Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.12.1999 yildagi 545-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TERMIZ ShAHRINING 2500 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrining jahon tarixi va madaniyatida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1999-yil noyabr oyida Parijda o‘tgan 30-sessiyasi Termiz shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasining Termiz shahrining 2500 yilligi yubileyini 2001-yilda YUNESKO rahnamoligida dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori to‘la qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Termiz shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Termiz shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda Termiz shahrining asosiy turistik yo‘nalishida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarni 2000-2001-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2000-2001-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va ular uchun tegishli mablag‘ ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Termiz shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada. yaxshilash, aloqa-transport, sog‘liqni saqlash va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xorijiy va mahalliy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralarini ko‘rsin, xorijiy sayyohlarni mamlakatimizning, xususan Surxon vohasining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirish chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Termiz shahrining milliy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni haqida ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarni, turli taqvim va bukletlarni, kitoblar va boshqa asarlarni chop etishni rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 2001-yilda Termiz shahrida “Termiz shahrining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Termiz shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari va xatjildlar chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekkino” kompaniyasi Termiz shahrining 2500 yilligi to‘g‘risida hujjatli film yaratishni o‘z rejasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Termiz shahri yubileyini o‘tkazish uchun 2000-2001-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda mablag‘ ajratsin, shu jumladan Surxondaryo viloyati mahalliy budjetidan, shuningdek viloyat tashkilotlari va korxonalarining homiylik badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA va ommaviy axborot vositalari Termiz shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, Surxon vohasining o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini keng yoritishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
545-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-dekabrdagi 545-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karomatov H.S. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
Jo‘rayev N. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha) ‎
Isayev A.N. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari ‎
Noraliyev J.N.‎ —‎ Surxondaryo viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari
Shodiyev B. ‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi rahbari, mas’ul kotib
Abdu�layev F.‎ —‎ O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori
Azimov R.S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri‎
Boliyev A. ‎ —‎ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ul kotibi ‎
Vohidov R.Q. ‎ —‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi‎
Jo‘rayev X. R. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri ‎
Jo‘rayev T.J. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti ‎
Zaynutdinov I.A. ‎ —‎ “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi ‎
Ikromov A. ‎ —‎ YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi
Yo‘ldoshev J.G‘. —‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri‎
Komilov A.H. —‎ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
Ko‘chimov A.‎ —‎ O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi raisi‎
Jalolov A.A. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ‎
Muhamedov G‘.K. —‎ O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri ‎
Oripov A. ‎ —‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Parpiyev B.R. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ‎
Ro‘zmetov A.G‘. ‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori ‎
Sidiqnazarov Q.M. ‎ —‎ “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi‎
To‘xtayev A.R. ‎ —‎ Arxitektorlar uyushmasi raisi‎
Umarov X.U. ‎ —‎ Termiz shahri hokimi‎
Fayziyev Z.O.‎ —‎ “O‘zbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
Shog‘ulomov R.Sh. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi raisi ‎
Yunusov T.M. ‎ —‎ “O‘zbekkino” kompaniyasi raisi‎
G‘ulomov S.S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri ‎
Qo‘ziyev T.K. ‎ —‎ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
Husanboyev B. ‎

—‎

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.