Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 23.02.2010 yildagi PQ-1288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 YILDA GʻOʻZANI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh VA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tolasining sifati boʻyicha jahon standartlari va talablariga javob beradigan gʻoʻzaning tezpishar va serhosil seleksiya navlarini respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda oqilona joylashtirish, 2010-yil hosili uchun chigit ekish boʻyicha butun ishlar kompleksi oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil hosili uchun gʻoʻzaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 1-ilovaga* muvofiq joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil uchun gʻoʻzaning asosiy seleksiya navlarini istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq guruhlarga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil hosili uchun chigitni 3-ilovaga* muvofiq plyonka ostiga ekish va paxtakor xoʻjaliklarni polietilen plyonkalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilgi paxta hosili yetishtirishning 4-ilovaga* muvofiq prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2010-yilda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi uning amalda yetishtiriladigan hajmining 50 foizi miqdorida saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovada nazarda tutilgan paxta yetishtirish hajmlari 2010-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat koʻrsatkichlari sifatida qaralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tumanda ikkitadan ortiq boʻlmagan, xoʻjaliklarda esa bitta tavsiya etilgan gʻoʻza navi ekilishini hisobga olgan holda gʻoʻza navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalarga muvofiq har bir seleksiya navlari uchun gʻoʻzani parvarish qilish agrotexnikasiga amal qilinishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 25-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni, 28-fevralgacha esa — ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda, urugʻlik chigit tayyorlashni tugallasin, shuningdek urugʻchilik korporatsiyalari va kompaniyalarini tuksizlantirilgan urugʻlar bilan 5-ilovaga muvofiq hajmlarda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻlik chigitning faqat dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan taqdirda, 50 foizdan kam boʻlmagan miqdordagi haqini oldindan toʻlash sharti bilan, seleksiya navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik chigit ekish uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar roʻyxatini bir oy muddatda tanlov asosida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoʻzaning yangi navlarini sinashni faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xoʻjaliklarda, yangi navlarni oldindan koʻpaytirish xoʻjaliklari va davlat nav sinash uchastkalarida amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Paxtaning aniq navlari boʻyicha mazkur qaror bilan belgilangan ekin maydonlari hajmlariga rioya etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tumanlar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin, belgilangan parametrlarga rioya qilinmaganligi uchun ularni maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan paxta tayyorlash korxonalari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishi ustidan nazoratni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalarga muvofiq mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, polietilen plyonkalar va boshqa moddiy-texnika resurslarini paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga haqini belgilangan tartibda toʻlash sharti bilan oʻz vaqtida yetkazib berish ishlarining muvofiqlashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoʻzani parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarining sifatli oʻtkazilishini, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berishda shartnoma majburiyatlariga amal qilinishida taʼminlamayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shoʻrtangazkimyokompleksi” UShK — 2010-yilda chigit ekishga polietilen plyonka ishlab chiqarish uchun plenka ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq xomashyo (granulalar)ning jami hajmini sotishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati va “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasi — tayyor polietilen plyonkalarni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga sotishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish uchun moʻljallangan urugʻlik chigiti — tizim ichida harakatlanganda ham, shuningdek 2010-yil hosili uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan sotilganda ham qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-sonli qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 2-son, 78-modda)