Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
Кучга кириш санаси
23.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2095]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52(II)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovning (bundan buyon matnda YIT deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondi qismida yuridik shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa — qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITni to‘laydilar.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 10-yanvardagi 1, 2017-01-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-5, 17.01.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 3-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. YIT to‘lovchilari YITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda YIT hisoblashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. YIT hisoblab chiqarish va to‘lash uchun YITning eng kam miqdorini aniqlash
(II-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YIT to‘lovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona bo‘yicha YITning eng kam miqdorini aniqlaydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YITning eng kam miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MRyait =K/n * N, bu yerda:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MRyait — YITning bir oy uchun eng kam miqdori;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qat’i nazar) soni, biroq korxonada o‘rnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek yillik mehnat ta’tillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan ta’tillarga to‘g‘ri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarning ish kunlari (YIT bo‘yicha imtiyoz muddati tugagunga qadar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n — korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan bir xodim uchun bir oyda YIT normativi. Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan o‘zgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining o‘rtacha oylik miqdori qo‘llaniladi.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-4, 31.03.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 13-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. YITning eng kam miqdori har oy hisoblab chiqariladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa, u holda yagona soliq to‘lovi YITning eng kam miqdorining O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasidan ortgan qismiga qo‘shimcha hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning eng kam miqdoridan ko‘p yoki unga teng bo‘lsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida to‘lanishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mikrofirma va kichik korxonalari uchun belgilangan YIT stavkasini hisobot yilida qo‘llagan, biroq hisobot yili yakunlari bo‘yicha belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan YIT to‘lovchilari (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) bo‘yicha hisoblab chiqarilgan YIT summasini qo‘shimcha hisoblaydi. Bunda YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qo‘shimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumbelgilangan stavka bo‘yicha YITning qo‘shimcha summasi hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Agar hisobot yilida YITning umumbelgilangan stavkasini qo‘llagan YIT to‘lovchilari hisobot yili yakunlari bo‘yicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan YITning stavkasi hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qo‘llaniladi va tegishincha hisobot yil uchun YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qo‘shimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
(71-72-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-4, 31.03.2016-y.) asosan kiritilgan— O‘R QHT, 2016-y., 13-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YITning eng kam miqdorini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23, 2013-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. To‘lovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligiga va qonun-hujjatlariga muvofiq uni o‘z vaqtida to‘lashga javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq YITning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qo‘shimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘shimcha hisoblangan YIT summasi to‘lovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda; 2011-y., 7-8-son, 78-modda; 2014-y., 30-son, 375-modda; 2015-y., 7-son, 88-modda; 2016-y., 13-son, 126-modda; 2017-y., 3-son, 45-modda)