Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 12.06.2008 yildagi PQ-890-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQ TUMANLARI VA SHAHARLARI AHOLISINI SIFATLI ICHIMLIK SUV BILAN TAʼMINLASHNI YANADA YAXSHILASH VA TABIIY GAZDAN TEJAMLI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qishloq tumanlari va shaharlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yanada yaxshilash va tabiiy gazdan tejamli foydalanish, mazkur sohalardagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekenergo” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda qishloq tumanlari va shaharlari aholisini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yanada yaxshilash va tabiiy gazdan tejamli foydalanish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning quyidagilarni oʻz ichiga olgan Dasturi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar ishtirokida respublika mintaqalarida ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar ishtirokida respublika mintaqalarida ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash borasida ishlab chiqilgan loyihalar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar ishtirokida respublika mintaqalarida ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilashga yoʻnaltirilgan yangi loyihalar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida tabiiy gazdan tejamli foydalanish borasida ishlab chiqilgan loyihalar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida tabiiy gazdan tejamli foydalanishga yoʻnaltirilgan yangi loyihalar roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar ishtirokidagi loyihalarni 1, 2 va 4-ilovalarga muvofiq amalga oshirish uchun belgilangan tartibda javobgarlik yuklatilgan “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekenergo” DAK, boshqa vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda jalb etiladigan mablagʻlar oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini, loyihalarda nazarda tutilgan quvvatlar va obyektlar ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tegishli xalqaro moliya institutlarini Boshqaruvchilar bilan birgalikda 3 va 5-ilovalarga kiritilgan loyihalar ishlab chiqilishini hamda ularni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar mablagʻlari jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda ijro etuvchi agentliklar etib tayinlangan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga quyidagilar yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy, shuningdek muhandislik-loyiha hujjatlarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda har bir loyiha boʻyicha xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar kredit mablagʻlarini jamlash va qaytarish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Dastur loyihalarini moliyalash manbalari aniqlangach, xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar mablagʻlari jalb etilishini hisobga olgan holda hamda belgilangan tartibda texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangandan soʻng ushbu loyihalarni soʻzsiz amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2009 — 2012-yillardagi Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur Dasturga kiritilgan loyihalarni moliyalashda Oʻzbekiston Respublikasi ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning har yilgi umumiy limiti doirasidagi mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihalarni amalga oshirish davrida xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning kredit mablagʻlari, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan (Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan) uskunalar va materiallar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-890-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 6-son, 336-modda)