22.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2058
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUGʻURTALOVCHINING MUVAQQAT MAʼMURIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2058]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2009-yil 20-noyabrdagi 108-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining ishlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom sugʻurtalovchining arizasiga binoan uning litsenziyasi bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sugʻurtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining funksiyasi boʻlib sugʻurtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati sugʻurtalovchi litsenziyasining amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati tayinlangan sanadan boshlab toʻxtatib turiladi va sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyatiga oʻtadi. Muvaqqat maʼmuriyat sud qaror chiqargunga qadar boʻlgan davrda oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati aʼzolarining moddiy-texnika taʼminoti va mehnatiga haq toʻlash sugʻurtalovchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati har bir aʼzosining har oylik pul mukofoti miqdori sugʻurtalovchining rahbari uchun mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati rahbar va boshqa aʼzolardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati aʼzolarining soni uch kishidan oshmasligi lozim. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining shaxsiy tarkibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan va sugʻurta sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek, yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi) shaxslar kiritilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining tarkibiga sugʻurtalovchining mulkdorlari (muassislari, aksiyadorlari) va (yoki) xodimlari, boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mulklarini boshqarishga cheklovlari mavjud boʻlgan shaxslar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sugʻurtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlari sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati tayinlangan sanadan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan sugʻurtalovchining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlarni hujjatlar roʻyxati boʻyicha, muhr va shtamplarni, moddiy va boshqa boyliklarni topshirishi, sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati esa qabul qilib olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati oʻzining tayinlanganidan keyin sugʻurtalovchining mulkidan sugʻurtalovchining mulkdorlari (muassislari, aksiyadorlari) va xodimlari tomonidan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish boʻyicha choralarni koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining qarorlari uning barcha aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati aʼzolarining ovozlari teng boʻlganda, sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sugʻurtalovchining boshqaruv xarajatlari (maʼmuriy xarajatlari), sugʻurtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta hodisalari yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash bilan bogʻliq hollar bundan mustasnodir.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati uning zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirishda olingan maʼlumotning maxfiyligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati oʻz ishi yakunlari boʻyicha hisobot tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti uch nusxada tuziladi (vakolatli davlat organi, sugʻurtalovchini tugatish toʻgʻrisidagi ariza yoʻllangan sud va sugʻurtalovchi uchun bittadan), sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi, sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati hisobotining varaqlari raqamlangan va tikilgan boʻlishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati sud qaror chiqarganidan keyin besh kun davomida sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisobotini tuzishi hamda vakolatli davlat organiga va sugʻurtalovchini tugatish toʻgʻrisidagi ariza yoʻllangan sudga topshirishi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisobotida sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotning nomi, tuzilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining rekvizitlari (shu jumladan, amal qilishi tugatilgan sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi) va sugʻurtalovchi faoliyatining umumiy tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati tayinlanishining asosi (sugʻurtalovchi litsenziyasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorning, vakolatli davlat organining sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyatini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻining raqami va sanasi) va uning shaxsiy tarkibi;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining mulkidan sugʻurtalovchining mulkdorlari (muassislari, aksiyadorlari) va xodimlari tomonidan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish boʻyicha sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati tomonidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi axborot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining boshqaruv xarajatlari (maʼmuriy xarajatlari), sugʻurtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta hodisalari yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash bilan bogʻliq sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati tomonidan amalga oshirilgan xarajat operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborot;
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati ixtiyoriga koʻra boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisobotiga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyatiga sugʻurtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlari tomonidan topshirilgan hujjatlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati ixtiyoriga koʻra boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining harakatlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 582-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2058-1/3353-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)