Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.03.1998 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAShINA-TRAKTOR PARKLARINI PAXTA TERISh MAShINALARINI TIKLASh UChUN EHTIYOT QISMLAR, UZELLAR VA AGREGATLAR BILAN TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina-traktor parklari tarkibiga berilgan paxta terish mashinalari tiklanishini taʼminlash va yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar uchun hisob-kitob qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda joylarda paxta terish mashinalari parki xatlovdan oʻtkazilganligi, 9180 paxta terish agregatini mashina-traktor parklari balansiga qabul qilish va ularning ish qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) tuzatish-tiklash ishlarini oʻtkazish jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar, bunda paxta terish mashinalarini tayyorlab qoʻyishni ilovaga muvofiq shu yil 1-avgustdan kechiktirmay tugallashni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish ishlarini markazlashtirilgan tartibda oʻtkazish uchun shu yil 15-aprelgacha paxta terish mashinalarini bazaviy mashina-traktor parklarida jamlasinlar, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining tuzatish zavodlari va ustaxonalaridan samarali foydalansinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklariga paxta terish mashinalari uchun tizimlar, agregatlar va ehtiyot qismlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini, shu yil 1-avgustgacha esa tuzatish-tiklash ishlari tugallanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, tuzatib qoʻyilgan mashinalarning sifatini tekshirish va ularni qabul qilish boʻyicha 1998-yil 10-aprelga qadar qoʻshma maxsus komissiyalar tuzsinlar. Mashinalar tuzatilgandan va tiklangandan soʻng majburiy ravishda tekshirilishini va sinab koʻrilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tomonidan paxta terish mashinalariga sotib olinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi uzellarni, tuzatish ishlarini oʻtkazishni qishloq xoʻjaligiga maqsadli transh bilan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga tegishli mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuzatish ishlarini tashkil etishning shunday amaliyotini qishloq xoʻjaligi texnikasining boshqa turlariga ham joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Paxta-bank” bilan birgalikda ishlab chiqarishga buyurtmalarni shakllantirish va isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan texnikalarni va ularga ehtiyot qismlarni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini 20 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi boʻlinmalari va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berishga shartnoma munosabatlari tasdiqlangan tartibga ikki oy muddatda muvofiqlashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-martdagi 128-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil mavsumiga 9180 paxta terish mashinasini tiklash uchun zarur tizimlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎T/r ‎Buyumlar nomi Soni (dona) ‎Tayyorlash muddati Qiymat (mln. soʻm)
1.‎ Terish apparati tizimi ‎ 9180‎ 01.08.98 y.‎ 1.5000,0‎
2.‎ Gidravlik tizim 1300‎ 01.07.98 y.‎ 38,2‎
3.‎ Bunker tizimi 800‎ 01.05.98 y.‎ 44,0‎
4.‎ Pnevmatik tizim ‎ 1000‎ 01.06.98 y.‎ 32,8‎
5.‎ Uzatma tizim 1200‎ 01.06.98 y.‎ 126,2‎
6.‎ Boshqaruv tizimi ‎ 1000‎ 01.06.98 y.‎ 17,0‎
7.‎ Himoya tizimi 1100‎ 01.06.98 y.‎ 12,6‎
Jami 1.770,8
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: yetkazib berish shartnomalarida tizimga kiruvchi elementlarni nomenklatura boʻyicha koʻrsatish nazarda tutiladi.