O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR VA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, shuningdek yong‘in-texnik mahsulotlari sifatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarining ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
77-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-apreldagi 77-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish
1. 24-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya qo‘shilsin:
|
241. |
Yong‘in o‘chirish kukunlari (natriy bikarbonati tarkibidagi) |
2836 30 000 0 |
2. 28-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 281-pozitsiya qo‘shilsin:
|
281. |
Bo‘yoq va loklar (faqat yong‘indan himoyalovchi) |
3209 90 000 0 |
3. 32-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 321-pozitsiya qo‘shilsin:
|
321. |
Yong‘in o‘chirgichlar uchun tarkiblar va zaryadlar |
3813 00 000 0 |
4. 361-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 362-pozitsiya qo‘shilsin:
|
362. |
Yong‘in o‘chiruvchilarning tabiiy charmdan tayyorlangan qutqaruv belbog‘lari |
4203 30 000 0 |
5. 42-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 421-pozitsiya qo‘shilsin:
|
421. |
Arqonlar (faqat yong‘in o‘chiruvchilarni ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan) |
5607 49 190 0 — 5607 90 900 0 |
6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 431-pozitsiya qo‘shilsin:
| 431. | Yong‘in o‘chirish yengliklari | 5909 00 100 0, 5909 00 900 0 |
7. 44-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 441-pozitsiya qo‘shilsin:
| 441. | Yong‘in o‘chiruvchilar uchun professional kiyim-bosh komplektlari | 6203 22 100 0, 6203 23 100 0 |
8. 46-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 461-pozitsiya qo‘shilsin:
| 461. | Yong‘in o‘chiruvchilarning to‘qimachilik materialidan qutqaruv belbog‘lari | 6307 20 000 0 |
9. 471-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| 471. | Yong‘in o‘chiruvchilarning kaska va shlemlari. Sport uchun mo‘ljallangan bosh kiyimlari |
6506 10 6506 10 800 0*, 6506 91 000 0* |
10. 51-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 511-pozitsiya qo‘shilsin:
| 511. | Yong‘in o‘chiruvchilar karabinlari | 7326 90 910 0, 7326 90 930 0, 7326 90 980 9 |
11. 52-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 521-pozitsiya qo‘shilsin:
| 521. | Yong‘in o‘chirish asbob-uskunalari uchun ulagichlar | 7609 00 000 0 |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 132-modda)