Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2024 07.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2060
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi, 07.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2060
Кучга кириш санаси
17.01.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI EKSPERT KENGAShLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 7-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2060]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534-son

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 11-dekabrdagi 534-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyatlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari (bundan keyingi o‘rinlarda kengash deb yuritiladi) umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish bo‘yicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qo‘mitalariga belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi reja va tadbirlar ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni ishlab chiqishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda tegishli ma’lumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga texnik reglamentlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash o‘z faoliyati davomida texnik tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash texnik reglament loyihalarining tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kengashni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash tarkibi rais, rais o‘rinbosari va a’zolardan iborat bo‘ladi. Ish yuritishni tashkillashtirish uchun kotib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosari — kengash raisi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining rahbari — kengash raisining o‘rinbosari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining mas’ul xodimi – kengash kotibi etib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash a’zoligiga texnik reglamentlarni joriy etuvchi tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan tashkilotlar, standartlashtirish bo‘yicha bazaviy hamda tarmoqqa oid tashkilotlar vakillari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash a’zolari ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimoti bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash a’zolari kengash ishida ishtirok etadi, kengash tomonidan qaror qabul qilishda ovoz beradi, texnik reglamentlarning loyihalari bo‘yicha tegishli takliflarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash a’zolari boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida tuziladigan kengash ishida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kengash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash o‘z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash ishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash majlisi bo‘ladigan sana va joyni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash majlislarida raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini kengash raisining o‘rinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash kotibi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan majlislar to‘g‘risida kengashning barcha a’zolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnik reglament loyihalari texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlariga muvofiq kengash tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash tuziladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi texnik reglamentlar ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi xabarlarni belgilangan tartibda nashr qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash texnik reglamentning talablari tatbiq etiladigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhi va turlarini aniqlaydi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash usullari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnik reglamentning loyihasi kelishilishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotlarning ro‘yxati kengash tomonidan belgilanadi va ularga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnik reglament loyihalari 30 kun mobaynida kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishilishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotlarda taklif va e’tirozlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda kengashga xabar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelib tushgan barcha taqrizlar kotib tomonidan umumlashtiriladi va bu haqda 5 kun mobaynida ma’lumot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kelib tushgan taqrizlar kengash majlisida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taqrizlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra texnik reglamentning yakuniy loyihasi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Texnik reglamentlar loyihalari aniq ifodalanishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishi, ko‘rib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, texnik reglamentdan foydalanuvchilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yishi, shuningdek, ularning talablarini bajarishning aniq muddatlarini belgilashi lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnik reglament loyihasiga kengash raisi, uning o‘rinbosari va barcha a’zolari tomonidan rozilik imzosi qo‘yiladi. Rozilik imzosi qo‘yilgan loyiha belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tish uchun tayyor deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik reglamentlarning yakuniy loyihasi 3 ish kuni mobaynida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Texnik reglamentlar loyihalarining ekspertizasi faoliyatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan texnik reglament loyihasi belgilangan talablarga nomuvofiqligi haqida xulosa qabul qilingan taqdirda, ushbu xulosa kelib tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida texnik reglament loyihasi kengash tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnik reglamentning oxiriga yetkazib ishlab chiqilgan loyihasi ushbu Nizomning 25 va 26-bandlariga asosan qayta ekspertizadan o‘tkazish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Texnik reglament loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturida o‘rnatilgan muddatlarda kengash tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. I. Ikramov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.A. Xo‘jayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi N. M Umarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 9-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)