Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.05.2008 yildagi PQ-862-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLISh BOʻYIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli don ekinlari hosilini oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olishni taʼminlash hamda davlat resurslariga gʻalla sotish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Don hosili oʻrim-yigʻimini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish hamda oʻtkazish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla oʻrish kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yigʻiladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda gʻallani dastlabki qayta ishlash uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qoʻyish boʻyicha tashkiliy-iqtisodiy kompleks chora-tadbirlarni joriy yilning 20-mayigacha tugallashni amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov korxonalari va punktlarida xoʻjaliklardan gʻallani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligi boʻyicha amaldagi standart va normativlarga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga gʻalla tashish uchun yaroqli boʻlgan transport vositalari shartnoma asosida jalb etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bilan birgalikda xoʻjaliklar bilan — davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan gʻalla uchun, mashina-traktor parklari bilan – koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari, shuningdek, gʻalla oʻrish kombaynlari operatorlariga ish haqi toʻlash uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, gʻallani don qabul qilish korxonalariga yetkazish boʻyicha transport xarajatlari avtokorxonalar, qishloq xoʻjalik korxonalari va non mahsulotlari korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilar (fermyerlar) birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gʻallani xarid qilishga tuzilgan kontraktatsiya boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishlari va shundan keyin gʻallaning yangi hosilini boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilishini amalga oshirishlari toʻgʻrisida qatʼiy tartib oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga* muvofiq ularni taqsimlagan holda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik oʻrnashish joyiga tashish va don yigʻishtirish tugallangandan soʻng ularni qaytarib olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik oʻrnashish joyiga tashish va don yigʻishtirish tugallangandan soʻng ularni qaytarib olib kelish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida tegishli shartnomalar tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilgʻi-moylash materiallari bilan — fermer xoʻjaliklari mablagʻlari hisobiga taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2008-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-toroj qilinishiga va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni shudgorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yigʻishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gʻalla va urugʻlik materiali sifati ustidan tegishli nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urugʻlik gʻallani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar gʻallaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek oziq-ovqat gʻallasini urugʻlik maqsadida foydalanish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi boʻlinmalari rahbarlari 2009-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urugʻligining oʻz vaqtida va sifatli gʻamlanishi, bunda alohida eʼtiborni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-sentabrdagi PQ–693-sonli Qaroriga muvofiq urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarilgan superelita va elita urugʻini toʻliq hajmda xarid qilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi xoʻjaliklar tomonidan don sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilib olish korxonalari boʻyicha muntazam ravishda tekshirib borilishini taʼminlasin va tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-862-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 264-modda)