02.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2029
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 02.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2029
Кучга кириш санаси
12.11.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNI MUVOFIQLASHTIRISH QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

ILMIY XODIMLARNI MODDIY RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2029]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-sonli “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y. 34-son, 370-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijro apparati rahbari M. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 29-sentabr,

12-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-QQ-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 29-sentabrdagi 12, 97, 60-QQ-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-sonli “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda) muvofiq, ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamgʻarma fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari ilmiy-texnik dasturlari loyihalarini budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirish uchun kalendar yilda moliyalashtirishga erishgan ilmiy-tadqiqot, taʼlim muassasalari hamda ilmiy-texnik dasturlarni bajaruvchi-tashkilotlarda (bundan keyingi oʻrinlarda — bajaruvchi-tashkilotlar deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mablagʻlari ilmiy-texnik dasturlar boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissasini qoʻshgan alohida farqlangan ilmiy xodimlarni ularga bir martalik mukofot belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tayinlangan bir martalik mukofotlarning summasi ularga qonunchilik tomonidan oʻrnatilgan tartibda yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash yoʻli bilan bajaruvchi-tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash umumiy fondiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning jamgʻarma mablagʻlari hisobidan olgan daromadlarini soliqqa tortish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarmani shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi bajaruvchi-tashkilotlar uchun kalendar yilda koʻzda tutilgan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 5 foizi miqdoridagi budjet mablagʻlari Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbaalari hisoblanadi. Shu bilan birga faqat ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlarga bir martalik mukofotlarni tayinlash va toʻlash yillik ish natijalari boʻyicha, odatda joriy yilning dekabr oyida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir martalik mukofotlarni tayinlash va toʻlash kalendar yil uchun Jamgʻarmada koʻzda tutilgan mablagʻlar chegarasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisobot yilining oxirgi ish kuni yakunida foydalanilmagan jamgʻarma mablagʻlari Respublika budjetiga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mukofotlarni belgilash tartibi va koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy xodimlarga bir martalik mukofotlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror bajaruvchi-tashkilot qoshidagi ilmiy kengash yoki bunga mutasaddi boʻlgan kollegial organ (bundan keyingi oʻrinlarda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilmiy kengashning bir martalik mukofotlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarori kengash aʼzolari yigʻilishidagi ishtirokchilar sonidan kelib chiqib, ochiq muhokama qilish sharoitida oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Agar uning qabul qilinishida ilmiy kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan boʻlsa, qaror kuchga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengashning aʼzosi hisoblanadigan ilmiy xodimni mukofotlash masalasini koʻrib chiqishda u toʻgʻrisidagi qaror oʻsha xodim ovozini hisobga olmagan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajaruvchi-tashkilotdagi rahbar xodimlarni bir martalik mukofotlash agar ular ilmiy-texnik dasturni amalga oshirishda ilmiy xodim sifatida qatnashgan boʻlsalargina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilmiy xodimlarga bir martalik mukofot bajaruvchi-tashkilotdagi rahbarning buyrugʻi bilan ilmiy kengashning qarori asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ilmiy xodimlarni mukofotlash uchun asosiy koʻrsatkichlar boʻlib ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish doirasida ular erishgan alohida natijalar va ularning aniq qoʻshgan hissasining darajasi hisoblanadi, shu qatorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yirik ilmiy natijalarga erishishda (yangi qonuniyatlar, effektlar, hodisalarni kashf qilish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi salmoqli amaliy natijalarga erishishda (yangi materiallar, texnologiyalar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida aytilgan tadqiqot natijalarini iqtisodiyot tarmogʻida amalda joriy qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan ilmiy natijalar xalqaro tan olinganida (olingan ilmiy natijalarning tan olingani xalqaro nashriyotlarda chop etilishi, olingan ilmiy natijalar boʻyicha xalqaro patentlarni olish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirishda qatnashadigan bajaruvchi-tashkilotlar sanab oʻtilgan asosiy koʻrsatkichlar asosida va oʻz faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib u yoki bu koʻrsatkichlarning salmogʻini aniqlash, ularni aniq detallashtirish va miqdoriy baholashda individual yondashuvga amal qilinishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ilmiy xodimlarga belgilanadigan mukofotlar miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bajaruvchi-tashkilotlarning ilmiy xodimlarini bir martalik mukofotlash mazkur Nizomning 11-bandida koʻzda tutilgan koʻrsatkichlarga mosligiga qarab 2 dan 5 gacha bazaviy lavozim maoshi miqdorida ularga mukofot toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ilmiy xodimga toʻlanadigan mukofotning aniq miqdori bajaruvchi-tashkilotning ilmiy kengashi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash boʻyicha javobgarlik va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma hisobidan bir martalik mukofotlar toʻlashni belgilashning obyektivligi va toʻgʻriligi uchun Ilmiy kengashlar raislari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish qonunchilik bilan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 484-modda)