Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.07.2006 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FINLYaNDIYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Finlyandiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlar davomida erishilgan bitimlarni toʻliq hajmda va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha Tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin, ularning amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatiga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-iyuldagi 152-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Maqsadi Tadbirlar Muddati Ijrochilar
‎‎
1.1.‎‏
Siyosiy suhbat va parlamentlararo aloqalarni faollashtirish‎‏
1.1.1. Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Finlyandiya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida navbatdagi siyosiy maslahatlar oʻtkazish‎ 2007-yil‎ Tashqi ishlar vazirligi ‎
1.1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Finlyandiyaga javob tashrifini tashkil etish‎ 2007-yil‎ Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv boʻyicha‎
1.2.‎ Finlyandiya bilan Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida hamkorlik qilish‎ 1.2.1. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi “uchligi” (Finlyandiya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi tarkibi) oʻrtasida uchrashuvni, shuningdek “Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish masalalarini ishlab chiqish ‎ 2006-yil II yarim yilligi‎ Tashqi ishlar vazirligi‎
II. Xavfsizlik sohasi
2.1.‏
Finlyandiya bilan xavfsizlik, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafika, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida birgalikdagi harakatini rivojlantirish‎‏
2.1.1. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafika, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish sohasida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatish hamda rivojlantirish imkon�yatlarini oʻrganib chiqish‎ 2007-yil‎ Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Tashqi ishlar vazirligi‎
2.1.2. Xelsinkida “Markaziy Osiyo mintaqasida narkovaziyat va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining narkotrafikaga qarshi kurashish sohasidagi saʼy-harakatlari toʻgʻrisida”gi mavzuda taqdimot oʻtkazish masalasini ishlab chiqish‎ 2007-yil‎ Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
‎‎III. Iqtisodiy hamkorlik sohasi
3.1.‎‏
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash‎‏
3.1.1. Finlyandiya tomoni bilan kelishuvni tugallash hamda quyidagi hukumatlararo bitimlarni imzolashga tayyorlash:
‎— bojxona sohasida hamkorlik qilish va oʻzaro harakat qilish toʻgʻrisida;
‎— investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida. ‎
2006-yil II yarim yilligi —2007-yil‎ Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
3.1.2. Soliq sohasida hamkorlik qilish va axborotlar almashish toʻgʻrisida ikki tomonlama bitimlar tuzish masalasini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi —2007-yil‎ Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
3.2.‎‏‎ Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan ikki tomonlama savdo hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga Finlyandiya investitsiyalari hajmlarini oshirish‎‏‎ 3.2.1. Xelsinkida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishini, shuningdek Finlyandiyada (komissiya ish kunlarida) Oʻzbekiston iqtisodiyoti kunlarini oʻtkazish‎ 2007-yil I yarim yilligi‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Tashqi ishlar vazirligi‎
3.2.2. Amaliy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruhni tashkil qilish toʻgʻrisidagi Finlyandiya tomoni taklifini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi‎ Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi‎
3.2.3. Oʻzbekiston iqtisodiyotiga Finlyandiya investitsiyalarini toʻgʻridan toʻgʻri jalb etish, eng avvalo, quyidagi tarmoqlar boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish:
‎neft va gazni qayta ishlash; resurslarni tejaydigan energetika;
‎kimyo sanoati; telekommunikatsiya, sunʼiy yoʻldosh aloqasi;
‎elektr texnikasi sanoati;
‎qurilish materiallari va santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish;
‎yengil sanoat; oziq-ovqat sanoati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik‎
2007-2008-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda‎
3.2.4. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda va iqtisodiy forumlardaishtirok etish uchun Finlyandiya ishbilarmon doiralarini jalb qilish masalalarini ishlab chiqish‎ 2006 — 2008-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MKM MChJ‎
3.2.5. Finlyandiyaga agrar ishlab chiqarishni tashkil etish tajribasini oʻrganish uchun Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari vakillarining tanishuv safarini tashkil etish masalasini Finlyandiya tomoni bilan ishlab chiqish‎ 2006 — 2008-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi‎
3.3.‎‏‎ Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik‎��‎ 3.3.1. Menejyerlar, eksport mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash sohasidagi mutaxassislar, ekologlar va boshqa ekspertlar malakasini oshirish sohasida Finlyandiya bilan texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish‎ 2007-2008-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi‎
3.3.2. Talabalar va oʻqituvchilar tajribasini almashish hamda ularning malakasini oshirish, shuningdek Finlyandiyaning tegishli tuzilmalarida Davlat soliq qoʻmitasi vakillarining soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha stajirovkalarini tashkil qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi va Finlyandiyaning tegishli oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatish masalalarini ishlab chiqish‎ 2007-yil‎ Davlat soliq qoʻmitasi‎
‎‎IV. Gumanitar soha
4.1.‎ Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish‎ 4.1.1. Madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama bitimlar tuzish masalasini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi— 2007-yil‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.2.‎ Madaniyat va sport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish‎ 4.2.1. Finlyandiya madaniy va ilmiy doiralar vakillari delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil qilish masalasini Finlyandiya tomoni bilan ishlab chiqish‎ 2007-yil I yarim yilligi‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.3.‎‏‎ Fan va taʼlim sohasida aloqalarni faollashtirish‎‏‎ 4.3.1. Priborsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, tibbiyot, farmakologiya va boshqa sohalarda ilmiy-texnik loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi — 2008-yil‎ Fan va texnologiyalar markazi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” DAK‎
4.3.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Finlyandiya xalqaro munosabatlar instituti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish va uni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish‎ 2006-yil II yarim yilligi — 2008-yil‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.4.‎‏‎ Respublikada “Homiylar va shifokorlar yili” doirasida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish dasturlarini amalga oshirishga Finlyandiyaning tegishli tashkilotlari va muassasalarini jalb etish‎‏‎ 4.4.1. Finlyandiyaning jarrohlik, onkologiya, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy-yordam va dastlabki tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasiga ixtisoslashayotgan tegishli muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi — 2008-yil‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.4.2. “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan”, “Ibn Sino” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin qizlar qoʻmitasi bilan Finlyandiyaning tegishli tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi — 2008-yil‎ “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan”, “Ibn Sino” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.5.‎‏‎ Ekologiya sohasida hamkorlikni faollashtirish‎‏‎ 4.5.1. Orolboʻyi tumanlarida vaziyatni sogʻlomlashtirish uchun Finlyandiyaning moliyaviy va texnik yordamini jalb etish masalalarini ishlab chiqish‎ 2006-yil II yarim yilligi — 2007-yil‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.5.2. Katta masofada havoning transchegara ifloslanishi toʻgʻrisida BMTning YIK Konvensiyasini bajarish, shuningdek tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi, kichik aholi punktlarining oqova suvlarini tozalashning samarali metodikasini joriy etish, energiyaning muqobil (tiklanadigan) manbalaridan foydalanish uchun texnologiyalar va asbob-uskunalar ishlab chiqish sohasida Finlyandiya tajribasini oʻrganish‎ 2007-yil II yarim yilligi — 2008-yil‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎
4.6.‎‏‎ Turizm sohasida hamkorlikni faollashtirish‎‏‎ 4.6.1. Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama bitim tuzish masalasini ishlab chiqish‎ 2007-yil‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.6.2. Quyidagilarni tashkil etish masalalarini Finlyandiya tomoni bilan ishlab chiqish:
‎1) ikki mamlakat turoperatorlari va ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tanishtiruvchi infoturlar;
‎2) Oʻzbekiston va Finlyandiyaning turistik salohiyati taqdimoti;
‎3) turistik guruhlarni ayirboshlash;
‎4) kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish. ‎
2007-2008-yillar‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎