Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1999 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZFARMSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KONSERNI TIZIMIDA BINTLAR VA JARROHLIK DOKA SALFETKALARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada yuqori sifatli bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqaradigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni eksport qilish maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining 2001-yilning birinchi yarim yilligida Guliston shahridagi “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining mavjud maydonlarida 31,748 mln. dona bint va 86,063 mln. dona jarrohlik doka salfetkalari tayyorlash uchun 1222,5 tonna ip kalava ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy qiymati 11.340.025 yevro (11.907.026 AQSh dollariga teng) boʻlgan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash Ispaniyaning “SESSE” eksport-import agentligi sugʻurta qoplamasi ostida Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” banki tomonidan va “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobiga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyati tomonidan bint va jarrohlik doka salfetkalari tayyorlash boʻyicha barpo etilayotgan ishlab chiqarish uchun qiymati 7.098.000 yevro boʻlgan (7.452.900 AQSh dollariga teng) texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish, ularni montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan “Grupos De Aspirasion Y Caldereria, S.A.” (Ispaniya) kompaniyasi bilan kontrakt tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyati oʻz mablagʻlari hisobiga 3.295.2 ming soʻmlik (1991-yilgi narxlarda) qurilish-montaj ishlarini bajarganligi va ip kalava ishlab chiqarish asbob-uskunalarini montaj qilishni tugallayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” bankining Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qayta moliyalanadigan kreditini qaytarish “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobiga 2 va 3-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni qaytarish davrida “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyati ishlab chiqarilayotgan bintlar va jarrohlik doka salfetkalarining 80 foizini va ip kalavaning 30 foizini erkin almashtiriladigan valyutaga tashqi bozorga yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Asaka” banki Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” banki bilan kredit bitimlari tuzsin va qarz mablagʻlarining “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatiga qayta moliyalanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Asaka” bankining Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” banki oldidagi toʻlov majburiyatlari va “Asaka” bankiga “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” bankiga xorijiy kreditor uchun maqbul boʻlgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Asaka” banki oʻzining valyuta resurslari hisobiga, loyihani investitsiyalash davridagi moliyaviy xarajatlarni toʻlash uchun “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatiga belgilangan tartibda kredit ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatiga bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqaradigan korxonani bir paytda loyihalash va qurishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston shahridagi “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqarish korxonasini Oʻzbekiston Respublikasi 2000-yilgi investitsiya dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida quriladigan obyektlar roʻyxatiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yildan boshlab har yili paxta tolasidan foydalanish balanslarida Guliston shahridagi “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, xomashyo uchun amaldagi preyskurantlar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlangan holda, limit ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yigʻimlaridan ozod qilgan holda, kelish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi. xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportda yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S.Karomatov va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 553-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 553-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt summasining 85 foiziga Ispaniyaning “VANSO SANTANDER SENTRAL NISRANO, S.A.” banki krediti va “SESSE” Ispaniya eksport-kredit agentligining 85% sugʻurta mukofoti hisobiga qayta moliyalashtiriladigan “Asaka” banki kreditini “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo- tijorat jamiyati tomonidan qaytarishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit miqdori — 6798300 yevro (7.138.215 AQSh dollariga teng).
Bir martalik vositachilik haqi — 67983 yevro + boshqa xarajatlar — 20.000 yevro = 87983 yevro (92.382 AQSh dollariga teng).
Foiz stavkasi — 4.54% + 2.46% (“Asaka” banki marjasi) = 7%.
‎Kreditni qaytarish davri — 10 yil, shu jumladan 18 oylik imtiyozli davr.
2000-y.‎ 2001-y.‎ 2002-y.‎ 2003-y.‎ 2004-y.‎ 2005-y.‎ 2006-y.‎ 2007-y.‎ 2008-y.‎ 2009-y.‎ Jami‎

Asosiy qarzni qaytarish‎

799800‎ 799800‎ 799800‎ 799800‎ 799800‎ 799800‎ 799800‎ 799800‎ 399900‎ 6798300‎

Kredit uchun foizlarni toʻlash

475881‎ 461885 405899 349913‎ 293927‎ 237941‎ 181955‎ 125969‎ 69983‎ 13997‎ 2617346‎

Bir martalik vositachilik haqi ‎

87783‎ 2617346‎

Qaytariladigan summaning hammasi:
‎yevro hisobida‎

563664‎ 1261685 1205699 1149713‎ 1093727‎ 1037741‎ 981755‎ 925769‎ 869783‎ 413897‎ 9503429‎

AQSh dollari hisobida ‎

591847‎ 1324769‎ 1265984 1207198‎ 1148413‎ 1089628‎ 1030843‎ 972057‎ 913272‎ 434592‎ 9978600‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Miqdori va muddatlari kredit bitimi imzolanganidan keyin aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 553-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizli avans toʻloviga Ispaniyaning “VANSO SANTANDER SENTRAL NISRANO, S.A.” bankining kreditini va “SESSE” Ispaniya eksport- kredit agentligining 15 foizli sugʻurta mukofotini “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo- tijorat jamiyati tomonidan qaytarishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎1. Kredit miqdori — 1.199.700 yevro (1259685 AQSh dollariga teng).
2. Bir martalik vositachilik haqi — 11.997 yevro (12597 AQSh dollariga teng).
‎‎3. Foiz stavkasi — (Eurolibor) 3.73% + 0,5% + 4% (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki marjasi) = 8.23% .
4. Kreditni qaytarish davri — 360 kun .
2000-yil‎ Jami‎

Asosiy qarzni qaytarish ‎

1199700‎ 1199700‎
Kredit uchun foizlarni toʻlash ‎ 98735‎ 98735‎
Bir martalik vositachilik haqi‎ 11997‎ 11997‎
Qaytariladigan summaning hammasi:‎
yevro hisobida‎ 1310432 ‎ 1310432‎
AQSh dollari hisobida ‎ 1375954‎ 1375954‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Miqdori va muddatlari kredit bitimi imzolanganidan keyin aniqlashtiriladi.