Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2016 02.02.2010 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 30 DEKABRDAGI PQ-1251-SON QARORINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi samarali siyosatni roʻyobga chiqarishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qarori bilan tasdiqlangan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining belgilangan umumiy soni doirasida Andijon viloyatining Xonobod shahrida, Buxoro viloyatining Kogon tumanida, Navoiy viloyatining Karmana tumanida, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl tumanlarida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari toʻgʻrisidagi yangilangan nizomlarni hamda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangidan tashkil etilgan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarini xonalar (bino), moddiy-texnika vositalari, shuningdek malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari uchun masʼul boʻlgan tugatilayotgan ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tegishli boʻlinmalarining mol-mulki, tegishli hujjatlari, shu jumladan arxiv hujjatlari belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazilishini hamda ularning yangidan tashkil etilgan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qarorining 1 va 4-bandlari hamda qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-fevraldagi 10-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) mehnat, bandlik, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar va qariyalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Fargʻona shaharlarida nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kollejlari, 2-son yuridik kollej;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda chet elga ketayotgan fuqarolarni joʻnab ketishdan oldingi moslashtirish va oʻqitish markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byurolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kompyuter markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat huquq inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini ekspertizadan oʻtkazish davlat inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boʻlinmalari, tasarrufidagi boshqa tashkilotlar orqali hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik va uning boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek Vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari hisobiga hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shuningdek boshqa tegishli muhr va shtamplarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli ustuvorliklarini hisobga olgan holda mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, aholining bandligi, shu jumladan xorijda ishlashini taʼminlash, demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi va ishsizlarga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga ularni professional qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha, shuningdek ishsizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz qariyalar, nogironlar, kam taʼminlangan oilalar va aholining boshqa zaif toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha amaliy va aniq yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni, mehnat munosabatlari, mehnatni moddiy ragʻbatlantirish va muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish hamda aholi bandligini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublika va hududlarning demografik rivojlantirish prognozlarini amalga oshiradi, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha samarali chora-tadbirlar kompleksini asoslagan holda mehnat resurslarining prognoz balanslarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mehnat resurslari soni hamda tarkibini oʻrganadi, uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining bandligi darajasi va tarkibini toʻliqroq va xolisona baholashni taʼminlash, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining ahvoli monitoringini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida aholi bandligini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi, shuningdek mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band boʻlgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlarning va oʻquv yurtlarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yoʻnalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan boʻshab qolgan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligi va ularni ishga joylashtirish, shuningdek boʻsh ish joylari boʻyicha axborotlarning shakllantirilishini va tahlil etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish bilan band boʻlgan shaxslar hisobini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda yoshlarning va ish bilan band boʻlmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik va ish oʻrinlari tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida, shuningdek tashkilotlarning bankrot boʻlishi va tugatilishi natijasida ishdan boʻshab qoladigan xodimlarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va tashkilotlarga korxonalar hamda fuqarolar oʻrtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarga va nogironlarning boshqa tashkilotlariga nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati takomillashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasini boshqarishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilalar, pensionerlar, nogironlar, yolgʻiz keksa fuqarolarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilganligi va aniq tarzdaligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish va ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmining ishlashi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolgʻiz keksa fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriy-kurortda davolanishga yoʻllanmalar va maxsus harakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda eng muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlari roʻyxatini belgilaydi hamda ularning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda aholi turmush darajasi va farovonligini tadqiq etadi, uni oshirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida pensionerlar, nogironlar, koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalarni, aholining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan boshqa ijtimoiy zaif guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar va ularning oila aʼzolarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning taʼminlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda eng kam ish oʻrinlari ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini oʻrganadi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon va fermer xoʻjaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni moddiy ragʻbatlantirish va muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq toʻlashni tartibga solish metodlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash tizimini, yagona tarif setkasini, ish haqini rayonlar boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka maʼlumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida xoʻjalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga metodik va amaliy yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlar boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ular birlashmalarining) takliflariga koʻra tarmoq bitimlari tuzishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnat sharoitlarini baholash va mehnat xavfsizligini taʼminlash uchun qonunchilik bazasini yaratish maqsadida mehnatni muhofaza qilish normativ-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilishi va qayta koʻrib chiqilishini, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazishda metodik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish majburiyatlarining ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning shikast yetkazish xavfi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazadi, shuningdek ularning mutaxassislarini oʻqitadi va attestatsiyadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, mehnatni muhofaza qilish, bandlik, aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning imtiyozli pensiya taʼminoti, qoʻshimcha taʼtil, qisqartirilgan ish kuni huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar va kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflari yuzasidan xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlarning amaldagi roʻyxatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni belgilangan tartibda tekshiradi va hisobga olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, uning sharoitlari va unga haq toʻlash, ish bilan taʼminlash hamda keksalar, pensionerlar, nogironlar va boquvchisini yoʻqotgan, davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4. Aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika, viloyat, tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirokida yolgʻiz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan boshqa aholi guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy taʼminot muassasalarida (“Muruvvat” va “Saxovat” uylarida, pansionatlarda, sanatoriylarda) yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi, ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularning ishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarida nodavlat notijorat tashkilotlarning va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi nodavlat xizmatlar tashkil etishga koʻmaklashadi hamda ularning ishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga qarashli tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlarini moliyalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ishlarini, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni reabilitatsiya qilish ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarning kasb-hunar-texnika taʼlimi va ularni qayta oʻqitish boʻyicha oʻziga qarashli taʼlim muassasalariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilma obyektlarining nogironlar va keksa fuqarolar uchun qulayligini taʼminlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarning mehnatidan foydalanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, mehnatning kasanachilik turlarini va ish bilan taʼminlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlantirilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan buyurtmanomalarga muvofiq harakatlanishning maxsus vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ularni parvarishlashning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish uchun buyurtmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga protez-ortopediya yordami koʻrsatishni tashkil etishni, davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar bilan birgalikda protez-ortopediya buyumlari va nogironlarning hayot faoliyatini taʼminlash vositalarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, shu jumladan ularning yangi turlarini ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.5. Moliya-xoʻjalik faoliyati sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimida reja-moliya ishlarini, tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablagʻ bilan taʼminlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ijtimoiy yordam berishning har xil turlarini tashkil etish boʻyicha iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimi xodimlari mehnatini normalashning tashkil etilishini takomillashtirish tadbirlarini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha balanslar va hisobotlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tashkilotlarning davlat markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalaridan samarali foydalanilishini taʼminlaydi, Vazirlik tizimidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mehnatga haq toʻlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini boshqarishni takomillashtirish va rivojlantirish, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan axborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hayʼati majlislarida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar masʼul xodimlarining Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlarga jarima solish, shuningdek mansabdor shaxslarga maʼmuriy jazolar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar faoliyatini hamda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf tugʻdiradigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar oʻz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilishga shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda, belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etilayotgan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, oʻz oʻrinbosarlarining hamda boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda tasarrufidagi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining, oʻziga qarashli tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli boshqa tashkilotlarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini hamda Vazirlikka qarashli tashkilotlar va hududiy boʻlinmalar rahbarlarini Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi siyosatni roʻyobga chiqarishni yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlik toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy konseptual yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga hamda Vazirlikka boʻysunadilar va hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan amalga oshiriladi. Vazir tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, shuningdek hududiy bosh boshqarmalarga qarashli tibbiy-ijtimoiy va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlarini tayinlash yuzasidan rozilik beradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari Vazirlik xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbai hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 39-modda, 23-son, 183-modda)