Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.01.1996 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIVA ShAHRINING 2500 YILLIGI YuBILEYIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Xiva shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyasining Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnomaligida jahon miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori to‘la qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Xiva shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Xiva shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996—2000-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu jumladan 1996-1997-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va tegishli mablag‘ ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Xorazm viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “O‘zsuvqurilish” konserni hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda bo‘lishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xorijiy va mahalliy turizm infrastrukturasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralarini ko‘rsin, xorijiy sayyohlarni mamlakatimizning, jumladan Xorazm vohasining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirish uchun keng jalb qilishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Xiva shahrining milliy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni haqida ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarni, turli taqvim va bukletlarni chop etishni o‘z rejalariga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorazm viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Xiva shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, aloqa-transport, maishiy va sog‘liqni saqlash infrastrukturasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xiva shahrining yubileyini o‘tkazish uchun 1996-1997-yillarda tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘lar ajratsin, ushbu xarajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika budjeti hamda Xorazm viloyati mahalliy budjeti, shuningdek, viloyat tashkilotlari va korxonalarining ixtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, “O‘zdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Xiva shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-yanvardagi 5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Jo‘rabekov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
S. Saidqosimov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
X. Jo‘rayev —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha)‎
M. Jumaniyozov‎ —‎ Xorazm viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
B. Shodiyev‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mamlakat miqyosida o‘tadigan bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasining direktori, tashkiliy qo‘mitaning mas’ul kotibi‎

‎‎Tashkiliy qo‘mita a’zolari

B. Hamidov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari— Moliya vaziri‎
K. Rahimov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari‎
F. Ashrafiy‎ —‎ O‘zbekiston Me’morlar uyushmasining raisi‎
L. Axmetov‎ —‎ “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi‎
S. Ahrorov‎ —‎ “O‘zdavkinokompaniya” raisining birinchi o‘rinbosari‎
R. Giniyatulin‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri‎
H. Jamolov‎ —‎ O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi‎
T. Jo‘rayev‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti‎
A. Ibobekov‎ —‎ “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni raisi‎
A. Komilov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
V. Mixaylov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri‎
T. Rahimov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri‎
G‘. Rafiqov‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Bosh direktori‎
E. Rahmonov‎ —‎ Xiva shahri hokimi‎
R. Sultonov‎ —‎ Urganch shahri hokimi‎
Z. Fayziyev‎ —‎ “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi raisi‎
R. Shog‘ulomov‎ —‎ Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
N. Ermetov‎ —‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik kompaniyasining raisi‎
M. Hazratqulov‎ —‎ O‘zbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori‎
Z. Hakimov‎ —‎ “O‘zdavteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
E. Hayitboyev‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
B. Husanboyev‎ —‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎