O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XII TOShKENT XALQARO KINOFESTIVALINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbek xalqining milliy madaniyatini va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini targ‘ib qilish, milliy ong, milliy tafakkurni shakllantirish, istiqlolga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish hamda bashariyatning ma’naviyat xazinasini bezagan yuksak insoniy fazilatlarga chuqur ehtiromni barqarorlashtirishda kino san’atining rolini oshirish, kinematografchilarning tinchlik va hamjihatlik yo‘lidagi xalqaro aloqalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining 1997-yil may oyining uchinchi o‘n kunligida XII Toshkent xalqaro kinofestivali(TXKF)ni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. XII Toshkent xalqaro kinofestivalining tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan birgalikda o‘n kun muddatda XII TXKFning:
tayyorgarlik va o‘tkazish tadbirlari rejasini;
bosh direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini;
reglamenti, qatnashchilari ro‘yxati va dasturini tuzsin hamda tasdiqlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, kinofestivalni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning valyutadagi qismi 2-ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligining valyuta fondidan, so‘mdagi sarf-xarajatlar esa teng ulushlarda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan va Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetidan 3-ilovaga muvofiq qoplanadi.
4. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi:
kinofestival qatnashchilari va mehmonlarini qabul qilish, joylashtirish uchun XII TXKF bosh direksiyasi buyurtmasiga binoan mehmonxonalardan joy ajratsin;
chet ellik mehmonlarning turarjoy haqini so‘mlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda qabul qilishga ruxsat bersin.
5. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga XII TXKF qatnashchilarini O‘zbekiston fuqarolari uchun tasdiqlangan tariflar bo‘yicha bosh direksiya buyurtmasiga binoan so‘mlarda qoplangan holda chiptalar bilan ta’minlash topshirilsin.
6. Samarqand viloyati hokimligi XII TXKF ishtirokchilarini tarixiy obidalar bilan tanishtirishni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasi XII TXKFning rasmiy sovrinlarini tayyorlash uchun bosh direksiya buyurtmasiga binoan qimmatbaho metallar ajratsin.
8. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tasdiqlangan eskizlar bo‘yicha kinofestival sovrinlarini tayyorlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi XII TXKF bosh direksiyasi talabnomalariga binoan kinofestivalni tarjimonlar bilan ta’minlasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi chet ellik qatnashchilarni va XII Toshkent xalqaro kinofestivaliga aloqador yuklarni bojxona, viza va boshqa (shu jumladan, VIR zalida xizmat ko‘rsatish) yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kinofestival o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini hamda uning qatnashchilari va mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport harakati xavfsizligini ta’minlasin.
12. “O‘zteleradio” kompaniyasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari XII Toshkent xalqaro kinofestivalini tayyorlash va o‘tkazishning borishini keng yoritsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 8-fevral,
70-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-fevraldagi 70-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
XII Toshkent xalqaro kinofestivali tashkiliy qo‘mitasining
TARKIBI
| Sultonov O‘.T. | — | O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi |
| Azizxo‘jayev A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari |
| To‘laganov K.N. | — | Toshkent shahar hokimi, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari |
| Rahmatov O‘. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari |
| Yunusov T.M. | — | “O‘zbekkino” kompaniyasi raisi, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari, XII TXKF bosh direktori |
| Akromov R. | — | Milliy xavfsizlik xizmatining boshqarma boshlig‘i |
| Abbosov Sh.S. | — | kinorejissor |
| Azimov R.S. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi |
| Akbarov H.I. | — | kinoshunos, professor |
| Axmetov L.A. | — | “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi |
| Guskova T.N. | — | Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Jalilov Sh.I. | — | Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari |
| Jo‘rayev X.R. | — | Madaniyat ishlari vaziri |
| Jo‘raboyev A. | — | Aloqa vaziri |
| Ismoilov U.S. | — | Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Is’hoqov A.G. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni konsultanti |
| Kamolova K.Sh. | — | kinorejissor |
| Norgitov I.N. | — | Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i |
| Rashidov I.V. | — | Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari |
| Rizayev Sh. | — | Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi |
| Ro‘zmetov A. | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi |
| Fayziyev Z.O. | — | “O‘zbeksavdo” uyushmasi raisi |
| Hakimov Z.A. | — | “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi |
| Hazratqulov M.H. | — | O‘zA bosh direktori |
| Holiqov O.M. | — | A.Navoiy nomidagi san’at saroyi direktori |
| Husanboyev B.M. | — | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Shog‘ulomov I.Sh. | — | “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh direktori |
| Ermetov N. | — | “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-fevraldagi 70-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
XII Toshkent xalqaro kinofestivali
SMETASI
|
Moddalar nomi |
Xarajatlar (ming AQSh dollari) | |
| 1. | Jyuri a’zolarining Toshkent shahriga kelib-ketish xarajatlari - 6 kishi, hamrohlik qiluvchilar - 6 kishi. Jami - 12 kishi | 30,0 |
| 2. | Festivalga maxsus taklif etilgan mehmonlar (jahon kinoyulduzlari - 3-4 kishi)ning kelib-ketish xarajatlari | 10,0 |
| 3. | Xalqaro kinofestival(XKF)lar bosh direktorlarini taklif qilish: | |
| — | FIAPF kinoprodyussyerlar uyushmasi xalqaro federatsiyasi (Parij), janob Brisson; | |
| — | Kanndagi XKF (Fransiya); | |
| — | Nantdagi XKF (Fransiya); | |
| — | Torontodagi XKF (Kanada); | |
| — | Hindistondagi XKF | 15,0 |
| 4. | Filmlar tanlash uchun chet mamlakatlarga (7 mamlakat — Hindiston, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Pokiston) xizmat safariga yuborish xarajatlari | 30,0 |
| 5. | Festival filmlarini Toshkent shahriga keltirish va bu yerdan olib ketish xarajatlari | 10,0 |
| 6. | Kinofilmlarni sug‘urta qilish (“Ingosstrax”) | 10,0 |
| 7. | FIAPF kinoprodyussyerlar federatsiyasida festivalni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari | 3,0 |
| | JAMI: | 108,0 |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-fevraldagi 70-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
XII Toshkent xalqaro kinofestivali
SMETASI
| | Moddalar nomi | Daromadlar (ming so‘m) | Xarajatlar (ming so‘m) |
| I. |
Kinofilmlar namoyishidan olinadigan daromad |
3818,0 | |
| II. | XII TXKFni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan: | | |
| 1. | Kinofilmlar namoyish qilish | | 908,9 |
| 2. | Festival qatnashchilari va mehmonlari uchun xarajatlar | | 13114,1 |
| 3. | Tarjima xizmati | | 1293,6 |
| 4. | Sovrinlar, sovg‘alar, qabul marosimlari | | 3186,0 |
| 5. | Bosmaxona, reklama, shaharni bezatish xarajatlari | | 10000,0 |
| 6. | Ish haqi | | 1022,0 |
| 7. | Tashkiliy xarajatlar | | 3372,0 |
| 8. | Avtotransport | | 2095,0 |
| 9. | Axborot-matbuot byulletenini nashr etish | | 1800,0 |
| 10. | “Kinotomoshabin hamrohi” jurnalini nashr etish | 328,5 | 3600,0 |
| 11. | Festivalda qatnashuvchi mamlakatlar bayroqlarini tayyorlash | | 1000,0 |
| 12. | Kinoteatrlarni to‘liq ta’mirlash | | 20000,0 |
| 13. | Samarqand shahriga borish | | 748,0 |
| 14. | Konsert tashkilotlariga to‘lovlar | | 1500,0 |
| | JAMI: | 4146,5 | 63640,4 |