Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2002 29.04.1998 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI QURILIShI LOYIHASINING TEXNOLOGIYA QISMI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi 158-sonli “Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishini tugallash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va respublikaning kalsiylangan hamda kaustik sodaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mannesman Zifert GmbX”, “Shtork Komprimo SKL GmbX”, “Vemeks Xandel GmbX” firmalaridan iborat Germaniya firmalari konsorsiumining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160 ming tonna kalsiylangan soda va 150 ming tonna kaustik soda ishlab chiqaruvchi loyiha quvvatlari yaratilishini ko‘zda tutuvchi Qo‘ng‘irot soda zavodi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishni tugatganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya qurilmalarini foydalanishga tayyor, kafolatlangan ko‘rsatkichlarga chiqargan holda mukammal loyihalashni, asbob-uskunalar yetkazib berishni, qurish va ishga tushirishni o‘z zimmasiga olganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilinayotgan xorijiy kreditlar qisman to‘lanishini ta’minlash uchun zavod ishlab chiqaradigan mahsulotning kamida 50 foizini jahon bozorida sotish majburiyatini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qo‘ng‘irot soda zavodini loyihalash va qurish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Berliner bank” (Germaniya)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zavodning texnologiya qismi bazaviy loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlarga “Berliner bankning “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga qayta moliyalanadigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga kredit liniyasi hisobiga haq to‘lanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import bo‘yicha texnologiya asbob-uskunalari va materiallar yetkazib berish, obyekt qurilishi bo‘yicha injiniring ishlarini olib borish xarajatlarini kreditlash uchun “Germes” sug‘urta jamiyatini va boshqa mamlakatlarning eksport-sug‘urta agentliklarini jalb qilishni nazarda tutuvchi loyihani mablag‘ bilan ta’minlashni birgalikda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti “O‘zkimyosanoat” uyushmasini, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini, Moliya vazirligini, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini jalb qilgan holda konsorsium tomonidan taqdim etilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini 1998-yil 10-maygacha ko‘rib chiqsin va uning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 20-maygacha konsorsiumga zavodning texnologiya qismi bazaviy loyihasi ishlab chiqilishi uchun topshiriq bersin va kontraktni imzolasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan zavodning texnologiya qismi qurilishi yuzasidan, keyinchalik bazaviy loyiha tasdiqlangandan so‘ng kontraktning asosiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, uning qiymatini aniqlagan holda, chegaralangan kontraktni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi zavodning bazaviy loyihasini ishlab chiqish yuzasidan kontraktni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnologiya qismini mablag‘ bilan ta’minlashni birgalikda tashkil etish yuzasidan “Berliner bank” bilan chegaralangan bitim tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zavodning texnologiya qismi bazaviy loyihasi ishlab chiqilishini mablag‘ bilan ta’minlash uchun “Berliner bank” bilan kredit bitimi tuzsin va mablag‘larni “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga qayta moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki, zavodning texnologiya qismi bazaviy loyihasi ishlab chiqilishi uchun olingan kredit mazkur loyiha bo‘yicha investitsiya dasturida ko‘zda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri zavodning texnologiya qismi bazaviy loyihasi ishlab chiqilishi uchun jalb qilinayotgan valyuta krediti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatini belgilangan tartibda “Berliner bank”ka va O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankiga berishi vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlariga oid yuridik xulosalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi buyurtmanomalariga ko‘ra vizalarni rasmiylashtirganlik uchun konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda konsorsiumga kiruvchi kompaniyalarning xodimlariga ko‘p martalik kirish vizalari belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-son