgan xodimlari va uning moddiy-texnika taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi 1995-yil budjetida Toshkent shahrining magistral koʻchalarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, yetkazib berishga va sarflanadigan materiallarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuziladigan shartnomalarni taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq, ularni respublika korxonalarida tayyorlash imkoniyatlarini ishlab chiqqan holda, mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-avgust,
396-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-avgustdagi 396-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi maxsus avtomobillar va xorijiy davlatlar hukumat delegatsiyalarining xavfsiz yurishini taʼminlovchi yoʻl-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining
XODIMLARI SONI
| Jami | — | 344 |
| shu jumladan: | | |
| katta va oʻrta boshliqlar | — | 138 |
| kichik boshliqlar | — | 201 |
| ishchi va xizmatchilar | — | 5 nafar |
Izoh: Alohida maxsus rotaning mavjud 87 nafar xodimi, yoʻl-patrul xizmati polkining, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat atvomobil nazorati boshqarmasining Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod tumanlariga, Toshkent halqa avtomobil yoʻliga xizmat koʻrsatuvchi yoʻl-patrul xizmati alohida rotasining xodimlarini qayta taqsimlash hamda qoʻshimcha ravishda ajratiladigan 144 nafar xodim hisobidan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-avgustdagi 396-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi maxsus avtomobillar va xorijiy davlatlar hukumat delegatsiyalarining xavfsiz yurishini taʼminlovchi yoʻl-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining
TUZILMASI
| Rahbariyat | — | 4 nafar |
| Shtab | — | 3 nafar |
| Shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha guruh | — | 2 nafar |
| Texnika boʻlinmasi | — | 3 nafar |
| Taʼminot xizmati | — | 3 nafar |
| Moliya boʻlinmasi | — | 1 nafar |
| Jangovar boʻlinmalar (4 rota) | — | 328 nafar |
| Jami | — | 344 nafar |