O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2000—2005 YILLARDA YoLG‘IZ KEKSALARNI, PENSIONERLAR VA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILIShNI KUChAYTIRIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning ijtimoiy ta’minot va uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash yuzasidan ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
boshqaruvning barcha darajalarida tasdiqlangan Dasturni so‘zsiz bajarish bo‘yicha topshiriqlarning mas’ul ijrochilari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari korxonalar va tashkilotlarning kelishilgan holdagi faoliyatini nazarda tutuvchi muvofiqlashtiruvchi ish dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.
Dasturning bajarilishini va yolg‘iz keksalarga, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasini, uni yaxshilash yuzasidan tegishli qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda muntazam ravishda ko‘rib borsinlar. Yilning har choragi yakuni bo‘yicha chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha hisobot davrida dastur topshiriqlarining amalga oshirilishi yakunlari to‘g‘risidagi tahliliy axborot Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili investitsiya dasturini va budjetni shakllantirishda ijtimoiy ta’minot tizimi obyektlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, keksalar va nogironlar internet uylarini anjomlar bilan jihozlash uchun zarur kapital sarmoyalar va mablag‘larni nazarda tutsinlar. Bunda ushbu maqsadlarga homiylar mablag‘larini keng jalb qilish ko‘zda tutilsin.
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar, xayriya jamg‘armalari Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda har tomonlama yordamlashsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish maqsadida keksalar va nogironlar internat uylariga, reabilitatsiya markazlariga ularning pulli xizmatlar ko‘rsatishga, homiylar, investorlar mablag‘larini, shu jumladan xorijiy homiylar va investorlar mablag‘larini ham jalb qilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar tashkil etishiga ruxsat berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
5. Muruvvat yordami respublika komissiyasi (H.Karomatov) internat uylarni va O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligining boshqa tibbiyot-ijtimoiy muassasalarini respublikaga muruvvat yordami yo‘li bilan kelayotgan dori-darmonlar ajratiladigan tashkilotlar va muassasalar ro‘yxatiga kiritsin.
6. 2000—2005-yillarda yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek Dastur topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi Dasturning bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilib borsin hamda uning so‘zsiz bajarilishini taxminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 7-dekabr,
520-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi 520-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
2000—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
DASTURI
| T/r |
Tadbirlar mazmuni |
Bajarish muddati | Xarajatlar (1999-yilgi narxlarda mln so‘m) |
Mablag‘ bilan ta’minlash manbalari |
Bajarish uchun mas’ullar |
| 1.1 | Yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni turar joyi bo‘yicha shaxsan hisobga olish tizimini ishlab chiqish va joriy etish | Ishlab chiqish 2000-yil I chorak. Joriy etish 2000-yil 1-apreldan boshlab |
0,2 | Bajaruvchi tashkilotlar mablag‘lari | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar |
| 1.2. | Qizil Yarimoy Jamiyati hamshiralarini va jamoat ishlarida qatnashuvchi ishsizlarni qo‘shimcha ravishda jalb etish hisobiga xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish, sifatini oshirish hamda yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni uyda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash | 2000-yil 1-apreldan boshlab | 1128,7 |
Ajratilgan mablag‘lar doirasida 863,7; |
Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qizil Yarimoy Jami�ti, Mehnat vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar |
| 1.3. | Yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni (Fransiya tajribasi bo‘yicha) oila homiyligiga olish tizimini O‘zbekiston sharoitiga tatbiqan ishlab chiqish va joriy etish: | 2000—2005-yillar | | Bajaruvchilarga ajratilgan mablag‘lar doirasida | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Adliya vazirligi |
| me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish; | 2000-yil | 0,5 | |||
| tizimni alohida tumanlarda tajriba tariqasida joriy etish | 2000-yil 1-yanvardan boshlab | 35,0 | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar | ||
| 1.4. | Homiylar (jismoniy va yuridik shaxslar, jamg‘armalar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar va boshqalar) mablag‘larini jalb etish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish hamda muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, pensionyerlar va nogironlarga qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish | 2000-yil I chorakdan boshlab | 1512,0 | Homiylar mablag‘lari | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari |
| 1.5. | Yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyushgan holda dam olish va muloqot�a bo‘lish jamoat markazlarini tashkil etish: | 2000—2002-yillar | | | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati |
| uyushgan holda dam olish va muloqotda bo‘lish jamoat markazi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish; | 2000-yil I yarim yilligi | | | ||
| tajriba tariqasida har bir tumanda kamida bitta jamoat markazi tashkil etish | 2000-yil III chorakdan boshlab | 882,8 | Homiylar, “Mahalla” jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | |
| 1.6. | Internat uylarda hamda yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning dam olish va muloqotda bo‘lish jamoat markazlarida xayriya kechalari, konsertlar va boshqa madaniy-ommaviy tadbirlar uyushtirish | 2000—2005-yillar | | Bajaruvchi tashkilotlar mablag‘lari | Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekraqs” birlashmalari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari |
| 2. DORI-DARMONLAR, TIBBIYOT BUYuMLARI VA MAXSUS DAVOLASh BILAN TA’MINLASh | |||||
| 2.1. | Yolg‘iz keksalarni, pensionyerlarni va nogironlarni to‘liq dispanserizatsiyalash, statsionar, ambulatoriya sharoitlarida, shuningdek xonadonda aniq maqsadli davolash-sog‘lomlash-tirish tadbirlarini amalga oshirish | Har yili, jadvalga muvofiq | 2000—2005-yillar uchun — 3712,5 (har yili 618,7) | Sog‘liqni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2.2. | Qo‘shimcha (budjetdan ajratiladiganga qo‘shimcha) mablag‘lar qidirib topish va yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish: | 2000—2005-yillar | 90,0 | | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston nogironlar jamiyati |
| qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish va ulardan foydalanish mexanizmini ishlab chiqish | 2000-yil I yarim yilligi | | | ||
| qo‘shimcha mablag‘lar (homiylar, xayriya jamg‘armalari va boshqalardan) jalb etishni va dori-darmonlar bilan ta’minlashni tashkil qilish | 2000-yil 1-iyuldan boshlab | (har yili 15,0) | Homiylar (10 mln so‘m) va Respublika nogironlar jamiyati (5 mln so‘m) mablag‘lari | ||
| 2.3. | Har yili sanatoriya-kurort muassasalarida muhtoj bo‘lgan kamida 3500 nafar yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ularga quyi?agilarni bepul ajratish yo‘li bilan sog‘lomlashtirish: | 2000—2005-yillar | 662,5 (har yili 110,4) | Ajratilgan mablag‘lar doirasida | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| Semashko sanatoriysi va uning filiallariga 500 ta yo‘llanma Ijtimoiy ta’minot vazirligi tizimidagi “Tovoqsoy”, “Oltiariq” va “Nuroniylar oromgohi” sanatoriylariga 3000 ta yo‘llanma | |||||
| 2.4. | Organizmning qarish sabablarini chuqur o‘rganishni tashkil etish va Toshkent shahridagi “Nuroniy” shifoxonasi bazasida gerontologiya markazini tashkil etish asosida ushbu jarayonni sekinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish | 2002-yil | 10,0 (har yili 2,5) | “Nuroniy” jamg‘armasi va homiylar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi |
| 2.5. | Yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning salomatlikni tiklashning texnika vositalariga bo‘lgan muhtojligini yalpi tekshirish | 2000-yil II chorak | 0,1 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 2.6. | Muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning protez-ortopediya buyumlari, nogironlar aravachalari, qo‘ltiq tayoqlari, hassalar va eshitish apparatlari bilan ta’minlash darajasini, 2005-yilda belgilangan normaga yetkazgan holda,muntazam oshirish jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish | 2000-yil III chorak — 2005-yil | 221,2 (har yili 36,8) | Ajratilgan mablag‘lar doirasida, homiylar mablag‘lari | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 2.7. | Muhtoj bo‘lgan nogironlarning qo‘l-oyoqlarini uyida protezlashni tashkil etish | 2000-yil III chorakdan boshlab | 12,5 (har yili 2,1) | Ajratilgan mablag‘lar doirasida, protez buyumlari tayyorlovchi korxonalar mablag‘lari | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, protez-ortopediya korxonalari |
| 2.8. | Muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni optik ko‘zoynaklar va tish protezlari bilan bepul ta’minlashni homiylarni jalb qilgan holda tashkil etish | 2000-yil III chorakdan boshlab | 300,0 (har yili 50,0) | Ajratilgan mablag‘lar doirasida, “Navro‘z” jamg‘armasi va homiylar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, “Navro‘z” jamg‘armasi |
| 3. UY-JOY-MAIShIY ShAROITLARNI YaXShILASh | |||||
| 3.1. | Har yili kuz-qish davriga tayyorlanish muddatlarida yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uy-joy-maishiy sharoitlarini komissiya tomonidan tekshi�ish hamda kvartiralar, uylar va maishiy binolarni ta’mirlash | 2000—2005-yillar | 2500,0 (har yili 416,7) | Homiylar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xo‘jalik hisobidagi turar joylardan foydalanish boshqarmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablag‘lari | Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xo‘jalik hisobidagi turar joylardan foydalanish boshqarmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari |
| 4. IJTIMOIY TA’MINOT TIZIMI OBYEKTLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISh VA MUSTAHKAMLASh | |||||
| 4.1. | Keksalar va nogironlar internat uylarini va ijtimoiy ta’minot tizimining boshqa obyektlarini 1-ilovaga muvofiq muddatlarda va xarajatlar hajmlarida kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish | 2000 — 2004-yillar | 987,8 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida— 676,2; homiylar mablag‘lari —311,6 |
Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 4.2. | Tasdiqlangan normativlarga muvofiq internat uylarni yumshoq va qattiq anjomlar bilan jihozlash | 2000 — 2002-yillar | 572,3 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida — 286,1; homiylar mablag‘lari — 286,2 |
Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirlig�, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 4.3. | Urush va mehnat faxriylari uchun 200 o‘rinli “Kosonsoy” sanatoriysini rekonstruksiya qilishni davom ettirish | 2000 — 2003-yillar | 203,4 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
| 5. YoLG‘IZ NOGIRONLARNI ULARNING JISMONIY IMKONIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA O‘QITISh, QAYTA O‘QITISh VA IShGA JOYLAShTIRISh | |||||
| 5.1. | 1230 nafar yolg‘iz nogironlarni o‘qitishni va qayta o‘qitishni tashkil etish (har yili 205 kishi) | 2000—2005-yillar | 30,8 (har yili 5,1) | Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati |
| 5.2. | Nogironlar mehnatidan foydalanishni nazarda tutgan holda 1000 ta yangi ish o‘rni tashkil etish (2-ilova) | 2000—2005-yillar | 60,0 | Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari, Biznes-fond | Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 5.3. | 2100 nafar yolg‘iz nogironlarni 2-ilovaga muvofiq ishga joylashtirish (har yili 420 kishi), shu jumladan: | 2000—2005-yillar | 0,2 | Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | ?Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar |
| mavjud kvotalanadigan ish o‘rinlariga 1100 kishi; | |||||
| yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlariga — 1000 kishi | |||||
2002 — 2005-yillarda yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturiga
1-ILOVA
1-ILOVA
2000 — 2004-yillarda kapital ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan ijtimoiy ta’minot tizimi obyektlari
RO‘YXATI
| | | |
(1991-yil narxlarida, ming so‘m) | ||||
|
Obyekt nomi |
O‘rinlar soni | Smeta qiymati | shu jumladan: | ||||
| 2000-y. | 2001-y. | 2002-y. | 2003-y. | 2004-y. | |||
|
Kapital ta’mirlash | |||||||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | | | | | | | |
| Xo‘jayli ayollar Muruvvat uyi | 235 | 180,3 | | | 180,3 | | |
| Andijon viloyati | | | | | | | |
| Andijon Saxovat uyi | 210 | 220 | 220 | | | | |
| Bo‘taqora Muruvvat uyi | 310 | 289,9 | | | 289,9 | | |
| Chuvama ayollar Muruvvat uyi | 310 | 181,4 | 181,4 | | | | |
| Qo‘rg‘ontepa bolalar Muruvvat uyi | 280 | 220,4 | | 220,4 | | | |
| Buxoro viloyati | | | | | | | |
| Buxoro ayollar Muruvvat uyi | 255 | 314 | | 314 | | | |
| Qorako‘l Muruvvat uyi | 300 | 198 | 198 | | | | |
| Jizzax viloyati | | | | | | | |
| Zomin Muruvvat uyi | 300 | 382 | | | 382 | | |
| Qashqadaryo viloyati | | | | | | | |
| Yakkabog‘ Saxovat uyi | 160 | 175,5 | | | 175,5 | | |
| Samarqand viloyati | | | | | | | |
| Samarqand Muruvvat uyi | 200 | 220 | 220 | | | | |
| Urgut Muruvvat uyi | 310 | 240 | 240 | | | | |
| Samarqand Saxovat uyi | 250 | 278 | | | 278 | | |
| Surxondaryo viloyati | | | | | | | |
| Denov Muruvvat uyi | 300 | 113,4 | 113,4 | | | | |
| Sirdaryo viloyati | | | | | | | |
| Yangiyer Saxovat uyi | 60 | 181 | | | 181 | | |
| Toshkent viloyati | | | | | | | |
| Ohangaron Saxovat uyi | 255 | 234,6 | | | 234,6 | | |
| Ohangaron Muruvvat uyi | 355 | 167,5 | | 167,5 | | | |
| “Tovoqsoy” sanatoriysi | 400 | 331 | | 165,5 | 165,5 | | |
| Farg‘ona viloyati | | | | | | | |
| Farg‘ona Saxovat uyi | 260 | 270,8 | | 270,8 | | | |
| Kudash Muruvvat uyi | 350 | 200,1 | | 200,1 | | | |
| Qo‘qon Muruvvat uyi | 300 | 320,3 | 320,3 | | | | |
| Farg‘ona bolalar Muruvvat uyi | 250 | 246,6 | | 246,6 | | | |
| “Oltiariq” sanatoriysi | 300 | 460,6 | 153,5 | 153,5 | 153,6 | | |
| Toshkent shahri | | | | | | | |
| Toshkent Muruvvat uyi | 340 | 210,6 | 210,6 | | | | |
| “Nuroniylar oromgohi” dam olish uyi | 212 | 329 | | | | | 329 |
| Toshkent urush va mehnat faxriylari pansionati | 270 | 267,1 | 267,1 | | | | |
|
JAMI: |
6772 | 6232,1 | 2124,3 | 1738,4 | 2040,4 | | 329 |
|
Rekonstruksiya qilish | |||||||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | | | | | | | |
| Chimboy erkaklar Muruvvat uyi | 210 | 564,7 | 282,3 | 282,4 | | | |
| Buxoro viloyati | | | | | | | |
| Buxoro erkaklar Muruvvat uyi | 255 | 410,6 | | 205,3 | 205,3 | | |
| Qashqadaryo viloyati | | | | | | | |
| Qarshi bolalar Muruvvat uyi | 300 | 380,5 | 190,2 | 190,3 | | | |
| Shahrisabz Muruvvat uyi | 300 | 425 | 212,5 | 212,5 | | | |
| Namangan viloyati | | | | | | | |
| “Kosonsoy” urush va mehnat faxriylari sanatoriysining ishga tushiriladigan kompleksi | 200 | 1356,2 | 339 | 339 | 339 | 339,2 | |
| Surxondaryo viloyati | | | | | | | |
| Farhod ayollar Muruvvat uyi | 300 | 650 | 217 | 217 | 216 | | |
|
JAMI: |
1565 | 3787 | 1241 | 1446,5 | 760,3 | 339,2 | |
|
HAMMASI: |
8337 | 10019,1 | 3365,3 | 3184,9 | 2800,7 | 339,2 | 329 |
Izoh: Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish (aniqlash)ni tugallash muddati — obyektni kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish boshlanishidan 6 oy oldin
2002 — 2005-yillarda yolg‘iz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturiga
2-ILOVA
2-ILOVA
2000—2005-yillarda yolg‘iz nogironlarni ishga joylashtirish
DASTURI
| | |
kishi | |
| | Hammasi bo‘lib ishga joylashtiriladi | shu jumladan: | |
| kvotalanadigan ish o‘rinlariga | yangi tashkil etiladigan ish o‘rinlariga | ||
| O‘zbekiston Respublikasi | 2100 | 1100 | 1000 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 182 | 95 | 87 |
| viloyatlar: | | | |
| Andijon | 227 | 119 | 108 |
| Buxoro | 93 | 49 | 44 |
| Jizzax | 72 | 38 | 34 |
| Qashqadaryo | 129 | 68 | 61 |
| Navoiy | 80 | 42 | 38 |
| Namangan | 131 | 69 | 62 |
| Samarqand | 245 | 128 | 117 |
| Surxondaryo | 85 | 45 | 40 |
| Sirdaryo | 79 | 40 | 39 |
| Toshkent | 172 | 90 | 82 |
| Farg‘ona | 240 | 126 | 114 |
| Xorazm | 143 | 75 | 68 |
| Toshkent shahri | 222 | 116 | 106 |