Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.03.2001 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OYIM TEKSTIL” O‘ZBEKISTON-XITOY QO‘SHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida jahon bozorida va ichki bozorda raqobatbardoshli paxta kalavasi, oqartirilgan trikotaj gazlama ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash hamda mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanidagi Oyim shaharchasida O‘zbekiston korxonasi — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi tomonidan ustav fondi 17379,5 ming yevroga teng bo‘lgan yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oyim Tekstil” O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi tashkil etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston tomoni — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatining ulushi ustav fondida 8526,7 ming yevroga teng miqdorni (49%), Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi ulushi esa 8852,8 ming yevroga teng miqdorni (51%) tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaga muvofiq “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi 4365 tonna paxta kalavasi xamda 4200 tonna oqartirilgan gazlama ishlab chiqarilishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy muassis hamda “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida marketingni hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizi tegishli davrda shakllangan jahon narxlari bo‘yicha tashqi bozorda sotilishini ta’minlashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasining umumiy qiymati 47750,8 ming yevro miqdoridagi yigiruv-to‘quv fabrikasi qurilishi loyihasi 1-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha 17379,5 ming yevro miqdorida “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi ustav fondi mablag‘lari xamda 30371,3 ming yevro miqdorida xorijiy bank krediti, shuningdek, “Paxta-bank” kreditlari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt bo‘yicha asbob-uskunalar qiymatining 15 foizi (5359,7 ming yevro) Xitoyning “VIMAKOT LTD” firmasi 1-ilovaga* muvofiq ustav fondiga qo‘shgan valyuta mablag‘lari hisobidan “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qarz, foizlar hamda loyihani amalga oshirish uchun beriladigan va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan xorijiy kreditga xizmat ko‘rsatish xarajatlari “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga 2-ilovaga* muvofiq jadval bo‘yicha tuzilgan kredit bitimda belgilangan muddatlarda va shartlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kontrakt qiymatining 85 foizini (30371,3 ming yevro) mablag‘ bilan ta’minlash uchun xorijiy bank bilan belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin va kredit resurslarini “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy bank oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha, “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining xorijiy bankka kafolati bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Paxta-bank”ka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha milliy valyutada “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatiga ko‘rsatib o‘tilgan obyekt qurilishini tugallash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini belgilangan tartibda ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Andijon viloyati hokimligi “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasining 4365 tonna paxta kalava ishlab chiqarish quvvatlari 2002-yilning I choragida xamda 4200 tonna trikotaj gazlama ishlab chiqarish quvvatlari 2002-yilning IV choragida ishga tushirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-son