Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.12.2009 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRIShNI TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan aksiyadorlik jamiyatlarining soliqlar bo‘yicha qarzlarining tegishli summalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha “O‘zagromashservis” uyushmasi korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 24,9 mlrd so‘m miqdoridagi kreditlar bo‘yicha qarzlarini ayni bir vaqtda hisoblab yozilgan penya bo‘yicha qarzni hisobdan chiqargan holda, tarkibiy o‘zgartirish hisobiga aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushini saqlab qolish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zagromashservis” uyushmasining 2-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun 2010-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra hisoblab yozilgan soliqlar bo‘yicha qarzlari summasini to‘lash muddati 2012-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga va davlat ulushi xo‘jalik birlashmalarining ustav jamg‘armalariga berilgan aksiyadorlik jamiyatlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ekvivalentda kamida 400 ming AQSh dollari summasigacha ustav jamg‘armasining shakllantirilmagan qismini asosiy fondlarni qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan zaxira jamg‘armasi hisobiga to‘ldirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy fondlarni qayta baholash hisobiga hosil bo‘lgan, ustav jamg‘armasini shakllantirishga yo‘naltirilgan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari summasining qayta baholangan tegishli asosiy fondlar chiqib ketganda soliq solinadigan bazaga kiritilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 1-ilovaga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamg‘armalari 2010-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda to‘liq shakllantirilmagan taqdirda ustav jamg‘armasi yetishmagan qismining 2010-yil 15-fevralgacha 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra soliqlar bo‘yicha qarzlarning tegishli summasi hisobiga davlat ulushini ko‘paytirish yo‘li bilan to‘ldirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi 1 va 2-ilovalarga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlar emissiyasini yig‘im undirmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 544-modda)