Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.06.1993 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ABDULLA QODIRIY YuBILEYINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilda atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kunga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yubileyni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddat ichida yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni respublika miqyosida o‘tkazish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga. oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1994-yilning oktyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida Abdulla Qodiriy tavalludiga. 100 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali kecha o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Toshkent shahar hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abdulla Qodiriyning hovli muzeyini tashkil qiladigan inshootlarni loyihalashtirish, tuzatish-ta’mirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini 1994-yil mart oyining oxirigacha tugallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomli bog‘ni yubiley tantanalariga qadar obodonlashtirish va u yerda adibga byust o‘rnatish ishlarini yakunlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-1994-yillarda yubiley marosimlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni Abdulla Qodiriyning 100 yillik yubileyini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita va Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan moliyaviy hujjatlarga binoan respublika budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha viloyat hokimliklariga bir oy muddat ichida Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tadigan tadbirlarni ishlab chiqib amalga oshirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi respublika oliy o‘quv yurtlarida, maktablar va. mahallalarda, viloyatlarda Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan kechalar, adib ijodiyotini targ‘ib etuvchi ilmiy-amaliy anjumanlar va adabiy uchrashuvlar o‘tkazish ishiga bevosita yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Davlat kinokompaniyasiga 1993-yilda Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari asosida ko‘p seriyali badiiy film yaratishga kirishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasiga 1994-yilda yozuvchining “O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarining yubiley nashrlarini chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yozuvchi asarlarining 7 jildlik akademik nashrini tayyorlash va chop etishga kirishish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Abdulla Qodiriy nomidagi jamg‘armaning yozuvchining yubiley tadbirlarini o‘tkazish ishlariga o‘z moliyaviy ulushini qo‘shish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.K. Qoraboyev va K.N. To‘laganov o‘rtoqlar zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-iyundagi 306-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abdulla Qodiriyning 100 yillik yubileyini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. Qoraboyev‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — tashkiliy qo‘mita raisi‎
M. Umurzoqov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
K. To‘laganov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
P. Qodirov‎ —‎ O‘zbekiston xalq yozuvchisi — tashkiliy qo‘mitaning — mas’ul kotibi‎
Sh. Abdullayev‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari‎
A. Fozilbekov‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
R. Axmedov ‎ —‎ O‘zbekiston Rassomlar uyushmasining Prezidenti‎
Jamol Kamol‎ —‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi‎
X. Jo‘rayev ‎ —‎ O‘zdavkinokompaniya raisi ‎
A. Jo‘raboyev‎ —‎ “Xalq so‘zi” gazetasining bosh muharriri‎
A. Mirjalolov ‎ —‎ Toshkent shahar Shayxontoxur tumanining hokimi‎
I. Rasulev‎ —‎ Toshkent shahrining bosh me’mori‎
N. Salohiddinov ‎ —‎ O‘zbekiston Respu�likasi Fanlar akademiyasining Prezidenti‎
Y. Shodimetov ‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy masalalar, Fan va madaniyat bo‘limining mudiri‎
R. Shog‘ulomov ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining raisi‎
E. Xayitboyev‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri‎
M. Xazratqulov‎ —‎ O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Sh. Yaxyoyev‎ —‎ O‘zdavteleradiokompaniyasi raisi‎
O. Yoqubov‎ —‎ O‘zbekiston xalq yozuvchisi‎
Shukurillo‎ —‎ O‘zbekiston xalq yozuvchisi‎
N. Muhiddinov‎ —‎ O‘zbekiston “Yodgorlik” jamiyatining raisi‎
N. G‘oyibov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi raisi‎
Tohir Malik‎ —‎ Yozuvchi‎
Sh. Temurov‎ —‎ “Mahalla” jamg‘armasining raisi‎
Sh. Qodiriy‎ —‎ Abdulla Qodiriy jamg‘armasining direktori.‎