Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA LOYIHA-QIDIRUV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy rejalashtirish va kompleks qurishni amalga oshirishni tashkil etish tizimini tubdan yaxshilash, ishlab chiqilayotgan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek respublikaning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va tegishli loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yigʻilishlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzLITTI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshuyjoyloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Donloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Oʻzmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “OʻzGEOTEXLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZPLITI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “OʼZGASHK” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korxonasiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish natijasida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining asosiy ixtisoslashish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasining muassisi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi hamda “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi tuzilmasi va ustavlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) bilan birgalikda loyiha-qidiruv tashkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi, “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi hamda “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlarini soha boʻyicha oliy maʼlumotli hamda loyihalash ishlarida kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning puxta tanlanishini nazarda tutgan holda tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzining qayta tashkil etilishi munosabati bilan aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tasdiqlangan bosh rejalarda nazarda tutilmagan qoʻshimcha obyektlarni qurish yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari nomi va qayta tashkil etish shakli
Yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
Loyiha-qidiruv tashkilotlari nomi va joylashgan joyi*
Ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi, (kamida) %
Asosiy ixtisoslashuv yoʻnalishi
1.
“OʻzLITTI” YAJ va “Toshuyjoyloyiha” OAJ (birlashish)
“ToshuyjoyLITI” OAJ, Toshkent shahri, M.Yakubov koʻchasi, 43 (“Toshuyjoyloyiha” OAJning sobiq binosi)
51
Namunaviy, shu jumladan uy-joy va ijtimoiy binolar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. Shaharsozlik sohasidagi investitsiya loyihalarining TIA, TIIni, normativ-metodologik va yoʻriqnoma hujjatlarni ishlab chiqish. Turar joy binolari va inshootlarini oʻlchash va tekshirish ishlarini amalga oshirish, texnik jihatdan koʻzdan kechirish.
2.
“Donloyiha” MCHJ va “Oʻzmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” MCHJ (birlashish)
“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ, Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 16 A (“Oʻzmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” MCHJning sobiq binosi)
51
Qishloq uchun moʻljallangan bogʻdorchilik va meva-sabzavot mahsulotlarini, chorvachilik va asalarichilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini, fermer xoʻjaliklari infratuzilmasini, uy-joy va ijtimoiy-maishiy soha obyektlarini loyihalash, shuningdek investitsiya loyihalarining TIA va TIIni ishlab chiqish. Tegirmonchilik sanoati obyektlarining loyiha, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish.
3.
“Oʻzrangmetloyiha” OAJ va “OʻzGEOTEXLITI” DUK (birlashish)
“OʻzGEORANGMETLITI” DUK, Toshkent shahri, Bobur koʻchasi,15 (“OʻzGEOTEXLITI” DUKning sobiq binosi)
100
Metallurgiya kon-ruda obyektlarini loyihalash, mavjud metallurgiya korxonalarini rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tarmoq loyihalarining maxsus boʻlimlarini ishlab chiqish. Investitsiya loyihalarining TIA va TIIni ishlab chiqish. Rangli va ruda metallurgiyasida ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlarini olib borish.
4.
“ZPLITI” YAJ va “OʼZGASHK” DUK (birlashish)
“OʻzGASHKLITI” DUK, Toshkent shahri, Qatortol koʻchasi, 38 (“OʼZGASHK” DUKning sobiq binosi)
100
Qurilishda, geoinformatika va shaharsozlik kadastri sohasida muhandislik-texnik qidiruv ishlari kompleksini amalga oshirish. Binolar va inshootlarning foydalanishga mustahkamligi yuzasidan muhandislik qidiruv va tadqiqot ishlarini amalga oshirish, normativ-metodologik va yoʻriqnoma hujjatlarni ishlab chiqish. Yer usti va yer osti binolarining asosi va poydevorlarini loyihalash va tadqiq etish, binolarning zilzilabardoshliligini ilmiy jihatdan tadqiq etish.
5.
“OʻzshaharsozlikLITI” OAJ (qayta oʻzgartirish)
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 18
100
Shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalarini, yirik va noyob binolar, ijtimoiy-madaniy, maishiy, uy-joy va jamoaga moʻljallangan obyektlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. Investitsiya loyihalarining TIA va TIHni, shuningdek normativ-metodologik va yoʻriqnoma hujjatlarni ishlab chiqish, ularni koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. * Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar boʻyicha tegishli ravishda ularning huquqiy vorislari hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻliq kompleksda loyihalash boʻyicha faoliyat turlari uchun (loyihalashning barcha bosqichlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, shu jumladan loyihalarning DTIA, TIA hamda DTIH, TIHlarini ishlab chiqish) — murakkablikning I-II toifasidagi obyektlar uchun — kamida 12 mutaxassis, murakkablikning III toifasidagi obyektlar uchun — kamida 15 mutaxassis, murakkablikning IV-V toifasidagi obyektlar uchun — kamida 25 mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ayrim boʻlimlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyat turlari uchun — kamida 10 mutaxassis”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 8-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshiga “shuningdek mehnat daftarchalarining (notarial tasdiqlangan)” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 37-banddagi “eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 85-modda; 2012-y., 8-9-son, 79-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)