Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.04.2008 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVSTRIYA RESPUBLIKASI BILAN YaQIN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Avstriyaga 2008-yil 12-martdagi tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida erishilgan ahdlashuvlarni to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, ularning amalga oshirilishi to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 18-apreldagi 72-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlari rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Maqsad Tadbirlar Muddatlari Bajaruvchilar
I. Siyosiy soha
1. Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish

1.1. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish ‎

2009-yil ‎ Tashqi ishlar vazirligi ‎
‎‎II. Iqtisodiy munosabatlar sohasi
2.‎‏
‎‏Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish

2.1. Venada Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish ‎

2008-yil iyul‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎
2.2. Iqtisodiyot va mehnat federal vaziri boshchiligidagi Avstriya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish ‎ 2008-yil II yarim yillik ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎
III. Madaniy-gumanitar hamkorlik ‎
3.‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏Turistik qo‘shma charter reyslar tashkil etish hamda O‘zbekiston vakillarini Avstriya o‘quv yurtlarida o‘qitish yo‘li bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish ‎‏ ‎‏ ‎‏ ‎‏ ‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

3.1. O‘zbekiston va Avstriya aviatsiya ma’murlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, ikkala mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo aloqasi o‘rnatish masalalarini o‘rganish, shuningdek turistik qo‘shma charter reyslar tashkil etish

2008-2009-yillar ‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi‎
3.2. O‘zbekiston vakillarini Vena va Zalsburg turizm va mehmonxona xo‘jaligi institutlarida o‘qitishni tashkil etish ‎ 2008-2009-yillar‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi ‎
3.3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Avstriya Fanlar akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash ‎‎ 2008-yil ‎‎ Fanlar akademiyasi‎
3.4. O‘zbekistonda arxeologiya ekspeditsiyasini, O‘zbekiston hududida topilgan qadimiy tangalar katalogini chiqarishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti kolleksiyasidan eng noyob qo‘lyozmalar nashrini tayyorlash ‎‎ 2008-yil ‎‎ Fanlar akademiyasi, “Madaniyat va san’at forumi” fondi‎‎
3.5. Avstriya universitetlarining “AKN” va “LKH” klinikalarida Avstriya tomoni hisobiga O‘zbekiston vrachlarining stajirovkasini tashkil etish‎ 2008-2009-yillar‎‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi‎‎
3.6. Avstriya va O‘zbekiston jamoat tashkilotlari o‘rtasida madaniyat va xayriya sohasidagi sheriklik aloqalarini o‘rnatish‎ 2008-2009-yillar‎‎ “Madaniyat va san’at forumi” fondi‎‎
3.7. Qo‘shma tadbirlarni, shu jumladan Avstriyada “O‘zbekiston fotografiyasi – 125 yil” ko‘rgazmasini, O‘zbekiston vakillarining o‘quv, tajriba almashish va stajirovka dasturlarida, shu jumladan O‘zbekistonlik tasviriy va amaliy san’at ustalari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlarda ishtirokini tashkil etish‎ 2008-2009-yillar‎‎ “Madaniyat va san’at forumi” fondi‎‎
3.8. “Yoshlar yili” davlat dasturi doirasida O‘zbekistonda sog‘lom onalik va bolalik sohasida loyihani amalga oshirish uchun Avstriyaning tegishli tashkilotlarini jalb etish‎ 2008-yil ‎‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (FOPSI)‎‎
3.9. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va maxsus ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish‎‎ 2008-2009-yillar‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (FOPSI)‎‎
3.10. 2009-yilda O‘zbekistonda Avstriya turistik kompaniyalari kongressini tashkil etish‎ 2009-yil ‎‎ “O‘zbekturizm” MK, “Madaniyat va san’at forumi” fondi‎‎
3.11. Avstriyaning Pensionyerlar uyushmasi bilan pensiya yoshidagi kishilar uchun turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish‎‎ 2008-2009-yillar‎‎ “O‘zbekturizm” MK, “Madaniyat va san’at forumi” fondi‎‎
(ilovaning III bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 98-sonli qarori tahririda)