OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA LOTEREYaLAR TAShKIL ETISh FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI TAShKILOTLAR UChUN IChKI NAZORAT QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2037-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 17-iyundagi 34-son va 2021-yil 16-iyundagi 23-sonli “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3310, 17.06.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 103, 40-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari”ga (roʻyxat raqami 2037, 2009-yil 5-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 495-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-iyun,
48-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-iyun,
16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash”;
oʻninchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 5-band quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin:
“Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida joylashgan alohida boʻlinmalarining (shoʻba boʻlinmalar, vakolatxonalar, filiallar, boʻlimlar va boshqalar — ular mavjud boʻlsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini ham nazarda tutishi lozim”.
3. Quyidagi mazmundagi 5-1 va 5-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
“5-1. Tashkilot:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishi;
oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonun hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. Oʻz navbatida, tashkilot bu haqda Moliya vazirligi va Departamentga xabar berishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining suiisteʼmol qilinishini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
5-2. Tashkilotlarning chet eldagi alohida boʻlinmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar bunday talablar Oʻzbekiston qonun hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqoriroq standartlar qoʻllaniladi”.
4. Quyidagi mazmundagi 6-1-band bilan toʻldirilsin:
“6-1. Tashkilot boʻlinmalari xodimlarining masʼul shaxs — tarkibiy boʻlinma boshligʻi yoki uning xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi”.
5. 10-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish”;
toʻrtinchi—yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin.
6. 11-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli maʼlumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yigʻish, rasmiylashtirish, saqlashni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi, ularning maxfiyligini taʼminlaydi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan barcha gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etishi”;
toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilari deb hisoblansin.
8. Quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan toʻldirilsin:
“14-1. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha tashkilotlar tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
mijozning va u tegishli hujjatlar asosida qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni”.
9. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Bunda, agar mijoz — yuridik shaxs nomidan qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish koʻrayotgan boʻlsa, tashkilot bunday jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha ham maʼlumotlarni olishi lozim.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi”.
10. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Mijoz — jismoniy shaxsning oʻzining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (pasport maʼlumotlariga muvofiq) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot tomonidan soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda”.
11. V boʻlim quyidagi mazmundagi 28-1 — 28-6-bandlar bilan toʻldirilsin:
“28-1. Tashkilot ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni har bir operatsiya boʻyicha, jumladan lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha shubhali deb tan olinmagan operatsiyalar boʻyicha mijozdan talab qilib oladi va yigʻadi.
28-2. Tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, hamda mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar asosida ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi.
28-3. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tashkilot tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
28-4. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan barcha maʼlumotlar va hujjatlar tashkilotning mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun ochiq boʻlishi lozim.
28-5. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
28-6. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar har yili yangilanib borilishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)