O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SAMKOChAVTO” O‘ZBEKISTON-TURKIYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zavtosanoat” uyushmasining Samarqand “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati negizida Turkiyaning “KOCh Xolding A.Sh. “ kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqaradigan, ustav sarmoyasi 1-ilovaga muvofiq shakllanadigan “SamKOChavto” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ustav fondining O‘zbekistonga tegishli qismini shakllantirish uchun “O‘zavtosanoat” uyushmasiga:
“Turkeksimbankning kreditini qayta moliyalash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 8 yilga yillik foydasi 8,79 foiz bo‘lgan 18488 ming AQSh dollari miqdorida,
Turkiyaning “RAM Dish Tijaret A.Sh. “ firmasi tomonidan 2557 ming AQSh dollari miqdorida kredit beriladi.
Muassislarning qo‘shma korxona mahsulotlarini sotishdan 4 yil davomida olinadigan foyda (32006 ming AQSh dollari) ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qayta investitsiya qilinishi to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin.
3. “O‘zavtosanoat” uyushmasi:
“SamKOChavto” qo‘shma korxonasida 2-ilovaga muvofiq avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilishini ta’minlasin;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq avtobuslar, yuk mashinalarining rejalashtirilayotgan ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishini ta’minlasin, uni ishlab chiqarishning to‘rtinchi yili oxiriga borib yuk mashinalari bo‘yicha 44 foizgacha, avtobuslar bo‘yicha 56 foizgacha yetkazsin;
“SamKOChavto” qo‘shma korxonasi avtomashinalarini sotish hajmiga va ehtiyot qismlarni sotishdan olinadigan rejalashtiriladigan daromadlarga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari tashkil etish yuzasidan tadbirlarni uch oy muddatda ishlab chiqsin, ularning qiymatini va mablag‘ bilan ta’minlash manbaini aniqlasin;
qayta investitsiya qilish davri tamom bo‘lgandan keyin ''Turkeksimbankning kreditlarini “O‘zavtosanoat” uyushmasi tomonidan “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi daromadlaridan olgan dividendlar hisobiga to‘lanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zavtosanoat” uyushmasiga.
“AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining binolari va inshootlaridan “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi ustav sarmoyasiga ulushlar sifatida foydalanish;
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushini, shuningdek erkin sotishga mo‘ljallangan, qayta investitsiyalashning 4 yillik davri tamom bo‘lgandan keyin “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati jamoasi tomonidan sotib olinmagan aksiyalarni 3-ilovaga muvofiq nominal qiymati bo‘yicha sotib olish huquqini bersin.
5. “O‘zavtosanoat” uyushmasining qayta investitsiyalash davrida “Turkeksimbankning krediti uchun foizlar to‘lanishini, “RAM Dish Tijaret A.Sh.”ning qarzi qaytarilishini ta’minlash maqsadida “KOCh Xolding A.Sh.” kompaniyasining 500 ta avtobusi va yuk mashinasini keyinchalik sotish uchun xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 18177 ming AQSh dollari summasidagi 500 avtomobilni xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash:
“Turkeksimbank”ning 4 yil muddatga berilgan 4631 ming AQSh dollari miqdoridagi;
“Turkeksimbank”ning sug‘urta dasturi bo‘yicha Turkiya bankining 5 yil muddatga berilgan 10819 ming AQSh dollari miqdoridagi;
“Ram Dish Tijaret A.Sh.” firmasining 1 yil muddatga berilgan 2727 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda ushbu loyihalar bo‘yicha “Turkeksimbank” va Turkiya banki bilan kredit bitimlarni rasmiylashtirsin, “O‘zavtosanoat” uyushmasiga kreditlar o‘z vaqtida qayta moliyalanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyihalar uchun olinadigan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kafolatlar va kredit bitimlar bo‘yicha tegishli yuridik xulosalarni belgilangan tartibda bersin.
10. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “SamKOChavto” qo‘shma korxonasini O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin.
12. “O‘zavtosanoat” uyushmasi, “Asaka” banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi mahsulotlarini sotish bo‘yicha lizing kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risidagi masalani 3 oy muddatda ishlab chiqsinlar va qaror qabul qilsinlar.
13. Qo‘shma korxona masalalari bo‘yicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga viza rasmiylashtirilganligi va uzaytirilganligi, respublika hududida yashaganlik hamda transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
14. Samarqand viloyati hokimligi:
xorijiy mutaxassislarning oilalari bilan uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratsin;
“SamKOChavto” qo‘shma korxonasi qayta investitsiyalash davrida va keyingi 3 yilda maxalliy soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-noyabr,
381-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-noyabrdagi 381- son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
SamKOChavto” qo‘shma korxonasining ustav sarmoyasini shakllantirish
TUZILMASI
| Ustav sarmoya | mln AQSh dollari | foizlarda |
| hammasi: | 47.50 | 100 |
| shu jumladan: | | |
| O‘zbekiston tomonining ulushi | 23.75 | 50 |
| manbalar | | |
| O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Turkeksimbank” liniyasi orqali oladigan krediti | 18 49 | 38 9 |
| Turkiyaning “RAM Dish Tijaret A.Sh. firmasining krediti | 2.56 | 5.4 |
| Binolar va inshootlar qiymati | 2.70 | 5.7 |
| Turkiya tomonining ulushi | 23.75 | 50 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-noyabrdagi 381- son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
SamKOChavto” qo‘shma korxonasida avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarish
| Mahsulot turi | 1997-y. | 1998-y. | 1999-y. | 2000-y. | 2001-y. |
| M24 turidagi avtobus | 125 | 250 | 500 | 1000 | 1500 |
| M29 turidagi avtobus | 125 | 250 | 500 | 1000 | 1500 |
| Yuk mashinalari | 250 | 500 | 1000 | 1000 | 1000 |
Izoh:
M24 Otoyol Iveko — umumiy foydalanishga mo‘ljallangan, 23 o‘rindiq va 17 turish joyiga ega, dvigatel turi — dizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 88 ot kuchiga teng bo‘lgan avtobus.
M29 Otayol Iveko uzoq yo‘nalishlarga mo‘ljallangan, 29 o‘rindiqli, dvigatel turi — turbodizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 115 ot kuchiga teng bo‘lgan avtobus.
M24 Otoyol Iveko — umumiy foydalanishga mo‘ljallangan, 23 o‘rindiq va 17 turish joyiga ega, dvigatel turi — dizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 88 ot kuchiga teng bo‘lgan avtobus.
M29 Otayol Iveko uzoq yo‘nalishlarga mo‘ljallangan, 29 o‘rindiqli, dvigatel turi — turbodizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 115 ot kuchiga teng bo‘lgan avtobus.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-noyabrdagi 381- son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“AvtoVAZagrekat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati inshootlari va binolarini sotib olish
JADvali
| | |
( ming so‘m ) |
| Yillar | Muddatlar | Summa |
| 2001-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| 2002-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| 2003-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| 2004-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| JAMI | | 108200 |