O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “BOING” (AQSH) KOMPANIYASIDA ISHLAB CHIQARILGAN IKKITA BOING 767-300 YER SAMOLYOTINI XARID QILISH TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 25-NOYABRDAGI 412-SON QARORIGA QO‘SHIMCHA HAQIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Pratt end Uitney” kompaniyasi tomonidan Boing 757-200 samolyotiga RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigateli yetkazib berishni, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 1996-yil 22-avgustdagi kontraktga va “Pratt end Uitney” kompaniyasi bilan tuzilgan 1997-yil 21-martdagi Xat-Bitimga muvofiq ilovaga muvofiq umumiy summasi 8014,8 ming AQSH dollari bo‘lgan RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigatelini va u bilan bog‘liq asbob-uskunalarni sotib oladi;
AQSH Eksimbanki tomonidan ma’qullangan summa B transhi bo‘yicha Boing 757-200 samolyoti uchun RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigatelining xarid narxiga, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarga oid qismini mablag‘ bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
2. RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 412-son qarori bilan ma’qullangan moliyaviy lizing tarkibiga kiritilishiga rozilik berilsin, bunda:
umumiy summasi 7075,3 ming AQSH dollari bo‘lgan ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlar qiymatining bir qismi, shuningdek AQSH Eksimbanki sug‘urta mukofoti AQSH Eksimbanki kafolati ostida Cheyz Manxetten Bank tomonidan berilgan kredit hisobiga moliyalansin;
ehtiyot dvigateli qiymatining, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarning 1608,8 ming AQSH dollari miqdoridagi qolgan qismi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 1238,1 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan so‘m mablag‘lari hisobiga va 370,7 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan respublika budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlansin.
3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Pratt end Uitney” kompaniyasi bilan tuzilgan 1997-yil 21-martdagi Xat-Bitimga muvofiq RW 2037 modelidagi dvigatel uchun ehtiyot qismlarning bitta komplekti tayyor bo‘lishiga qarab keyinchalik to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ko‘rsatib o‘tilgan komplekt qiymati hisob-kitobini taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1997-yil 26-avgustgacha “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga avans to‘lovini amalga oshirish uchun respublika budjetidan 370,7 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan milliy valyutada mablag‘ ajratsin;
RW 2037 modelidagi dvigatel uchun ehtiyot qismlarning bitta komplekti qiymatiga haq to‘lashga respublika budjetidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin;
RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarga tegishli moliyaviy lizing tarkibiga muvofiq to‘lanishi kerak bo‘lgan asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqini to‘lash uchun respublika budjetidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga yilning har choragida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
5. RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar narxlari va moliyaviy lizing bitishuvining yuridik rasmiylashtirilishi bo‘yicha amalda qilingan xarajatlar miqdorlari ko‘payishi uchun javobgarlik “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga yuklansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bog‘liq asbob-uskunalarni xarid qilish va xarajatlar bo‘yicha moliya lizingiga tegishli hujjatlarga zarur tuzatishlar va qo‘shimchalarni imzolashga vakil qilinsin.
8. RW 2037 ehtiyot dvigatelini va u bilan bog‘liq asbob-uskunalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 412-son qarorining va mazkur qarorga muvofiq kiritilgan tuzatishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan berilgan barcha ma’qullashlar, sertifikatlar, ishonchnomalar, majburiyatlar va tasdiqlashlarning amal qilishi joriy etilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi Kafolat xatining va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi Qaytarib olinmaydigan majburiyati barcha shartlarining amal qilishi RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun joriy qilinadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B.Sayfiddinov RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan 1996-yil 25-noyabrdagi Kafolat bitimiga Rozilik va Tasdiqlashni AQSH Eksimbanki uchun qulay shaklda imzolashga vakil qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi AQSH Eksimbanki uchun qulay shaklda RW 2037 ehtiyot dvigateli va unga asbob-uskunalar xarid qilish bilan bog‘liq taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha yuridik xulosa bersin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur qarorga muvofiq 1996-yil 25-noyabrdagi Ijara to‘g‘risidagi asosiy bitimga barcha tuzatishlar va barcha qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S.Hamidov va K.R.Rahimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-avgust,
417-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-avgustdagi 417-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Boing 757-200 maxsus samolyoti uchun xarid qilinadigan asbob-uskunalar
RO‘YXATI
|
Mahsulot nomi |
Soni |
Bittasining bahosi (AQSH dollari) |
Qiymati (AQSH dollari) |
|
1. RW 2037 ehtiyot dvigateli |
1 ta | 5876970,00 | 5876970,00 |
|
2. Dvigatelni almashtirish uchun tezda olinadigan bloklar |
2 ta | 1068927,02 | 2137854,04 |
| Jami: | | | 8014824,04 |