Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.04.2000 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT VILOYATI AGROSANOAT KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISh BORASIDA ITALIYANING “FATA GRUPP” KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yangi texnologiyalar joriy etish yo‘li bilan puxta qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlar tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati agrosanoat kompleksini rivojlantirish borasida Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Agrosanoattexnika” uyushmasi bilan Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi o‘rtasida qurilmalar, asbob-uskunalar yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan qiymati 48,154 mln AQSh dollari bo‘lgan Bosh kontrakt imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh kontrakt doirasida “Agrosanoattexnika” uyushmasi, Toshkent viloyatining aniq xo‘jalik yurituvchi subyekti va “Fata grupp” kompaniyasi tomonidan imzolanadigan Bosh kontraktga qo‘shimchalar ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh kontraktga qo‘shimchalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvati mutanosiblashtirilgan yangi texnologiyalarni yetkazib berish, shuningdek, idishlar va boshqa yordamchi materiallar ishlab chiqarish nazarda tutilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati agrosanoat kompleksini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning dastlabki bosqichida ilovaga muvofiq umumiy qiymati 8,54 mln AQSh dollari bo‘lgan yakka tartibdagi loyihalar amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fata grupp” kompaniyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Bosh kontraktni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 35 foizini eksport qilishga ko‘maklashish majburiyatini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, Bosh kontraktga qo‘shimchalarni yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash tasdiqlangan — iqtisodiy asoslashlar asosida quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatining 85 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy banklar kreditlari hisobiga qayta moliyalanadigan mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatining 15 foizi — Bosh kontrakt amalga oshirilishida qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari yoxud jalb qilingan mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi texnik-iqtisodiy asoslashlar tasdiqlanishiga, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari aniqlanishi va kreditlar qaytarilishi kafolatlanishiga qarab yakka tartibdagi loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kafolati ostida amalga oshiriladigan Respublika investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi bilan birgalikda imzolangan Bosh kontrakt doirasida viloyat agrosanoat kompleksini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi zamonaviy texnologiya bilan jihozlashga doir yangi investitsiya loyihalari yuzasidan takliflarni 2000-yil II choragi mobaynida ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda Bosh kontraktga qo‘shimchalar bo‘yicha avans to‘lovlarining 15 foizini to‘lash uchun lizing kompaniyalari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarining moliyaziy resurslarini jalb qilish masalasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh kontraktga qo‘shimchalarni kreditlashda qatnashuvchi xorijiy banklar va sug‘urta agentliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy banklar bilan kredit bitimlari tuzsin va jalb qilingan kredit mablag‘larini Bosh kontraktni amalga oshirishda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qayta moliyalasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh kontraktga alohida qo‘shimchalar yuzasidan bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kredit bitimlari tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Bosh kontraktga qo‘shimchalar asosida amalga oshiriladigan yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha qurilmalar, asbob-uskunalar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatishga doir kontraktlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Agrosanoattexnika” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan Bosh kontrakt doirasida respublika korxonalarida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin, ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Agrosanoattexnika” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan Bosh kontrakt doirasida respublika korxonalarida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berishni va ularning muddatlarini uzaytirishni, shuningdek, ularni davlat poshlinalari to‘lashdan ozod qilgan holda, yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh kontrakt doirasida respublika korxonalarida ishlashga jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashashi va transportning barcha turlarida yurishi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-apreldagi 159-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati xo‘jaliklarining Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi bilan hamkorligining dastlabki bosqichida amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash bo‘yicha yakka tartibdagi loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Loyihaning nomi‎

Loyihaning qiymati (mln AQSh dollari)

Xo‘jalik yurituvchi subyekt‎

Meva pyuresi, meva va pomidor sharbatlari ishlab chiqarish hamda ularni idishlarga joylashtirish‎

3,135‎

“Qibray” shirkat xo‘jaligi, Qibray tumani‎
Vino ishlab chiqarish va ularni idishlarga quyish‎

2,27‎

“Zarkent” shirkat xo‘jaligi, Parkent tumani‎
Meva pyuresi, meva va pomidor sharbatlari ishlab chiqarish hamda ularni idishlarga joylashtirish‎

3,135‎

Otajonov nomidagi agrofirma, Quyi Chirchiq tumani‎

Jami:‎

8,54‎