O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KREDITGA QOBILIYATLILIKNING MUSTAQIL REYTINGINI OLIShIGA DOIR TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirish va barcha jahon moliya tashkilotlari hamda chet el investorlariga mamlakatning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida e’tiborli axborot taqdim etish, O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning keng doirasi bilan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil xalqaro reyting agentliklarida kreditga qobiliyatlilikning mustaqil reytingini olishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat mulki qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining moliyaviy maslahatchi sifatida xizmatlar ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kreditga qobiliyatlilikning mustaqil reytingining olinishi masalasida ko‘maklashish uchun yetakchi xorijiy banklar Dji Pi Morgan va Cheyz Manxetten tarkibidan sindikat tanlash taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilikning mamlakat reytingini olishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditga qobiliyatlilikning xalqaro reytingini olishiga rozilik berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilik mamlakat reytingini va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditga qobiliyatlilik reytingini olishiga doir xarajatlar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-yanvar,
46-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-yanvardagi 46-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilikning mamlakat reytingini olishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh
TARKIBI
| Hamidov B. S. | — | Bosh vazir o‘rinbosari, ishchi guruh raisi |
| Azimov R.S. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvining raisi, ishchi guruh raisining o‘rinbosari |
| Abduqodirov A. M | — | Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh raisining o‘rinbosari |
| Guskova T.N. | — | Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Muhidov A. A. | — | Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i |
| Qo‘chqorov D. A. | — | Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
| Xalilov B. | — | “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
| Rasulov A. X. | — | Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining o‘rinbosari, ishchi guruh mas’ul kotibi |