06.05.2009 yildagi PQ-1109-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrini yo‘lovchi tashish avtobuslari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtobus parklarining harakatlanuvchi tarkibini zamonaviy, qulay transport vositalari bilan yangilash hisobiga Toshkent shahri aholisini uzluksiz tashishga ortib borayotgan talabni to‘liq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda “EvoBus GmbX” firmasi (Germaniya) tomonidan 2009-yilda 200 dona “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yo‘lovchi tashish avtobuslarini hamda ularning ehtiyot qismlarini ilovaga muvofiq shartlarda yetkazib berish bo‘yicha 2009-yil 7-apreldagi umumiy qiymati 26,4 mln yevro bo‘lgan 2009/1-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 ta avtobus va unga ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomaning to‘liq qiymatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 3 yil imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda 15 yil muddatga, qayta moliyalashtiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning yillik 0,25 foizli marjasi bilan va yillik 0,5 foizli stavkada beriladigan kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi jamg‘armasining asosiy qarzini uzish, foizlar va kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha komissiyalarni to‘lash “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari, shuningdek, olinadigan avtobuslar miqdoriga mutanosib ravishda avtobus parklarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda “EvoBus GmbX” firmasi (Germaniya) o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha belgilangan tartibda ekspert xulosasini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “O‘zsanoatqurilishbank” hamda “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, istisno tariqasida, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ko‘rib chiqish va tasdiqlashdan avval kredit bitimlarini rasmiylashtirsin hamda “EvoBus Gmbx” firmasi bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda moliyalashtirishni ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 200 dona “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yo‘lovchi avtobuslarini sotib olishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqishni va uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditiga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni jamlash uchun “O‘zsanoatqurilishbank”da maxsus jamg‘ariluvchi hisob raqam ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining jalb etiladigan krediti bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasining “O‘zsanoatqurilishbank” oldidagi majburiyatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi nomidan kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Floor” rusumli shahar yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilish O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturiga belgilagan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “EvoBus Gmbx” firmasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha olib kelinadigan 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Floor” rusumli shahar yo‘lovchi avtobuslari, shuningdek, avtobuslardan foydalanishning kafolat muddati davrida ishdan chiqqan qismlar o‘rniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar hamda materiallar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tarkibiy bo‘linmalarga “EvoBus GmbX” (Germaniya) firmasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib beriladigan “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 200 ta shahar yo‘lovchi tashish avtobuslari, ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan avtobuslardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ishdan chiqqan qismlar o‘rniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar va materiallar qo‘shilgan qiymat solig‘i solish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1109-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-maydagi PQ-1109-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 ta “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yo‘lovchi tashish avtobuslarini hamda ularga ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha 2009-yil 7-apreldagi 2009/1-son oldi-sotdi shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming. yevro

T/r

Ko‘rsatkichlar

Summa

Izoh

1.

Shartnomaning umumiy qiymati

26 400,0

1 ta avtobusning qiymati

132,0

shundan:

1 ta avtobus uchun ehtiyot qismlar qiymati

2,5

200 ta avtobusning qiymati

26 400,0

shundan:

200 ta avtobus uchun ehtiyot qismlar qiymati

500,00

2.

Moliyalashtirish:

Oldindan to‘lov 60 foiz

15 840,0

2009-yil
10-maydan kechiktirmasdan

akkreditiv 40 foiz

10 560,0

2009-yil
20-maydan kechiktirmasdan

3.

Avtobuslar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish

shu jumladan:

1 ta avtobus*

2009-yil 30-iyunga qadar

40 ta avtobus

2009-yil 31-iyulga qadar

80 ta avtobus

2009-yil 31-avgustga qadar

15 ta avtobus

2009-yil 30-sentabrga qadar

54 ta avtobus

2009-yil 31-oktabrga qadar

10 ta avtobus

2009-yil 16-noyabrga qadar

ehtiyot qismlarning birinchi partiyasi

2009-yil 31-dekabrga qadar

ehtiyot qismlarning ikkinchi partiyasi

2010-yil 30-iyunga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shartnomada yevro-4 standartidagi dvigatel bilan jihozlangan 1 dona avtobusni yetkazib berish ko‘zda tutilgan.