Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasi tomonidan beriladigan 12692 mln iyen miqdoridagi imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov imtiyozli kreditni olish uchun Kelishuv notasini imzolashga vakil qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi etib belgilansin.
3. Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli krediti boʻyicha Kredit bitimini imzolashga vakil qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli krediti boʻyicha Kredit bitimini imzolash va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirsinlar.
5. Quyidagilar:
Kredit bitimini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan zarur boʻlgan hujjatlarni tuzish, imzolash va bajarish boʻyicha funksiyalar Moliya vazirligiga;
kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliya agenti funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) loyihasi boʻyicha ijro etuvchi agent funksiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditini olish uchun nazarda tutilgan barcha tartibotlarning Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda bajarilishini;
imzolangan Kelishuv notasi va Kredit bitimida nazarda tutilgan qoidalar va tartibotlarning soʻzsiz bajarilishini;
loyihani amalga oshirish boʻyicha ishlarning borishi toʻgʻrisidagi zarur axborotlar va maʼlumotlarni Yaponiya Hukumatiga va Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasiga belgilangan tartibda taqdim etishni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilansinki, Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasi imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish va uni uzish hamda undan foydalanganlik uchun foizlar bilan bogʻliq 1-ilovaga* muvofiq sarf-xarajatlar, shuningdek Kredit bitimi boʻyicha beriladigan qarz hajmidan oshadigan har qanday moliyaviy xarajatlar:
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiyalar korxonalari tomonidan ularning oʻz mablagʻlari hisobiga;
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga, shu jumladan “Oʻzteleradio” kompaniyasiga ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari hisobiga, koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar “Oʻzteleradio” kompaniyasi uchun aloqa xizmatlari tariflariga kiritilmasdan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 262-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 263-modda)
8. Quyidagilar:
Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasi — Kredit bitimi boʻyicha barcha toʻlovlar, shuningdek unga qoʻshiladigan foizlar boʻyicha;
kontraktorlar yoki maslahatchilar sifatida ish koʻrayotgan xorijiy kompaniyalar — kredit mablagʻlar hisobiga tovarlar yetkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadga nisbatan;
kontraktorlar yoki maslahatchilar sifatida ish koʻrayotgan xorijiy kompaniyalar — Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun talab qilinadigan ularning oʻz materiallari va asbob-uskunalarini import va qayta eksport qilishga nisbatan;
loyihani amalga oshiruvchi xorijiy xizmatchilar — kontraktorlar sifatida ish koʻruvchi kompaniyalardan oʻzlari oladigan daromadlarga nisbatan;
kredit mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga kelib tushadigan asbob-uskunalar, materiallar va xizmatlarni import qiluvchi “Oʻzimpeksaloqa” AJ Oʻzbekiston Respublikasida undiriladigan barcha soliqlar, bojxona bojlari va yigʻimlaridan ozod etilsin.
9. Loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar yetkazib beruvchilarni va xizmatlar koʻrsatuvchilarni tanlab olish boʻyicha tender komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi buyurtmanomalari boʻyicha loyihaning xorijiy qatnashchilariga, konsullik yigʻimlarini va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda, koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-sentabrdagi 259-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 37-son, 473-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish xorijiy qatnashchilarining, davlat boji undirmagan holda, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini, koʻp martalik vizalarini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligini uzaytirishni taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 6-iyul,
331-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)