Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.03.1996 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShChI KADRLARNI UZLUKSIZ KASBGA O‘QITISh, QAYTA O‘QITISh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotining yuqori malakali ishchi kadrlarga bo‘lgan talablarini to‘laroq qondirish, kasbga o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va mehnat bozorida ularning raqobat qila olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uch oy muddatda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish qanday borayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1996-yil 1-sentabrgacha xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-martdagi 87-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Chora-tadbirlarning nomi‎

Bajarilish muddati‎

Bajaruvchi‎

Natijasi‎

1. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, ular quyidagilarni nazarda tutadi: 1996-yil, 1-iyun‎‏ ‎‏Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, tarmoq vazirliklari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, korxonalar ‎‏Mintaqaviy va tarmoqlar darajasida uzluksiz kasbiy ta’lim bir butun tizimini va uni amalga oshirish mexanizmini tashkil etish
kasbiy ta’limning uzluksizligini ta’minlovchi o‘quv tarmoqlarini tashkil etish; ‎‎
ishchi kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash;‎
mablag‘ bilan ta’minlash manbalarining va miqdorlarini belgilash;‎
Muhandis-pedagog kadrlar bilan ta’minlash;‎
boshqaruv infrastrukturasini tashkil etish va kadrlarni uzluksiz tayyorlashni hamda idoralararo komissiyalar tizimini nazorat qilish‎
2. Xalq ta’limi tizimining ayrim hunar-texnika o‘quv muassasalarini o‘qish muddati 1 yilgacha bo‘lgan tezlashtirilgan ishchi kadrlar tayyorlashga o‘tkazish, bunda o‘quv jarayonni takomillashtirish va, zarurat bo‘lganda, mehnat bozori talablarini va ishlab chiqarishni rivojlantirishni hisobga olgan holda ularni qayta ixtisoslashtirishni ta’minlash doimo‎ Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar‎ Quyi va o‘rta malakali ishchi kadrlar tayyorlash muddatlarini tezlashtirish, ushbu tayyorlov hajmlarini kengaytirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasini bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashni ta’minlash‎
3. Har bir viloyatda bitiruvchilarga yuqori malaka razryadlari (5—8 razryadlar) bergan holda hamma ishlarni o‘z ichiga olgan, turdosh va alohida murakkab ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi xo‘jalik hisobidagi zavodlararo o‘quv markazlari tashkil etish‎ 1996-yil davomida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Mehnat vazirligi, vazirliklar va idoralar, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat mulk qo‘mitasi‎ 5—8 malaka razryadi bo‘yicha va alohida murakkab ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalari tizimini rivojlantirish‎
4. Zavodlararo o‘quv markazlarida tayyorlanadigan mutaxassisliklar ro‘yxatlarini belgilash‎ 1996-yil iyul‎ Mehnat vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi‎ Ishchi kadrlarni iqtisodiyotning ularga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda tayyorlashining muvofiqlashtirilganligini ta’minlash‎
5. Ishchi kadrlar tayyorlashni qayta o‘qitishni va ularning malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlash fondlarini tashkil etish‎ 1996-yil davomida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar. Mehnat vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, tarmoq vazirliklari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar. korxonalar Kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlashning qo‘shimcha manbalarini shakllantirish‎
6. Xodimlari soni 1000 kishidan ziyod bo‘lgan korxonalarda ishlab chiqarish o‘quvini tashkil etish, zarur bo‘lgan joylarda esa, uning yo‘qolib ketgan bazalarini tiklash‎ 1996-yil davomida‎ Tarmoq vazirliklari, ishlovchilari soni 1000 va undan ziyod bo‘lgan korxonalar‎ Yirik korxonalarni yuqori malakali ishchilar bilan oldindan ta’minlash uchun ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash mexanizmini ko‘pincha ularni o‘z o‘quv bazalarida tayyorlash hisobiga yaratish‎
7. Yoshlarni “Usta-Shogird” metodi bo‘yicha milliy kasblarga o‘rgatishni kengaytirish, bunda yoshlarni jalb qilishni va yoshlarni ushbu metod bo‘yicha o‘qituvchi vazirliklarning manfaatdorliklarini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi‎ doimo‎ Mehnat vazirligi‎
8. Ishchi kadrlarni shartnoma shartlarida tayyorlashni hamda “Usta-Shogird” metodi bo‘yicha milliy kasblarga o‘rgatishini tashkil etish‎ 1996-97 yillar davomida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, tarmoq vazirliklari, O‘zbekiston Tadbirkorlar ittifoqi‎ Yuqori razryadli ishchi kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv yurtlarining infrastrukturasini kengaytirish, ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va takliflarning muvofiqligini ta’minlash‎
9. Ishchi kadrlar tayyorlashni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshiruvchi o‘quv muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash: ‎ 1996-yil, 1 yarim yillik‎‏‎ Ta’lim vazirligi, tarmoq vazirliklari, Mehnat vazirligi‎‏‎ O‘quv-moddiy bazalar va muhandis-pedagog Xodim malakasining ishchi kadrlar tayyorlash darajasi talablariga mos kelmay qolishiga yo‘l qo‘ymaslik‎‏
Hunar-texnika bilim yurtlarida; korxonalarda‎
10. Respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari huzurida tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda muhandis pedagog kadrlarni qayta tayyorlash �a ularning malakasini oshirish‎ 1996-yil davomida‎‏ Ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎‏ Ishchi kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalarini malakali muhandis-pedagog xodimlar bilan ta’minlash‎‏
Texnika va pedagogika institutlarida yuqori kurslarda o‘quvchilardan, shuningdek, oliy ma’lumotli shaxslardan kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ishchilar tayyorlashni tashkil etish‎
11. Kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimi o‘quv muassasalarining faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilishni uyushtirish‎ doimo‎ Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, “Sharq” konserni, hokimliklar‎ Aholini kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimi o‘quv muassasalari to‘g‘risida xabardor qilish, fuqarolarda o‘z malaka darajasini doimo oshirib borish ko‘nikmasini shakllantirish‎
12. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini muvofiqlashtiruvchi respublika va viloyat idoralararo komissiyalar to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎ 1996-yil, may‎ Mehnat vazirligi, Ta’lim vazirligi‎ Uzluksiz kasb ta’lim tizimni rivojlantirish boshqaruvning huquqiy asoslarini ta’minlash‎
13. Ishchi kadrlar tayyorlashning ta’lim standarti to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎ 1996-yil, may‎ Ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi‎ Kasb ta’limi dasturlariga, kasbga o‘qitish shakllari va metodlariga nisbatan yondashishlar va talablarning bir xilligini ta’minlash‎
14. Ishchi kadrlarni ishlab chiqarishda tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎ 1996-yil, may‎ Ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari‎ Kadrlarni uzluksiz tayyorlashni amalga oshiruvchi muassasalar faoliyatini baholash uchun huquqiy shart-sharoitlarni ta’minlash‎
15. Uzluksiz kasbga o‘rgatish o‘quv bazalarini tashkil etishga sarflanadigan mablag‘larni korxonalarga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎ 1996-yil, aprel‎ Mehnat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi‎ O‘z o‘quv ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirayotgan korxonalarga imtiyozlar berish tartibi va normativlarini belgilash
16. Fuqarolarning kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish uchun xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎ 1996-yil, may‎ Mehnat vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi‎ Malaka oshirishga, qayta o‘qishga va turdosh hamda qo‘shimcha ixtisosliklar olishga fuqarolarni rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlar yaratish‎
17. Tijorat asosida ishchi kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalarning attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎ 1996-yil, aprel‎ Ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi‎ Uzluksiz ta’lim tizimini o‘quv. muassasalari infrastrukturasini rivojlantirishning huquqiy asoslarini ta’minlash. Belgilangan standartlar talablariga javob bermaydigan o‘quv muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoriga kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik‎
18. Kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladigan asosida mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan adabiyotlar, o‘quv-ko‘rgazmali va metodik qo‘llanmalar tayyorlash va chiqarish‎ doimo‎ Davlat mat�uot qo‘mitasi, Ta’lim vazirligi‎ O‘quv jarayonini zarur metodik va didaktik materiallar, shuningdek, o‘qitishning texnik vositalari bilan ta’minlash‎
19. Ishchi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni o‘qishga va stajirovkaga yuborish‎ doimo‎ Mehnat vazirligi, Ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, TIAV, Ichki ishlar vazirligi‎ O‘qitishning ilg‘or metodlarini o‘zlashtirib olish, muhandis-pedagog xodimlarning malakasini oshirish‎