Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.04.2001 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKYENGILSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING PILLAKAShLIK KORXONALARINI TEXNIKA BILAN QAYTA JIHOZLASh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillani qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish asosida ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, shuningdek pillakashlik korxonalarining eksport imkoniyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbek ipagi” uyushmasining 2001-2002-yillarda tarmoqning pillakashlik korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash, 2005-yilda ipak ip xomashyosi ishlab chiqarishni 2525 tonnaga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbek ipagi” uyushmasining pillakashlik korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha umumiy qiymati 24,96 mln AQSh dollari boʻlgan loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash 2-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Eksimbankining 12,75 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarini (koʻrsatib oʻtilgan kontraktlar qiymatining 85 foizi) qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan ipak xomashyosi uchun “IDM Corporation” firmasining 2,25 mln AQSh dollari (kontraktlar qiymatining 15 foizi) miqdoridagi avans toʻlovlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbek ipagi” uyushmasining import jihozlarni montaj qilish boʻyicha ish hajmlariga kirmaydigan qurilish-montaj ishlari xarajatlarini qoplash uchun 6,43 mln AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarni toʻldirishga yoʻnaltiriladigan, 3,53 mln AQSh dollariga teng boʻlgan milliy valyutadagi kreditlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, xorijiy bankning kreditini asosiy qarz, foizlar, sugʻurta mukofoti, vositachilik haqi va kreditga xizmat koʻrsatish yuzasidan boshqa xarajatlar boʻyicha qaytarish 2007-yildan boshlab “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan, kompaniya korxonalarining xoʻjalik faoliyati natijasida tushadigan oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga 3-ilovaga* muvofiq prognoz jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi tomonidan “IDM Corporation” firmasi (Koreya Respublikasi) bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jihozlar yetkazib berish, ularni keltirish, montaj qilish, ishga tushirish va kadrlarni oʻqitish yuzasidan qiymati 15 mln AQSh dollari boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Eksimbanki krediti boʻyicha majburiyatlarni va “IDM Corporation” firmasi oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun texnika bilan qayta jihozlanadigan korxonalarning yangi ishga tushiriladigan jihozlarida ishlab chiqarilgan ipak ip xomashyosining 80 foizini eksport qilish yuzasidan kontraktlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreya Respublikasi Eksimbankining kredit resurslarini belgilangan tartibda jalb etsin va ularni ushbu qarorga muvofiq qayta moliyalashtirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Koreya Respublikasi Eksimbankiga hamda “Oʻzbek ipagi” uyushmasining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda kafolatnomalar berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Koreya Respublikasi Eksimbankiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatnomasi yuzasidan yuridik xulosani kredit bitimiga ilovada belgilangan shakl boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi pillakashlik korxonalari ushbu loyihani amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, xizmatlar va ehtiyot qismlarni import qilishda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan, ushbu loyihani amalga oshirish uchun keluvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlovidan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berishni, ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni taʼminlasinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-son