Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1995 YILDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISh YAKUNLARI VA 1996-YILDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRISh YOʻLLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1995-yilda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlashtirish dasturida belgilangan maqsadlarga asosan erishildi.
Inflatsiya darajasi ancha qisqardi. Iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy qayta oʻzgartirish jarayonlari jadallashdi. Ishlab chiqarishning pasayishi bartaraf etildi. Toʻlov balansining ahvoli yaxshilandi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning kuchli chora-tadbirlari taʼminlandi, aholining real daromadlari oshdi.
Milliy valyuta ancha mustahkamlandi va uning ichki konvertatsiya qilinishi taʼminlandi. Koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish jarayoni jadal surʼatlar bilan bormoqda. Nodavlat sektorning milliy daromaddagi ulushi 67 foizga yetdi. Iqtisodiyotni jonlantirish va uni izchil oʻstirishning uzoq muddatli strategiyasini amalga oshirish uchun zamin yaratildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni isloh qilish yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlar toʻliq amalga oshirilmayapti. Ishlab chiqarishni “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish asosida tashkil etish tizimi amalda yuzaga kelmadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga boʻlgan talabni va uni sotish bozorlarini oʻrganish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan, bu korxonalarning omborlarida va savdoda sotilmagan tayyor mahsulot hajmlari anchagina miqdorda toʻplanib qolishiga, debitorlik va kreditorlik qarzlarning oʻsib ketishiga olib kelmoqda.
Hokimliklar, vazirliklar va idoralar rahbarlarining tashkilotchilik ishlarining yetarli emasligi, adliya va prokuratura organlari tomonidan zarur darajadagi nazoratning yoʻqligi tufayli qabul qilingan qonunlar va normativ hujjatlar sekinlik bilan va chala ijro etilmoqda. Amaldagi boshqaruv tizimining eng zaif joyi ijrochilarning oʻrta boʻgʻini — korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hisoblanadilar, ular eskicha tasavvur bilan yashamoqdalar, boqimandalik va byurokratizmdan qutula olmayaptilar.
Mintaqalarda isteʼmol bozorini toʻldirish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish, savdo va pulli xizmatlarni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari past darajada olib borilmoqda. Natijada Navoiy (67,6 foiz), Jizzax (66,9 foiz), Xorazm (64,1 foiz), Buxoro (60,6 foiz), Sirdaryo (59,4 foiz), Surxondaryo (57,5 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (58,9 foiz) naqd pul emissiyasi darajasining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Qimmatli qogʻozlar bozori, bozor infrastrukturasi, ayniqsa qishloq joylarda yetarlicha faol rivojlanmayapti. Sugʻurta kompaniyalari, auditorlik va lizing firmalari tashkil etilmagan.
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni tubdan kuchaytirish zarur. Ilgari qabul qilingan islohotlar dasturlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining turli sohalarida bajarilmayapti. Mehnat sarflari yuqoriligicha qolmoqda, xoʻjalik ichki hisob-kitoblaridan boʻsh foydalanilmoqda, mulkiy paylarni joriy qilish tizimi asosida xoʻjaliklarni qayta tashkil etishga eʼtibor berilmayapti, xoʻjalik yuritishning koʻp xarajatli mexanizmi bartaraf etilmagan, hisob-kitob va hisobot ishlari past darajada tashkil etilgan.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan tashkilotchilik ishlarining sustligi va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish tufayli qishloqda iqtisodiy isloh qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlar kutilgan natijani bermayapti. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari, 43 tuman va 344 xoʻjalik paxta xomashyosi davlat xaridlarining moʻljallangan hajmini bajarmadilar.
Mavjud kamchiliklarni tugatish, 1996-yilda iqtisodiyotni jonlantirish va uni oʻstirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bozor qayta tashkil etishlarini amalga oshirish, isteʼmol bozorini tovarlar bilan toʻldirishni taʼminlash, naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish, qishloqning ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha ishlarni sust amalga oshirishmoqda.
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (Tojiyev), “Oʻzmashsanoat” (Sobirov), “Oʻzbekyengilsanoat” (Ergashev), “Maxsusqotishma” RB (Maqsudov), Chkalov nomidagi TAIB (Juravlyov) rahbarlarining eʼtibori marketing tadqiqotlarini tashkil etish, talab va takliflarni oʻrganish va texnika bilan qayta jihozlash hamda qayta ixtisoslashtirish asosida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha ular amalga oshirayotgan ishlarning yetarli emasligiga qaratilsin.
Koʻrsatib oʻtilsinki, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” (Oripov), “Toshkentuyjoyinvestqurilish” (Zokirov) korporatsiyalarida, “Oʻzagroqurilish” (Yoʻldoshev) birlashmasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar nihoyatda sust amalga oshirilmoqda.
2. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1995-yildagi ishlar va iqtisodiy islohotlarning borishi yakunlarini puxta tahlil qilsinlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarning sabablarini aniqlasinlar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilasinlar, oʻzlarining barcha ishlarini 1996-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarida nazarda tutilgan vazifalarni hamda davlat budjetini bajarishga qaratsinlar.
3. 1996-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Bosh vazir oʻrinbosarlari ilovada koʻrsatilgan hujjatlar tegishli loyihalarining oʻz vaqtida tayyorlanishini va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasinlar.
Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov ishlarni muvofiqlashtirib borishni va dasturda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar hamda qonunchilik va normativ hujjatlarning taqdim etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi korxonalarni aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishining yaxlit mexanizmini shakllantirish, aksionyerlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar tayyorlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini isloh qilish, ularni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga yoki qishloq xoʻjaligi kooperativlariga aylantirish, mulkiy paylarni joriy etish asosida qishloqda mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirishga oid normativ hujjatlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi bilan birgalikda tovarlar (ishlar va xizmatlar) oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni, talab va takliflarni tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarish va xaridga “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish va joylashtirish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan javobgarlikni oshirish tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni 1996-yil 15-martgacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi shu yil 1-aprelgacha ichki va tashqi bozorlar konyunkturasini, ishlab chiqariladigan mahsulotga talab va taklifni oʻrganish boʻyicha respublika, tomonlar va alohida korxonalar darajasida marketing tadqiqotlari oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqsinlar.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar marketing tadqiqotlari materiallari asosida korxonalarni raqobatbardoshli, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishlarni bosqichma-bosqich texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashning aniq dasturlarini ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun 1996-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida qishloq xoʻjaligida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil qilish yuzasidan shu yil 1-maygacha aniq takliflar kiritsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi korxonalarining zarar koʻrib ishlashi sabablarini mufassal tahlil qilsinlar, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilashga doir aniq takliflarni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Zarar koʻrib ishlovchi korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi, Xoʻjalik sudi korxonalar va tashkilotlar ishlarining 1995-yildagi moliyaviy natijalarini tahlil qilish asosida “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq istiqbolsiz, doimo zarar koʻrib ishlovchi korxonalarni shu yilning 1-mayigacha tugatish boʻyicha qarorlar qabul qilsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi 1996-yil 1-iyulgacha respublika yer kadastrini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
11. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari:
isteʼmol bozorini kundalik ehtiyoj tovarlari bilan toʻldirish, naqd pul tushumi tushishining ahvoli, aholiga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi;
tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kichik korxonalar tashkil etish va rivojlantirish, qishloq aholisini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlarining bajarilishi;
qishloq davolash punktlari hamda maktablarni mukammal tuzatish, rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish dasturlarining bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
12. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, Qoʻngʻirot soda zavodi, Gazli—Nukus gaz quvuri qurilishi, Koʻkdumaloq konini tartibga keltirish, yangi temir yoʻl liniyalari qurilishi boʻyicha loyihalar va boshqa ustuvor investitsiya loyihalarining birinchi navbatda amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
ikki hafta muddatda 1996-yil respublika investitsiya dasturini tasdiqlash uchun kiritsinlar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda qishloq joylarda lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi mahsuloti va mahalliy xomashyoni qayta ishlovchi ixcham, yuqori unumli texnologik asbob-uskunalarni lizing shartlarida kichik va xususiy korxonalarga, fermer (dehqon) xoʻjaliklariga beruvchi xorijiy investorlar ishtirokidagi sugʻurta va lizing kompaniyalari tarmoqlarini rivojlantirishga oid takliflarni 1-aprelgacha kiritsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni yanada ragʻbatlantirish va maqbullashtirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan valyuta tushumidan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga doir takliflarni bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlar ishtirokida sanoatda, qishloq xoʻjaligida, qurilishda mehnatdan foydalanish samaradorligini oʻrgansin va yashirin ishsizlikning turli shakllarini tugatish boʻyicha shu yilning 1-mayigacha boʻlgan muddatda aniq takliflar kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi xoʻjalik sudi, ommaviy axborot vositalari ishtirokida mart oyi mobaynida mahsulotni ishlab chiqarish va yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzish tartibini, tomonlarning yuridik javobgarligini tushuntirish boʻyicha mintaqaviy seminar-kengashlar oʻtkazsinlar.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 7-mart,
84-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-martdagi 84-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
1996-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari
DASTURI
| № |
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻnalishlari va chora-tadbirlari |
Hujjat loyihasi | Bajarish muddati |
Masʼul bajaruvchilar |
| 1. | Qimmatli qogʻozlar bozorining samarali faoliyat koʻrsatishi, aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmini ishlab chiqish | Qonun loyihasi | I chorak | Moliya vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi, Adliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, Milliy depozitariy, Fond birjasi |
| 2. | Davlat qimmatli qogʻozlar qoʻmitasini tashkil etish | Prezident Farmoni loyihasi | I chorak | Davlat mulk qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
| 3. | 1996-yil uchun xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish | Dasturlar | I chorak | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 4. | Aniq tarmoqlarda va faoliyat sohalarida moliya-sanoat guruhlari va xolding kompaniyalar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish | Takliflar, VM qarori | 1-iyungacha | Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” |
| Quyidagilarning namunaviy ustavlarini ishlab chiqish: xolding kompaniyalar; moliya-sanoat guruhlari |
Normativ hujjat | I yarim yillik | Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi | |
| 5. | Takliflar ishlab chiqish: |
Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, TIAV | ||
| trast kompaniyalar va fond bozorida trast operatsiyalari boʻyicha; | VM qarori | I yarim yillik | ||
| lizing kompaniyalari toʻgʻrisida; investitsiya fondlari toʻgʻrisida | ||||
| 6. | Bozor infrastrukturasini, shu jumladan qishloq joylarda rivojlantirishni ragʻbatlantirish Respublika va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish. Ularning bajarilishini yilning har choragida nazorat qilishni amalga oshirish | Mintaqaviy dasturlar | I chorak | Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar hokimliklari, tarmoq vazirliklari, idoralari |
| 7. | Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagi takliflarni ishlab chiqish: mayda va oʻrta korxonalarni kredit bilan sugʻurtalash toʻgʻrisida; milliy anʼanaviy hunarmandchilikni rivojlantirishga koʻmaklashish haqida |
VM qarori | II yarim yillik | Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzistiqbolstat”, vazirliklar, idoralar Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar |
| 8. | Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritish | Farmon va VM qarori | I chorak | Davlat mulki qoʻmitasi, Tadbirkorlar uyushmasi |
| II. MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TAʼMINLASh VA MILLIY VALYUTANI MUSTAHKAMLASh BOʻYIChA | ||||
| 9. | Pul massasini taʼsirchan nazorat qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: oʻrtacha yillik hisob boʻyicha pul oborotining 15 foizini qoʻshimcha ravishda har oyda naqd pul bilan mustahkamlashni cheklash; |
Chora-tadbirlar ishlab chiqish | Ishlab chiqish I chorakda, joriy etish yil davomida | Markaziy bank, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” |
| Inflatsiyaning oʻrtacha oylik darajasini har oyda oʻrtacha 3 foizgacha pasaytirish | Chora-tadbirlar dasturi | —”— | —”— | |
| 10. | Bank korxonalarning ilgari olingan kreditlar boʻyicha qarzlari holatini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, inflatsiya darajasining pasayishini hisobga olgan holda qarzlar miqdorlarini va foiz stavkalarini tartibga solish yoʻllari toʻgʻrisida takliflar kiritish | VM qarori | I chorak | Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari, “Oʻzistiqbolstat” |
| 11. | Vekselning muomalada boʻlishi amaliyotini umumlashtirish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish | VM qarori | II chorak | Markaziy bank, Moliya vazirligi |
| 12. | Davlat xazinasi obligatsiyalari (DXO)ni chiqarishni tashkil etish | VM qarori | I chorak | Moliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ |
| 13. | Transport, sugʻurta, pochta xizmatlari va boshqa xizmatlar importi uchun chet el valyutasidagi oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini ishlab chiqish | VM qarori | iyun | Markaziy bank, Moliya vazirligi, TIAV, “Oʻzavtotrans”, Aloqa vazirligi |
| 14. | Kredit plastik kartochkalari vositasida jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar tizimini joriy etish | VM qarori | IV chorak | Markaziy bank, tijorat banklari |
| 15. | Sugʻurta faoliyati ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida takliflar tayyorlash | VM qarori | I chorak | Moliya vazirligi, “Oʻzbekinvest” agentligi |
| 16. | Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi Qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlisga kiritish: | | | |
| | “Xazina toʻgʻrisida” | qonun loyihasi | 15-aprelgacha | Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
| | “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” | —”— | aprel | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” |
| 17. | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqishni tugallash | Kodeks loyihasi | I chorak | Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
| III. QIShLOQ XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh | ||||
| 18. | Mulkiy payni joriy etish asosida qishloqda mulkchilik munosabatlarini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish, ushbu munosabatlarni mustahkamlovchi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarni tayyorlash | qonunchilik va normativ hujjatlar | I chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” |
| 19. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning ikki-uch xoʻjaligida eksperiment tariqasida har bir mehnatkashning mulkning umumiy qiymatidagi payi yoki ulushini belgilovchi sertifikatlar tizimini joriy etish | | yil davomida | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari |
| 20. | Qishloq xoʻjaligidan boʻshayotgan mehnat resurslarini hisobga olgan holda qishloqda sanoatda va xizmat koʻrsatish sohasida yangi ishchi oʻrinlarini yaratish Dasturini ishlab chiqish | Dastur | II chorak | “Oʻzistiqbolstat”, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
| 21. | Zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini tahlil qilish va tegishli taklif kiritish | VM qarori | mart | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat”, Markaziy bank, tijorat banklari |
| 22. | Respublikada tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini joriy etishga oid takliflar tayyorlash | Konsepsiya | iyun | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat”, vazirliklar, idoralar |
| 23. | Qishloq xoʻjaligi korxonalarida va aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishni ra�batlantirish maqsadida: | | | |
| mashina-traktor parklari tashkil etilishi natijalarini va ularning ishini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; | Takliflar | aprel | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | |
| oʻsimliklarni biologik va kimyoviy himoya qilish, barcha yerdan foydalanuvchilarga agrokimyoviy xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish | Chora-tadbirlar | I yarim yillik | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | |
| 24. | Tabiiy-iqlim zonalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish xarajatlari tarkibini tanlov yoʻli bilan oʻrganish va xarajatlarni maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritish | Tavsiyalar | II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, hokimliklar |
| 25. | Respublika yer kadastrini ishlab chiqish | VM qarori | 1996-yil 1-iyulgacha | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
| IV. TARKIBIY QAYTA OʻZGARTIRIShLAR BOʻYIChA | ||||
| 26. | Fan va texnika, nou-xau zamonaviy yutuqlarini ishlab chiqish va xalq xoʻjaligiga joriy etishni, ilm-fanni koʻplab talab qiladigan, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yirik investitsiya dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun budjetdan tashqari mablagʻlarni va tashqi investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantiruvchi iqtisodiy mexanizmini yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash | VM qarori | II chorak | FTDQ, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, OʻzFA |
| 27. | Quyidagilar boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlagan holda ushbu loyihalarni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish | VM qarorlari | I chorak | Bosh vazir oʻrinbosari, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, Markaziy bank, Milliy bank va tijorat banklari |
| Mingbuloq va Koʻkdumaloq neft konlarini oʻzlashtirish; | —”— | —”— | Haqqulov K.J. | |
| Buxoro neftni qayta ishlash, Navoiy fosforit, Qoʻngʻirot soda zavodlari, Xorazm ishlab chiqarish birlashmasi; Gazli-Nukus, Paxtakor-Yangiyer-Toshkent magistral gaz quvurlari; Uchquduq-Nukus, Gʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl magistrallari qurilishi; | —”— | —”— | | |
| Qamchiq dovonidagi avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish | VM qarorlari | I chorak | Yunusov R.R. | |
| 28. | Quyidagi ustuvor tarmoqlardagi ishlab turgan quvvatlarni rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqish: | | | |
| a) Angren va Yangi Angren GRESlari | Dastur | II chorak | Energetika vazirligi | |
| b) “Navoiyazot” IB (ammiak selitrasi va ammiak ishlab chiqarish) | Dastur | II chorak | “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi | |
| v) “Kaprolaktam” QK (kaprolaktam ishlab chiqarish) | Dastur | II chorak | “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi | |
| g) 2-NMZ, 3-GMZ | Dastur | doimo | “Qizilqumnodirmetalloltin” DK | |
| “Qizilqumnodirmetalloltin” DK d) “Oʻzmetkombinat” AIB (ESPS)ni rekonstruksiya qilish, 3-AKOSning birinchi navbatini ishga tushirish) | Dastur | IV chorak | “Oʻzmetkombinat” AIB | |
| e) Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) (rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash-mis eritish zavodini “2-KPF”ga oʻtkazish, “Uchquloch” konining “Dalniy” uchastkasi zaxiralarini yerosti usulida qazib olish, mis bilan boyitish fabrikasining maydalash boʻlimi) | Dastur | IV chorak | OKMK | |
| j) charm-poyabzal korxonalari | Dastur | III chorak | “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi | |
| 29. | Quyidagi loyihalarni tayyorlash: | | | |
| Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom; Investitsiya loyihalarini va aniq roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom | VM tomonidan tasdiqlanadigan normativ-xuquqiy hujjatlar | I yarim yillik | “Oʻzistiqbolstat”, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish”, Adliya vazirligi, Markaziy bank | |
| 30. | Sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalarida ishchi oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ish bilan band xodimlardan samarali foydalanish hamda ishsizlikning turli shakllarini tugatish boʻyicha takliflar kiritish | Tavsiyalar | II chorak | Mehnat vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, vazirliklar, idoralar |
| 31. | Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini (2-qism) ishlab chiqishni tugallash | Kodeks loyihasi | II chorak | Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi |
| V. TAShQI IQTISODIY ALOQALARNI ChUQURLAShTIRISh VA KENGAYTIRISh, INTEGRATSIYA JARAYoNLARINI TEZLAShTIRISh | ||||
| 32. | Eksportga davlat tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va valyuta tushumi hamda majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida tushishi uchun javobgarlikni oshirishni nazarda tutgan holda markazlashtirilgan eksport boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | VM qarori | I chorak | “Oʻzistiqbolstat”, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank |
| 33. | Eksport va import boj poshlinalarining maksimal tarif stavkalarini va eksport poshlinalari joriy qilinadigan tovarlar roʻyxatini asta-sekin qisqartirib borishni nazarda tutuvchi yangi samarali tizimini ishlab chiqish | VM qarori | I chorak | Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzistiq�olstat” |
| 34. | Eksport qilinadigan mahsulotni chet ellarga sotishni ragʻbatlantirish maqsadida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritish | VM qarori | I chorak | Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzistiqbolstat”, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi |
| 35. | Respublikaning Butunjahon savdo tashkiloti (BST)ga kirishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish | Memorandum qoidalarini kelishib olish | noyabr | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
| 36. | Respublika hududida paxta tolasini saqlash va sertifikatsiyalashni amalga oshirish uchun konsignatsiyalash omborlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar | Takliflar | noyabr | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzistiqbolstat”, Moliya vazirligi |
| VI. AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh | ||||
| 37. | Isteʼmol tovarlarini konsignatsiya asosida yetkazib berish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish | VM qarori | I chorak | “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat”, Markaziy bank |
| 38. | Pullik xizmatlar bozori shakllanishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni tahlil qilish. Ularni rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi tadbirlar dasturini ishlab chiqish | VM qarori | II yarim yillik | “Oʻzmaishiyxizmat”, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 39. | Suv taʼminoti va gaz taʼminoti dasturlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni va tahlilni tashkil etish | Muhokama qilish protoko�lari | yarim yilliklar boʻyicha | Vazirlar Mahkamasi komplekslari, “Oʻzistiqbolstat”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 40. | Vazirlar Mahkamasi komplekslari, “Oʻzistiqbolstat”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | Dastur | 1996-yil 1-aprelgacha | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 41. | Tibbiy sugʻurta tizimini joriy etishga oid takliflar va zarur hujjatlar paketini ishlab chiqish | Hujjatlar paketi | II yarim yillik | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzistiqbolstat”, Moliya vazirligi |
| 42. | Oʻquvchilarni darsliklar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqish | Dastur, VM qarori | I chorak | “Oʻzistiqbolstat”, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi |
| 43. | “Oʻzbekiston Respublikasi mashgʻulotlar milliy standart klassifikatori (MMSK-96)ni ishlab chiqish: | Milliy klassifikator loyihasi | | Mehnat vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” |
| I—III guruhlar | I yarim yillik | |||
| IV��VII guruhlar | II yarim yillik | |||