Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.07.1998 yildagi 291-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOLIMARJON GRESINING 1-ENERGIYA BLOKINI IShGA TUShIRIShNI JADALLAShTIRISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻliq foydalanish va yangi korxonalar qurilishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlari uzluksiz oʻsib borayotgan sharoitlarda respublikaning rivojlanayotgan xalq xoʻjaligini elektr energiyasi bilan taʼminlashning ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining 800 ming kVt quvvatga ega boʻlgan Tolimarjon GRESining 1-energiya blokida qurilish-montaj ishlarini 1998-yilda tugallash va ishga tushirish-sozlash ishlarini 1999-yilning II choragida bajarish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi 1-energiya blokini montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlarining tugallanishini taʼminlovchi ishga tushiriladigan kompleksning 1-ilovaga* muvofiq qurilayotgan obyektlarini asbob-uskunalar, qurilish konstruksiyalari va materiallari bilan butlash tadbirlarini va yiriklashtirilgan jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining vakolatli tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kontraktlar va shartnomalarning belgilangan tartibda tezkorlik bilan koʻrib chiqilishini va roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga uning montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari, murakkab texnologiya asbob-uskunalarini taftish qilish va modernizatsiyalash, Tolimarjon GRES 1-energiya blokini ishga tushirish va foydalanish rejimini ishlab chiqishda qatnashish, mahalliy xodimlarni oʻqitish va tayyorlash uchun quvvati 800 ming kVt boʻlgan bloklarda ishlash tajribasiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni yuqori malakali xodimlari bilan birgalikda MDH mamlakatlaridan kontraktlar boʻyicha tender asosida jalb qilishga, shuningdek stansiya xodimlarini stajirovkadan oʻtkazish va oʻqitish uchun MDH mamlakatlarining xuddi shunday stansiyalariga yuborishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tolimarjon GRESining 1-energiya bloki qurilishi ishlarini muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tashkil etilsin. Respublika shtabi Tolimarjon GRESida ishlarni bajarish uchun respublika korxonalari va tashkilotlarini, ular qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-son