Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2003 17.03.1998 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 – 2000-YILLAR DAVRIDA QIShLOQ AHOLISINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TAʼMINLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 405-sonli “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi sektorida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, qishloqda rivojlangan infratuzilmani yaratish uchun mahalliy boshqaruv organlarining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1998 — 2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash dasturi 1 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqning ichimlik suv taʼminotini va gazlashtirishni rivojlantirishning tasdiqlangan koʻrsatkichlari asosida tumanlar boʻyicha alohida ana shunday dasturlarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar hamda ularni kelishish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq dasturlarda import konteyner asbob-uskunalardan foydalangan holda qurilgan suv olish inshootlariga taqsimlovchi tarmoqlar qurilishini 1998-yilda tugallashni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazlashtirish va suv taʼminoti obyektlari uchun yer maydoni oʻz vaqtida ajratilishini hamda 1999-2000-yillarda ishlar dasturi uchun moʻljallangan loyiha-smeta hujjatlari muddatidan oldin tayyorlanishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovli-joylar mavjud gaz va suv quvuri tarmoqlariga ulanishini hamda obyektlar va inshootlar quvvatlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari va korxonalari tomonidan suv quvuri va gaz tarmoqlari ishga tushirilishi boʻyicha belgilangan topshiriqlar bajarilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilishni mablagʻ bilan taʼminlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy, viloyatlararo, tumanlararo suv quvuri va gaz keltiruvchi, taqsimlovchi gaz quvurlari — asosan respublika va mahalliy budjet mablagʻlari, markazlashtirilgan kreditlar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taqsimlash quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish — respublika va mahalliy budjetlar hamda “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining teng ulushlardagi mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayirish tarmoqlari — xoʻjaliklar va korxonalarning mablagʻlari hamda banklarning ular tomonidan jalb etiladigan kreditlari, shuningdek aholi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1999-2000-yillar investitsiya dasturini shakllantirishda unga koʻrsatib oʻtilgan Dasturda nazarda tutilgan obyektlar kiritilishini eʼtiborda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish uchun saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, qishloqni qayta oʻzgartirishda barcha darajalardagi ijro etuvchi organlarga amaliy yordam koʻrsatish uchun 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni hamda uning ish rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash dasturining bajarilishini har chorakda koʻrib chiqsin hamda belgilangan topshiriqlar toʻliq bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida 1999-yil 1-iyulgacha suv taʼminotini rivojlantirish sxemasini aniqlashtirish hamda 1999-yil 1-dekabrgacha respublika hududlarining oʻziga xos xususiyatlarini va suv taʼminotining mahalliy manbalaridan toʻliqroq foydalanishni hisobga olgan holda yangi normativ va texnologik asosda 2010-yilgacha boʻlgan davrda gazlashtirishni rivojlantirish sxemasini ishlab chiqish ishlarini tashkil etsinlar. 1998-yilda ushbu ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga joriy yilda ajratilgan markazlashtirilgan sarmoya mablagʻlari limitlari hisobiga amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab turgan va qurilayotgan mintaqaviy hamda yirik tumanlararo suv quvurlarini Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi balansiga berish toʻgʻrisida taklif tayyorlasinlar va bir oy muddatda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suv taʼminoti obyektlaridan foydalanishning yagona xizmatini tashkil etish toʻgʻrisida 3 oy muddatda taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi suv taʼminoti va gazlashtirish obyektlarini loyihalashtirish va ularning loyihalashtirilishi va qurilishi sifati ustidan nazorat qilish uchun loyiha tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga litsenziyalar berishga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining buyurtmalari boʻyicha yerosti chuchuk suvlari batafsil tadqiq etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda respublika gipo-xlorid kalsiy, qattiq sulfat kislota alyuminiyi, plastmassa va poʻlat suv-gaz quvurlari, shuningdek konteynyerlar va ballonlarda suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son