Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.08.2009 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTNING TARAQQIYOT DASTURI ISHTIROKIDAGI “ZARAFSHON DARYOSI HAVZASIDA SUV RESURSLARINI INTEGRATSIYALI BOSHQARISH VA SUVNI TEJASH REJASI” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan suv resurslarini integratsiyali boshqarish prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etish, ularning isrof bo‘lishini qisqartirish, suvni tejashni rag‘batlantirish, iqtisodiyot sektorlarini suv bilan barqaror va balansli ta’minlash tizimini yaratish, shuningdek BMTning Taraqqiyot dasturida berilayotgan grant mablag‘laridan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga BMTning Taraqqiyot dasturida 1259245 AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha komponentlarini moliyalashtirish 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant mablag‘larini va loyiha xodimlarini boshqarish BMT Taraqqiyot dasturi tartibotlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha yechimlarini joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqqan holda, ajratilayotgan mablag‘larning samarali o‘zlashtirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tegishli komponentlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibini ikki oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishini muntazam ravishda ko‘rib borsin hamda zarurat bo‘lganda, uning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga BMT Taraqqiyot dasturi tartibotlariga muvofiq grant mablag‘laridan o‘z vaqtida va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi loyihani amalga oshirish guruhini (loyiha xodimlarini) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida ofis binosi va zarur telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish davrida, loyiha xodimlarini ofis binosi bilan ta’minlash va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi uchun tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihaning xorijiy mutaxassislari uchun ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi 252-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Taraqqiyot dasturi ishtirokidagi “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasi komponentlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(AQSH dollarida)

T/r Komponentlar nomi Xarajatlar toifasi Hammasi shu jumladan yillar bo‘yicha
xodimlar ofis xizmatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar (tashkiliy texnika, idora ashyolari, avtotransport ijarasi) uchrashuvlar, seminarlar va tanishish safarlari hisobotlar va tahliliy tadqiqotlar namoyish qilish va tajriba loyihalari safarlar va transport 2009-2010-yillar 2010-2011-yillar 2011-2012-yillar
I

BMT Taraqqiyot dasturining grant mablag‘lari

1.‎ O‘zbekistonda suv resurslarini integratsiyali boshqarish uchun qonunchilik bazasini va tashkiliy bazani takomillashtirish 133 240‎ —‎ 11616‎ 59800‎ 20000‎ —‎ 31600‎ 256256‎ 136584‎ 79696‎ 39976‎
2‎ Zarafshon daryosi havzasida kommunal xo‘jaligi xizmatlarini takomillashtirish 131 360‎ —‎ 15223‎ 15400‎ 20000‎‎ 50000‎ 37850‎ 269833‎ 103076‎ 111711‎ 55046‎
3.‎ Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi 158 820‎ —‎ 14080‎ 15400‎‎ 100000‎ 400000‎ 44856‎ 733156‎ 302793‎ 341651‎ 88712‎
Jami 423 420‎ 40919‎ 90600‎‎ 140000‎‎ 450000‎‎ 114306‎‎ 1259245‎ 542453‎ 533058‎ 183734‎
II‎ O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ulushi —‎ 46206‎ —‎ —‎ —‎ —‎ 46206‎ 15402‎ 15402‎‎ 15402‎‎
Jami 423 420‎ 46206‎ 40919‎ 90600‎ 140000‎ 450000‎ 114306‎ 1305451‎

557855‎

548460‎

199136‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish davomida uning budjeti bo‘yicha xarajatlar BMTning Taraqqiyot dasturi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi 252-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Taraqqiyot dasturi ishtirokidagi “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamrayev Sh.R.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi‎
Anita Nirodi‎ —‎ BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi boshlig‘i, Muvofiqlashtiruvchi kengashning hamraisi (kelishuv bo‘yicha)‎
Salimov A.X‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari‎
Tursunov Yo.E.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Xabirov R.S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi‎
Qodirov B.Sh.‎ —‎ “O‘zgidromet” markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari‎
Mavlonov A.A.‎ —‎ “GIDROINGEO” instituti direktori‎
Ahmedov O.Yu.‎ —‎ “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari‎
Abdurahmanov B.‎ —‎ “O‘zbekenergo” DAK boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari‎
Mahmudov E.J.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti direktori‎
lavozimi bo‘yicha‎ —‎ Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari‎
Mirhabibov Sh.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.